Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Yandex Plus

Yandex Plus


«Yandex Plus»ga ulaning va mobil trafik sarflamasdan «Yandex Music»dan bahra oling, «Kinopoisk»dagi film va seriallar tomosha qiling, «Bookmate»da audio va elektron kitoblani o‘qing, hamda «Yandex Go» bilan «Komfort» va undan baland tariflari bo‘yicha safarlarga 10% chegirma oling!


Xorij va o‘zbek ijrochilarining treklarini «Yandex Music»da tinglang!


«Yandex Go» orqali «Komfort» va undan yuqori tariflarida 10% chegirma oling!


«Kinopoisk»da maxsus o‘zingiz uchun tanlab olingan filmlar va seriallarni tomosha qiling!


Bookmate’da kitoblarni o‘qing va eshiting!


Ulanishdan keyingi ilk 90 kun xizmat mutlaqo bepul taqdim etiladi!


Mobil trafik sarflanmaydi, hamda internet tezligi cheklangan!


 
 

Obuna narxi va xizmatni boshqarish



• Ulanishdan keyingi ilk 90 kun xizmat mutlaqo bepul taqdim etiladi!

• Obuna narxi: 30 kunga 9 999 so‘m (avtomatik uzaytirish bilan).

• Xizmatni boshqarish (ulanish/o‘chirish): *310#
 

Ilovani yuklab olish va o‘rnatish

«Yandex Music» ilovasi

Ilovani yuklab olish

«Yandex Go» ilovasi

Ilovani yuklab olish

«Kinopoisk» ilovasi

Ilovani yuklab olish

«Bookmate» ilovasi

Ilovani yuklab olish

Obunani qanday ulash va foydalanishni boshlash mumkin?


1-qadam. *310# USSD-so‘rovini tering va tegishli buyruqlarni jo‘natib, xizmatga ulaning.

2-qadam. «Yandex Plus» xizmatiga obuna bo‘lgandan keyin plus.yandex.uz/ucell havolasi bo‘yicha o‘ting va obuna rasmiylashtirilgan abonent raqamingizni «Yandex ID»ga bog‘lab, obunani faollashtiring.

3-qadam. «Yandex Go», «Yandex Music», «Bookmate» va/yoki «Kinopoisk» ilovasini yuklab oling va o‘rnating.

4-qadam. Obuna rasmiylashtirilgan abonent raqamingizdan foydalanib, ilovalarda avtorizatsiyadan o‘ting.

Tayyor!
 

Xizmat taqdim etilishining batafsil shartlari

  • «Yandex Plus»ga kiruvchi xizmatlarida avtorizatsiyadan o‘tishda obuna rasmiylashtirilgan abonent raqami bo’langan «Yandex ID»dan foydalanish lozim. Rasmiylashtirilgan obunani plus.yandex.uz/ucell sahifasida faollashtirish lozim;
  • «Yandex Plus» bepul obunasining ulanishi har bir abonentga faqat bir marta taqdim etiladi;
  • Bepul obunaning amal qilish muddati: ulanish sanasidan boshlab 90 kun;
  • «Yandex Plus» bepul obunasining amal qilish muddati tugashi bilan avtomatik ravishda pullik obuna ulanadi (30 kunga 9 999 so‘m);
  • Pullik obuna muddati avtomatik uzaytirilish funksiyasi bilan ulanadi;
  • «Yandex Plus» bepul obunasi amal qilayotgan vaqtda pullik obunani ulatish imkoni yo‘q;
  • Obuna uchun to‘lov samarali yechilgan taqdirda, obuna belgilangan vaqtidan boshlab 30 kunlik amal qilish muddati bilan tayinlanadi. Agar shaxsiy hisobda obunaning avtomatik uzaytirilishi uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, obuna avtomatik tarzda to‘lovni kutish holatiga o‘tadi va abonent hisobida uning haqini to‘lashga yetarli mablag‘ bo‘lishi bilan avtomatik ravishda navbatdagi 30 kunga uzaytiriladi. Bunda oylik abonent to‘lovi samarali yechilganida, obunaning amal qilish muddati uning so‘nggi belgilangan vaqtidan o‘rnatiladi;
  • Pullik yoki bepul obuna o‘chirilgan taqdirda, uning avtomatik uzaytirilishi va abonent to‘lovining yechilishi to‘xtatiladi, bunda «Yandex Plus» xizmati taqdim etilishining barcha shartlari o‘chirilgan obunaning amal qilish muddati tugaydigan vaqtgacha amalda qoladi, bunday holatda «Yandex Go», «Yandex Music», «Bookmate» va «Kinopoisk» ilovalaridan foydalanganda internet-trafik abonentning tarif rejasi shartlariga binoan narxlanadi yoki  trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etilgan mavjud internet-to‘plam hisobidan yechiladi;
  • «Yandex Plus» xizmatidan faqat Faol holatdagi Prepaid tizimi abonentlari foydalana oladilar;
  • «Yandex Go», «Yandex Music», «Bookmate»  va «Kinopoisk» ilovalaridan roumingda foydalanganda, Internet-trafik roumingda hududiy narxlash shartlariga muvofiq narxlanadi;
  • «Yandex Plus» xizmati amal qilishi doirasida, «Yandex Go», «Yandex Music», «Bookmate» va «Kinopoisk» ilovalaridan foydalanganda internet-trafik tarifdagi amaldagi internet-to‘plamlardan sarflanmaydi;
  • «Yandex Plus»ga kiruvchi xizmatlaridan proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali foydalanganda, trafik tarif rejasi shartlariga ko‘ra Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi;
  • Internet-trafik sarfining oldini olish uchun, xizmat faollashtirilganidan keyin mobil ma’lumotlar almashinuvini o‘chirib, internet-sessiyani to‘xtatish, keyin uni qayta faollashtirish lozim;
  • «Yandex Plus» xizmati belgilanganligi haqida SMS-xabar qabul qilganingizdan keyingina bu xizmat faollashadi. Agarda Siz SMS-xabar qabul qilmagan bo‘lsangiz, xizmat faollashganligini tekshirish uchun *310# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz;
  • Abonentda “Yandex Plus” xizmatiga bir nechta obuna faollashtirilgan bo’lishi mumkin. Masalan, avvalroq abonent o’zining bank kartasi orqali haqi to’lanuvchi obunani faollashtirgan. Bunday holatda, haqi boshqa usullar bilan to’lanuvchi obuna “Yandex Plus” xizmatining saytida boshqariladi; haqi Ucell raqamining hisobi orqali to’lanuvchi obuna esa *310# USSD-so’rovi orqali boshqariladi.
  • «Yandex Plus» obunasi doirasida «Kinopoisk» xizmati katalogidagi barcha kontent taqdim etilmaydi.
  • «Bookmate» xizmatidan foydalanish imkoni aksiya qoidalariga muvofiq taqdim etiladi.
  • «Yandex Go» – obuna doirasida ilova yordamida buyurtma qilingan «Komfort», «Biznes» tariflari bo‘yicha safarlar uchun foydalanuvchilarga 10% chegirma taqdim etiladi
  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
Muhim!
  • Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik  ariff rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.


