Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
«Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi

«Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi

«Obuna bo‘yicha smartfon» – muddatli to‘lovdan arzonroq!

Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A14


Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A14
+
«Smartfon 35» tarif rejasi

262 000 so‘m
Ежемесячный платёж по подписке

Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A24


Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A24
+
«Smartfon 50» tarif rejasi

344 000 so‘m
Ежемесячный платёж по подписке

Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A34


Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A34
+
«Smartfon 50» tarif rejasi

471 000 so‘m
Ежемесячный платёж по подписке


Muhim! »Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi bo‘yicha smartfon sotib olish uchun abonent (jismoniy shaxs) Kompaniya ofislaridan biriga murojaat etishi lozim. Abonentning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak.

«Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi. Boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tish uchun, ishtirokchi-abonentlar obuna shartlarini bajarishlari lozim.

Jamlanma Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A14 smartfoni + «Smartfon 35» tarif rejasi Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A24 smartfoni + «Smartfon 50» tarif rejasi Obuna bo‘yicha Samsung Galaxy A34 smartfoni + «Smartfon 50» tarif rejasi
TR bilan birga obuna bo‘yicha oylik to‘lov (so‘m) 262 000   344 000   471 000  
Tarif rejasi Smartfon 35 Smartfon 50 Smartfon 50
Oylik CHEKSIZ* internet-trafik Facebook
Instagram
Telegram
WhatsApp
Facebook
Instagram
Telegram
WhatsApp
Facebook
Instagram
Oylik internet-trafik limiti 10 GB 20 GB 20 GB
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti Cheksiz** Cheksiz** Cheksiz**
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 1 000 1500 1500

**Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.

(Resurslar – Instagram, Facebook, Telegram, WhatsApp)

*Qo‘shimcha resurslar uchun oylik internet-trafik – to‘liq tezlikda 2 TB. To‘liq tezlikda taqdim etilgan limit tugagandan so‘ng, internet tezligi 64 kbit/soniyagacha pasayadi.
  • «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi shartlari

    OBUNA SHARTLARI:
     
    1. «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
    2. «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalariga boshqa tarif rejalaridan o‘tib bo‘lmaydi.
    3. Obuna va tarif rejasi bo‘yicha to‘lovlar soni: 12 marta.
    4. Agar obuna bo‘yicha oylik to‘lovni yechish paytida abonent raqamining hisobida to‘lovni yechishga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda oylik to‘lov bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi manfiy holatga o‘tib, tarifda ko‘zda tutilgan oylik limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
    5. To‘lov qilinmagan holatda, obuna bo‘yicha xarid qilingan smartfon Ofertaga muvofiq bloklanadi:
    - Ishtirokchi tomonidan Shartlarning 1.5-bandiga muvofiq ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarining to‘lov majburiyatlari sanasidan boshlab 1 (bir) kalendar kunidan ortiq vaqtga kechiktirilishi holatida Kompaniya toki Ishtirokchi o‘z to‘lov majburiyatlarini bajarishigacha mobil qurilmani bloklab qo‘yishga haqli;
    - SIM-kartani («Obuna bo‘yicha smartfon» to‘plamining abonent raqami bog‘langan SIM-1 slotida) almashtirishga urinish, mobil qurilmaning standart (zavodda o‘rnatilgan) dasturiy ta’minotini noqonuniy o‘zgartirishga urinish yoki boshqa turdagi frod (Ishtirokchi tomonidan ataylab qilingan, o‘rnatilgan qoidalar va tartiblarni buzgan hamda Kompaniyaga moliyaviy zarar yetkazgan holda Kompaniya tomonidan taqdim etiluvchi xizmatlardan foydalanishga olib keluvchi harakat yoki harakatsizlik) holatlarida;
    - Ishtirokchi tomonidan oylik abonent to‘lovlarini to‘liq hajmda to‘lab bo‘lmasdan turib mobil qurilmani uchinchi shaxslarga sotishga urinish holatlarida.
    6. Balans manfiy holatda bo‘lib, navbatdagi oylik davrda ham hisob to‘ldirilmasa, u holda oylik to‘lov ikkinchi marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi manfiy holatida qolib, tarifda ko‘zda tutilgan oylik limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
    7. Agar abonent hisobni to‘ldirmasa va raqam Faol holatga o‘tkazilmasa, u holda 60 kun o‘tganidan so‘ng abonent bilan tuzilgan «COSCOM» MChJ tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish Shartnomasi bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.
    8. «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi bo‘yicha ulangan abonentlar quyidagi xizmatlardan foydalana olmaydilar: «Shartnomani qayta rasmiylashtirish», «Raqamni saqlab qolish», «Istalgan raqam», «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam», «Restart».
    9. «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi bo‘yicha ulangan abonentlar toki obuna shartlarini bajarmaguncha tarif rejalarini almashtira olmaydilar.
    10. Obuna shartlari bajarilgach, boshqa ochiq tariflarga o‘tish mumkin bo‘ladi.
    11. Obuna shartlarini bajarguniga qadar, abonent mazkur xizmatning shartlarini bajarmagan foydalanuvchi hisoblanadi.
    12. Obuna bo‘yicha samarali to‘lovlar sonini *120# USSD-buyrug‘ini terib tekshirish mumkin.
    13. Obuna bo‘yicha navbatdagi oylik to‘lovning yechilishi har oyda, soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Abonentning tarif rejasi bilan birga mazkur obunaga ulanish sanasi obuna bo‘yicha oylik davrda oylik to‘lovning yechilish sanasi hisoblanadi.
    14. Bitta pasport ma’lumotlari asosida «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi bo‘yicha faqat bitta raqam ulatish mumkin.
    15. «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi shartlari bajarilganidan keyin obunasiz tarif rejasi shartlari kuchga kiradi.
     
