Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Restart xizmati

Restart xizmati

Tarif rejasi bo‘yicha limitlar tugadimi? Yangi oyni kutmang, Restart xizmatini faollashtiring!

Restart xizmatini faollashtirganda abonentlar oylik davrning istalgan kunida bir oylik limitlarni olishadi, bunda oylik abonent to‘lovining yechilish muddati yangilanadi.

Restart xizmatining shartlari
  1. Restart xizmati «Student » tarif rejasi va «Kayfiyat», Active, «Tantana» tariflar tizimlaridagi abonentlar uchun amal qiladi.
  2. Restart xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
  3. Restart xizmatidan raqami faol holatda bo‘lgan barcha abonentlar foydalana oladilar.
  4. Restart xizmati tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik limitlarni faollashtirish imkonini taqdim etadi. Abonent ushbu xizmatni muvaffaqiyatli faollashtirganidan so‘ng, hatto joriy davr uchun oylik abonent to‘lovini to‘lamagan bo‘lsa ham, undan kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi.
  5. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi.
  6. Restart xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirganida abonentning tarif rejasi va xizmatlari («Qulay daqiqalar» xizmatidan tashqari) doirasida belgilangan limitlar (tarmoq ichidagi va tarmoqdan tashqari/O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar, SMSlar) qoldiqlari, shuningdek tarif rejalari hamda «Internet-o‘tkazma» xizmati doiralaridagi internet-trafik bekor qilinadi.
  7. Restart xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
  8. Restart xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, «Kayfiyat» va «Active» tarif rejalari abonentlaridan endi kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi, keyinchalik ushbu abonentlardan faqat oylik abonent to‘lovi yechiladi.
  9. Restart xizmatini faollashtirgan abonentlarda oylik davr Restart xizmati oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilgan kundan bir oy keyinga belgilanadi.
  10. Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  11. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Restart xizmatining oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi lozim.
  12. Agar abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Abonent raqami faol holatga o‘tganida oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    1. Darhol – agar hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent balansi tarif bo‘yicha oylik abonent to‘loviga teng yoki undan oshiq bo‘lib qolsa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    2. Navbatdagi tun, soat 00:00 dan 08:00 gacha (echilish vaqti aniq belgilanmagan) – agarda hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent raqami faol holatga o‘tgan, ammo mablag‘ tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli bo‘lmasa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin darhol abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng hisobdagi mablag‘ tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi hajmidan kam bo‘lsa, *222# USSD-so‘rovi yordamida Restart xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa Restart xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi. Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat faol holatdagina foydalanish mumkin.
  13. Restart xizmatini o‘z tarif rejasini haqi oldindan to‘lanuvchi boshqa bir tarif rejasiga almashtirgan holda o‘chirish mumkin.
  14. Tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, daqiqalar, SMSlar va internet-trafik limitlari belgilanganligini tarif rejalarning shartlariga muvofiq *102#; *103# USSD-so‘rovlari yordamida oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet tarif rejalarida limitdan tashqari narxlanishi shartlariga muvofiq narxlanadi. 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.