Savolaringiz qoldimi?


  • Ucelldan “Yandex Plus” – bu nima?

    “Yandex Plus” — bu «Yandex Music», «Kinopoisk», «Bookmate» xizmatlariga yagona obuna, shuningdek «Yandex Go»da chegirmalar.

    «Yandex Plus» obunasining batafsil shartlari.

  • Ucelldan “Yandex Plus”ga kimlar obuna bo‘la oladi?

    Prepaid tizimining quyidagi tarif rejalari abonentlari obunani faollashtira oladilar:

    “Start 10” tarifi
    “Ovoz 15” tarifi
    "Doimiy" tariflar tizimi
    “Sof” tariflar tizimi
    “COSMO” tariflar tizimi
    “Kayfiyat” tariflar tizimi
    “Tantana” tariflar tizimi
    “Diyorim” tarifi
    “Ko‘proq!” tarifi
    “Marhamat” tarifi
    “Oddiy” tarifi
    “Student” tarifi
    “Minnatdormiz!” tarifi
    “Active” tariflar tizimi
    “Internet 60” tarifi
    “Special” tariflar tizimi
    “Special+” tariflar tizimi
    “Turist” tariflar tizimi

  • “Yandex Plus” obunasini qanday faollashtirish mumkin? (Bosqichma-bosqich ko'rsatma)

    «Yandex Plus» xizmatiga ulanish jarayoni

    1. *310# USSD-so‘rovini tering

    2. «Xizmatga ulanish» bo‘limiga o‘ting.

    3. Xizmatga ulaning.

    Xizmatni faollashtirish va «Yandex ID»ga bog‘lash jarayoni

    4. plus.yandex.uz/ucell sahifasini ochib, xizmat yoqilgan telefon raqamingizni kiriting va «Tayyor» tugmachasini bosing.



    5. Keyin Siz o‘z obunangizni «Yandex ID»ga bog‘lashingiz lozim. Buning uchun, mavjud «Yandex ID» bo‘yicha avtorizatsiyadan o‘ting yoki yangisini yarating.

    Yangi «Yandex ID» yaratish uchun, «Telefon» varaqasiga o‘ting, xizmat yoqilgan telefon raqamingizni kiriting va «ID yaratish» tugmachasini bosing.



    6. Raqamingizga SMS-xabar orqali bir martalik kod jo‘natiladi. Bu kodni tegishli maydonchaga kiriting va «Keyingisi» tugmachasini bosing.



    7. «Ism» va «Familiya» maydonchalarini to’ldiring, so’ng «Keyingisi» tugmachasini bosing.



    8. Maxfiylik siyosati hamda Foydalanuvchi bitimi bilan tanishib chiqing va «Qabul qilaman» tugmachasini bosib, uni qabul qiling.