  • «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalari shartlari

    (Resurslar – Instagram, Facebook, Telegram, WhatsApp)

    TR nomi «Smartfon 35» tarif rejasi «Smartfon 50» tarif rejasi
    Obuna shartlari bajarilganidan keyin tarif bo‘yicha abonent to‘lovi 35 000 so‘m 50 000 so‘m
    Oylik CHEKSIZ* internet-trafik Facebook
    Instagram
    Telegram
    WhatsApp
    Facebook
    Instagram
    Oylik internet-trafik limiti 10 GB 20 GB
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti Cheksiz** Cheksiz**
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 1 000 1 500
    Limitlarni tekshirish *100# – internet-trafik MBlari va SMSlar

    *Qo‘shimcha resurslar uchun oylik internet-trafik – to‘liq tezlikda 2 TB. To‘liq tezlikda taqdim etilgan limit tugagandan so‘ng, internet tezligi 64 kbit/soniyagacha pasayadi.

    **Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.


    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
      Smartfon 35 Smartfon 50
    Tarmoq ichidagi va tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 50 so‘m 25 so‘m
    1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari) 50 so‘m 25 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 50 so‘m 25 so‘m
    Xalqaro SMSlar 1 000 so‘m

    1. «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalari «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi bo‘yicha yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
    2. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi:
    - Tarif rejasiga ulanish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi.
    - Hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
    - Hisob manfiy holatda bo‘lsa yoki unda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda abonent to‘lovi yechilmaydi, tarifda ko‘zda tutilgan limitlar belgilanmaydi, abonent raqamining hisobi qarzga kirmaydi.
    - Oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilgan kundan boshlab oyiga bir martalik oraliqda yechiladi. Oylik abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasi tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining so‘nggi marta samarali yechilgan kuni hisoblanadi (agar oylik abonent to‘lovining yechilishi 31-sanaga belgilangan bo‘lsa, keyingi oy esa 30/29/28 kunlik bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, yoki fevral oyining 28/29-sanasida yechiladi. Tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘lansa (raqam uzluksiz Faol holatda tursa), abonent to‘lovining navbatdagi yechilishi 31-sanada bo‘ladi).
    - Tarif doirasida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lishi kerak.
    - Agar oylik abonent to‘lovining yechilish paytida abonent hisobida to‘lovning yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda abonent raqami bloklanadi. Toki hisobda abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmagunicha abonent to‘lovi yechilmaydi.
    - Abonent hisobi abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirilishi bilan oylik abonent to‘lovi darhol yechiladi. Abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng abonent raqami Faol holatga o‘tadi va tarif rejasi shartlariga muvofiq limitlar belgilanadi. Keyin oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi, ya’ni, tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilishi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi so‘nggi marta samarali yechilgan kundan boshlab bir oylik oraliqda amalga oshadi.
    3. Resurslar (Telegram, WhatsApp, Facebook, Instagram) uchun cheksiz internet-trafik shartlari:

