Zaruriyat tug‘ilganda Ucell sizga ma’lum bir davrda (oy, hafta va hokazo) qilingan barcha qo‘ng‘iroqlaringiz to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni (chop etishi) berishi mumkin. Siz ushbu ma’lumotni har oyda yoki zarur bo‘lgan davr uchun (ixtiyoriy) olishingiz mumkin. Bu holatda, qaysi davr uchun ma’lumot kerakligini o‘zingiz hal qilasiz. Ma’lumotlar so‘nggi yil uchun mavjud. Joriy kun uchun qo‘ng‘iroqlar va SMSlarning tafsilotlarini qo‘ng‘iroqlar tafsilotlariga so‘rov berilgandan so‘ng ertasi kuni olish mumkin bo‘ladi.
SMS-xabarlar tafsilotlarida faqat SMS-xabarlar yuborilgan chiquvchi raqamlar ko‘rsatiladi.
Qo‘ng‘iroqlar tafsilotlarida kiruvchi SMSlar va kiruvchi SMSlarni yuborgan raqamlar aks ettirilmaydi.
Internet-xizmatlardan foydalanish tafsilotida faqat Internet-sessiya vaqti, uning davomiyligi va qabul qilingan va yuborilgan ma‘lumot hajmi qayd qilinadi.
Ucell Kompaniyasi abonentlarga Internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etib, abonent raqamlarining tafsilotida Internet saytlar (shuningdek IP-manzil), Internet ulanishlar va Internet-manzillar orqali amalga oshirilgan serverlarni qayd etmaydi.
Kompaniya shuningdek, SMS-xizmatlar orqali abonentlar tomonidan yuborilgan SMS-xabarlar matnini ham qayd etmaydi.
Quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroqlar qo‘ng‘iroqlar tafsilotida aks etmaydi:
Xizmatga ulanish | 0 so‘m |
Har vaqt abonent talabiga binoan xizmatni taqdim etish. Bir oyiga | 15156 so‘m |
Oylik Qo‘ng‘iroqlar tafsilotini taqdim etish (tafsilot davri – o‘tgan oy) | 15156 so‘m |
Korporativ mijozlar uchun xizmatning bir martalik ta'minoti 1 raqam uchun (tafsilotlar davri - 1 oy) | 4210 so‘m |
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!