    9. Tayyor, «Yandex Plus» obunasi faollashdi va «Yandex ID»ga bog‘landi.



    MUHIM! «Yandex Plus» tarkibiga kiruvchi xizmatlarda yuqorida ko‘rsatilgan qadamlarga muvofiq obuna rasmiylashtirilgan abonent raqamiga bog‘langan «Yandex ID»ni qo‘llash lozim.

    «Yandex Plus»ga kiruvchi xizmatlarida avtorizatsiyadan o‘tish jarayoni. «Yandex Music» misolida:

    10. «Yandex Music» mobil ilovasini yuklab oling, hamda o‘rnating. Mobil ilovani oching va «Keyingisi» tugmachasini bosing.



    11. Obuna rasmiylashtirilgan abonent raqamiga bog‘langan «Yandex ID» yordamida avtorizatsiyadan o‘ting.



    12. Raqamingizga SMS-xabar orqali bir martalik kod jo‘natiladi. Bu kodni tegishli maydonchaga kiriting va «Keyingisi» tugmachasini bosing.



    13. Tayyor. Endi Siz xizmatdan o‘z obunangiz shartlari asosida foydalana olasiz.


     

  • “Yandex Plus” obunasini qanday o‘chirish mumkin?

    Xizmatni o‘chirish uchun *310# raqamiga USSD-so‘rov jo‘nating, “Xizmatni o‘chirish” bo‘limini tanlang va keyin xizmatni o‘chirishni tasdiqlang.

  • “Yandex Plus” xizmatlari roumingda ham ishlaydimi?

    “Yandex Plus” xizmatini Rouminga *310# USSD-so’rovi orqali faolashtirish cheklangan, ammo avval faolashtirilgan “Yandex Plus” xizmatlaridan roumingda foydalanish mumkin bo‘ladi. Biroq roumingda “Yandex Go”, “Yandex Music”, “Bookmate” va “Kinopoisk” ilovalaridan foydalanganda, internet-trafik roumingda hududiy narxlashga muvofiq narxlanadi.

    Xizmatlar doirasida taqdim etiluvchi kontent va afzalliklar hududga bog‘liq holda farqlanishi mumkin.

  • Nima uchun “Yandex Plus” bepul obunasi amal qilmayapti?

    Bepul obunaga ulanish imkoni har bir abonent uchun faqat bir marta taqdim etiladi.

    Shuningdek, agar bepul obuna amal qilish muddati tugamasidan oldin bekor qilinsa, bepul obunani qayta faollashtirib bo‘lmaydi.

  • “Yandex Plus” obunasining narxi qancha?

    Obuna narxi – har 30 kun uchun 9 999 so‘m. Obuna muddati avtomatik uzaytirish funksiyasi bilan ulanadi.

  • Men “Yandex Plus” obunasiga ulandim, ammo obunaga kiritilgan xizmatlardan foydalana olmayapman.

    *310# USSD-buyrug‘i vositasida “Yandex Plus” xizmati obunasini ulatgach, obuna rasmiylashtirilgan abonent raqamingizdan foydalanib, plus.yandex.uz/ucell sahifasida obunani faollashtirish kerak.

  • “Yandex Plus” obunasiga qaysi xizmatlar kiradi?

    Obunaga quyidagi xizmatlar kiradi:

    “Yandex Musiqa”ilovani yuklab olish

    “Kinopoisk” – «Yandex Plus» obunasi doirasida «Kinopoisk» xizmati katalogidagi barcha kontent taqdim etilmaydi – ilovani yuklab olish

    “Yandex Go” – obuna doirasida ilova yordamida buyurtma qilingan «Komfort», «Biznes» tariflari bo‘yicha safarlar uchun foydalanuvchilarga 10% chegirma taqdim etiladi – ilovani yuklab olish

    “Bookmate” – obuna foydalanuvchilari uchun «Bookmate» xizmatidan foydalanish imkoni aksiya qoidalariga muvofiq taqdim etiladi– ilovani yuklab olish

  • “Yandex Plus” obunasini o‘chirsa nima bo‘ladi?

    Pullik yoki bepul obunani o‘chirganda, xizmatning muddati avtomatik uzaytirilishi hamda uning doirasida abonent to‘lovining yechilishi to‘xtatiladi. Bunda «Yandex Plus» tarkibiga kiruvchi xizmatlardagi kontent va afzalliklar taqdim etilishining barcha shartlari toki o‘chirilgan obunaning amal qilish muddati tugaydigan vaqtgacha amal qiladi. «Yandex Go», «Yandex Music», «Bookmate» va «Kinopoisk» ilovalaridan foydalanganda internet-trafik abonentning tarif rejasiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.

  • “Yandex Plus” obunasining muddati avtomatik uzaytirilishini qanday bekor qilish mumkin?

    Obuna muddatining avtomatik uzaytirilishini bekor qilish uchun, *310# raqamiga USSD-so‘rov jo‘natib xizmatni o‘chirish lozim. “Xizmatni o‘chirish” bo‘limini tanlang va keyin xizmatni o‘chirishni tasdiqlang.



Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.