    Tarif rejasi Cheksiz internet-trafik (resurslar)
    Smartfon 35 Instagram va Facebook
    Smartfon 50 Telegram, WhatsApp, Instagram va Facebook

    - Tarif rejasi doirasidagi resurslar uchun cheksiz internet-trafik shartlari roumingdagi abonentlarga tatbiq etilmaydi;
    - Tarif rejasi doirasidagi resurslar uchun cheksiz internet-trafik shartlari Postpaid tizimi abonentlariga tatbiq etilmaydi;
    - Tarif bo‘yicha cheksiz internet-trafik doirasida ajratilgan trafik «Facebook», «Instagram», «Telegram» va «WhatsApp» mobil ilovalarining yuklab olinishiga va yangilanishiga tatbiq etilmaydi;
    - «Telegram», «WhatsApp», «Facebook Messenger» va «Instagram» ilovalari orqali audio/videoqo‘ng‘iroq amalga oshirilganda, tarif bo‘yicha cheksiz yo‘nalish doirasida ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit yoki internet-to‘plamlar doirasidagi internet-trafik sarflanadi;
    - «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalaridan «Start 10», «Ovoz 15», «Internet 60» tarif rejalariga o‘tishda tarif rejasi bo‘yicha cheksiz internet-trafik opsiyasi o‘chiriladi.

    4. Bloklash shartlari:
    - JONLI NOL: nol hisobda Siz barcha aloqa xizmatlaridan foydalana olasiz!***
    - Raqam musbat balansda (tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi yechiladigan paytda hisobda yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmasa) yoki manfiy balansda (tegishli qo‘shimcha xizmatlar mavjud bo‘lsa) bloklanadi;
    - Bloklangan holatda tarif rejasini almashtirib bo‘lmaydi;
    - Bloklangan holatda abonent avval sotib olingan oylik internet-to‘plamlar limitlari qoldiqlaridan toki ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar foydalana oladi (qoldiq mavjud bo‘lsa).
    - Bloklangan holatda bo‘lishning umumiy shartlari bilan bu yerda tanishish mumkin.
    (***abonent to‘lovi samarali to‘langan holatda)

    5. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi shartlariga ko‘ra oylik limitlar, shuningdek, tarif rejasi shartlariga ko‘ra yuqorida ko‘rsatilgan resurslarga cheksiz internet-trafik belgilangan kunidan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi. Faqat tarif rejasiga ko‘ra abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘lansagina, joriy oyda belgilangan oylik limitlarning qoldiqlari navbatdagi bitta davrga o‘tkazib beriladi. Oldingi davrdan o‘tkazib berilgan oylik limitlarning qoldiqlari faqat joriy davrning oxirigacha amal qiladi.
    - Agarda oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida yechilmasa, u holda limitlarning oldingi hisob-kitob davrida ishlatilmay qolgan qoldiqlari bekor qilinadi.
    - Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, albatta oldindan hisobni oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirishni va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanganligini *100# USSD-so‘rovi yordamida tekshirib olishni tavsiya etamiz.
    - Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar sarflab tugatilgach, qo‘ng‘iroqlar va SMSlar tarif rejasi shartlariga ko‘ra yo‘nalishlar bo‘yicha limitdan tashqari qiymatiga muvofiq narxlanadi.
    - Tarif rejasi va qo‘shimcha internet-to‘plamlar doirasidagi oylik internet-trafik limitlari sarflab tugatilgach, internetga kirish imkoni to‘xtatiladi. Bunda abonent internetni qayta ishga tushiruvchi havolali SMS oladi. Internetdan foydalanishni davom ettirish uchun, abonent quyidagi opsiyalardan birini tanlashi va unga muvofiq internetdan foydalanishda davom etishi lozim bo‘ladi:
    • Tarif bo‘yicha limitlarni yangilash («Restart» xizmatini faollashtirish);
    • Internet-to‘plam xarid qilish;
    • 1 MB uchun limitdan tashqari narx bo‘yicha mobil internetni faollashtirish;*
    • Tarif rejasini almashtirish.
    * Agar abonent 1 MB uchun limitdan tashqari narx bo‘yicha mobil internetni faollashtirish opsiyasini tanlasa, keyin Oylik internet-to‘plam xarid qilsa, u holda qo‘shimcha to‘plam limitlari tugaganidan so‘ng toki tarif bo‘yicha abonent to‘lovining navbatdagi yechilishiga qadar internet tarif rejasi shartlariga muvofiq 1 MB uchun limitdan tashqari narx bo‘yicha narxlanadi.

