• ikids.uz resursidan bepul foydalanish uchun faqat rasmiy «iKids» mobil ilovasidan kirish kerak.
• «iKids.uz» ilovasini faqat Ucell saytidan hamda
mana bu havola orqali bepul yuklab olish mumkin.
•
Qurilma brauzeridan foydalanilganida, Kompaniya ikids.uz resursidan foydalanishga kafolat bermaydi. Google Chrome brauzeridan foydalanishni tavsiya etamiz.
• Ko‘rsatilgan resurslardan bepul foydalanish uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi lozim.
• Ko‘rsatilgan resurslardan bepul foydalanish imkoniyati xorijda xalqaro roumingda bo‘lgan abonentlarga taqdim etilmaydi.
Shuni inobatga olishingizni so‘raymizki, «Bolalar uchun» xizmati faollashtirilgan bo‘lsa, tarif rejasi doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram, WhatsApp va Tas-IX uchun taqdim etilgan bonus tarzidagi limitlar sarflanmaydi.
Eslatma
E’tiboringiz uchun, smartfonlarning ko‘pchiligi Internetga ulanganda o‘rnatilgan dasturlardan (messenjerlar, ob-havo, yangiliklar va hokazo) uchinchi tomon trafigini ishlatadi, shuningdek, ilovalar do‘konlari (Google Play, App Store) bilan sinxronizatsiya hamda turli akkauntlarning (Google, Facebook, Telegram va hokazo) va analitik hisoblagichlar (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net) beixtiyor sinxronizatsiyasi amalga oshishi mumkin. Ushbu trafik xizmat doirasida ajratilgan bepul trafik doirasiga kirmaydi va uning haqi tarif uchun Ucell Interneti qiymatiga ko‘ra abonent tomonidan alohida to‘lanadi yoki sotib olingan to‘plamidan sarflanadi.
E’tibor bering!
Yuqorida ko‘rsatilgan saytlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
Ko‘rsatilgan resurslarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.