    «1 MB uchun limitdan tashqari narx bo‘yicha mobil internetni faollashtirish» opsiyasini abonent *727# USSD-so‘rovi yordamida mustaqil tarzda ham tanlashi mumkin.

    Internetga kirish cheklangan holatida to‘lov ilovalaridan offline rejimida foydalanmoqchi bo‘lsa, ularning to‘g‘ri ishlashi uchun abonent o‘z qurilmasida ma’lumot uzatish rejimini o‘chirishi lozim.


    E’tibor qiling:
    - «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalaridan «Doimiy» tariflar tizimiga o‘tishda, agar abonent yuqoriroq tarifga o‘tsa, u holda oldingi tarif rejasiga ko‘ra avval belgilangan limitlar yangilariga qo‘shiladi va toki sarflab tugatilguniga qadar yoki ularning oldingi tarif rejasiga ko‘ra amal qilish muddati tugaguniga qadar ulardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    - «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalaridan «Doimiy» tariflar tizimiga, «Start 10», «Ovoz 15», «Internet 60» tarif rejalariga o‘tishda, agar abonent quyiroq tarifga o‘tsa, u holda oldingi tarif rejasiga ko‘ra avval belgilangan limitlar bekor qilinadi.


    6. «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalari abonentlari «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturidan va «U+» sodiqlik dasturidan foydalana oladilar. «U+» sodiqlik dasturi bo‘yicha to‘plam faol bo‘lganida, resurslar bo‘yicha (YouTube, Telegram, Facebook, Instagram) internet-trafik tarif rejasi doirasidagi resurslar uchun taqdim etiluvchi cheksiz internet-trafik doirasida sarflanadi;
    7. Tarif rejalari shartlariga ko‘ra taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    8. Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    9. «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalari abonentlari uchun «Raqamni saqlab qolish», «Yangi oylik internet-to‘plamlar», «Metroda Ucell cheksiz internet to‘plamlari» (faqat «Cheksiz 30 kun» to‘plami), «Tungi internet-to‘plamlar», «Tunda 4Gni sinab ko‘ring», «TAS-IX uchun internet-to‘plamlar», «Internet MEGA BOOM», xizmatlari, «Al Chiroq» aksiyasi (faqat MB va SMS to‘plamlari) amal qiladi.
    10. «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalari abonentlari uchun «Qulay daqiqalar»,  «Tarmoq ichida qulay» va «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» to‘plamlari, Kunlik va Haftalik internet-to‘plamlar, «Kunlik SMS-to‘plamlar», «Oylik 4G internet-to‘plamlar» (va «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi doirasidagi shunday to‘plamlar), «Tungi internet», «Buyurtma to‘plam», «Soatbay internet» to‘plamlari hamda «Maksimal internet», «Megabaytlar qaytadi» xizmatlari amal qilmaydi.

    11. «Trafik+» xizmati bo‘yicha to‘plamlarning amal qilmasligi:
    - «Smartfon 35» tarif pejasida «Instagram», «Instagram+YouTube+Telegram», «Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, Vkontakte)» va «Instagram+YouTube+Telegram+PUBG Mobile» to‘plamlarini faollashtirib bo‘lmaydi.
    - «Smartfon 50» tarif pejasida «Instagram», «Instagram+YouTube+Telegram», «Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, Vkontakte)», «Instagram+YouTube+Telegram+PUBG Mobile», «Messenjerlar (Telegram, IMO, WhatsApp, Viber)», «YouTube + Telegram» va «YouTube+Telegram+PUBG Mobile» to‘plamlarini faollashtirib bo‘lmaydi.
    12. «Smartfon 35» va «Smartfon 50» tarif rejalari abonentlari faqat «Doimiy» tizimi tarif rejalariga hamda «Start 10», «Ovoz 15», «Internet 60» tarif rejalariga o‘ta oladilar (faqat «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi shartlarini bajargan taqdirda).
    13. «Doimiy» tariflar tizimiga o‘tishlarda yuqorida ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha avval olingan O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz daqiqalar amal qilmaydi.
    14. Tegishli tarif rejalari doirasida olingan cheksiz shartlar (qo‘ng‘iroqlar, internet) tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining samarali yechilishi holatida, shuningdek, tarif rejasini almashtirgandan keyin navbatdagi oyga o‘tkazilmaydi.
    15. Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

    «Restart» xizmatining shartlari
    («Restart» xizmati faqat obuna shartlarini bajargandan keyin amal qiladi)

    1. «Restart» xizmati mobil ilova yoki *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    2. «Restart» xizmatidan abonentlar raqam Faol holatda bo‘lganida foydalana oladilar.
    3. «Restart» xizmati abonentga mustaqil tarzda oylik abonent to‘lovining yechilishini tashkillashtirish hamda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik limitlarni olish imkonini taqdim etadi. «Restart» xizmati samarali faollashtirilganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi marta samarali faollashtirish sanasiga muvofiq yangilanadi.
    4. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq qiymatda oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi. Keyin, abonentda oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi.
    5. Xizmatni faollashtirish uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechiladi va to‘liq hajmda limitlar belgilanadi.
    6. «Restart» xizmati samarali faollashganida, tarif rejasi doirasida oldin belgilangan limitlar (O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar va MBlar) qoldiqlari bekor qilinadi.
    7. Tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilish kunida «Restart» xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi.
    8. «Restart» xizmatidan sutkasiga faqat 1 marta (joriy sutkaning boshidan, 00:00 dan 23:59 gacha) foydalanish mumkin.

    Tarifni almashtirish faqat «Obuna bo‘yicha smartfon» aksiyasi shartlari bajarilganidan keyin amal qiladi!

    *120# USSD-so‘rovi yordamida boshqa tariflarga o‘tish

    Qaysi tarif rejasiGA o‘tilishi
    (so‘m)
    Qaysi tarif rejasiDAN o‘tilishi (so‘m)
    Smartfon 35 Smartfon 50
    Doimiy 20 0 0
    Doimiy 35 0 0
    Doimiy 50 0 0
    Doimiy 70 0 0
    Doimiy 100 0 0
    Doimiy 150 0 0
    Ovoz 15 2105 2105
    Start 10 2105 2105
    Internet 60 0 0
    Minnatdormiz 0 0

    Eslatma:
    Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.


    Diqqat!
    1 Cheksiz yo‘nalish doirasida internet-trafikning to‘g‘ri sarflanishi uchun, faqat rasmiy Facebook, Instagram, Telegram va WhatsApp ilovalaridan foydalanishni tavsiya etamiz;
    2 Smartfonning yoki boshqa qurilmalarning ulanish nuqtasi orqali internetni tarqatishda faqat tarif rejasi doirasida taqdim etilgan asosiy internet-trafikni, yoki qo‘shimcha xarid qilingan internet-to‘plam doirasidagi trafikni tarqatish mumkin. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan cheksiz internet-trafik shartlari smartfondan internet-trafikni boshqa qurilmalarga tarqatishda amal qilmaydi.
    Bunda:
    3 Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.

     

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.