Abonentlarga
Xizmatlar
Abonent xizmatlari
SIM-kartani almashtirish

"SIM-kartani almashtirish"

Agar siz SIM-kartangizni yo‘qotgan yoki kartangiz PIN kod raqamlarini unutgan bo‘lsangiz, telefoningizni blokdan chiqarish uchun Ucell SIM-kartangizni almashtirib beradi. Bunda quyidagi shaxringizda joylashgan Ucell ofisiga murojaat qiling. Bunday holatda avvalgi raqamingiz va sizning qo‘shimcha xizmatlaringiz o‘zgarishsiz saqlanib qoladi.

Xizmat narxi QQS bilan – 5 000 so‘m.


Postpaid abonentlar uchun

Agar siz Postpaid tizimi abonenti bo‘lsangiz, SIM-kartangizni yo‘qotgan, bu haqda darhol kompaniyaning Axborot-Ma’lumot Xizmati raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: (+998 93)180-0000, 181-0000. bizning mutahassislarimiz sizning SIM-kartangizni darhol bloklab qo‘yadilar, bunda hech kim sizning hisobingizdan foydalanib qo‘ng‘iroqni amalga oshirolmaydi.

SIM-kartani almashtirish

Agar siz SIM-kartangizni yo‘qotgan yoki kartangiz PIN-kod raqamlarini unutgan bo‘lsangiz, telefoningizni blokdan chiqarish uchun Ucell SIM-kartangizni almashtirib beradi. Bunda quyidagi shahringizda joylashgan Ucell ofisigamurojaat qiling. Bunday holatda avvalgi raqamingiz va sizning qo‘shimcha xizmatlaringiz o‘zgarishsiz saqlanib qoladi.


Quyidagi hollarda Kompaniyaning ofislaridan biriga murojaat qiling:

  1. 1Almashtirilgan SIM-kartani yo‘qotganingizda – «SIM-kartani almashtirish»  xizmatiga qaytadan ulanish uchun (xizmatga qayta ulanish pulli);
  2. 2SIM-kartani faollshtirish uchun kerak bo‘ladigan 14 ta raqamli maxsus kodni yo‘qotganingizda* (14 ta raqamli maxsus kodni qayta tiklash bepul).

* Kompaniya «SIM-kartani almashtirish» xizmati doirasida abonentga taqdim etiladigan 14 ta raqamli maxsus kodning maxfiy saqlanishiga mas’ul emas. Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi uchun abonentning o‘zi javobgar hisoblanadi. Abonent maxfiylik talablariga rioya qilmasa, uning raqamidan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun uning o‘zi javobgar hisoblanadi.

Abonentga taqdim etilgan «SIM-kartani almashtirish» xizmati qiymatidan maksimal stavka bo‘yicha jismoniy shaxs daromad solig‘i Kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga to'lanadi.

Eslatma

E’tibor bering! Kompaniya ofislariga SIM-karta almashtirish uchun Prepaid va Postpaid (jismoniy shaxs) abonentlari murojaat qilganida, quyidagi hujjatlardan birining aslini taqdim etishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsion ID-kartasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi;
  • Xorijiy fuqaro pasporti;
  • Ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma;
  • Akkreditatsion karta (diplomatik vakolatxonalar va missiyalarning xodimlari uchun);
  • Chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki xorijga chiquvchi hujjat;
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti;
  • Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
  • Talabalik guvohnomasi;
  • Harbiy guvohnoma;
  • Nafaqaxo‘r guvohnomasi;
  • Davlat tashkilotlari,
  • Davlat korxonalari, tashkilot va muassasalari xodimlari guvohnomasi;
  • Ma’lumotnoma №9 shakl – pasport yo‘qotilganda ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan fotosuratli ma’lumotnoma, ort tarafida vaqtinchalik yoki doimiy propiska shtampi qo‘yilgan bo‘lsihi kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning barchasi bir-birining o‘rnini bosa oladi.

Shartnoma tuzish uchun bo‘lg‘usi Abonent O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yoki vaqtinchalik propiskada bo‘lishi shart.

*Ma’lumotnoma/ №9 shakl – pasport yo‘qotilganda ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan fotosuratli ma’lumotnoma, ort tarafida vaqtinchalik yoki doimiy propiska shtampi qo‘yilgan bo‘lsihi kerak. Ma’lumotnoma 6 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Kompaniya tomonidan “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti”, “Yangi Shartnoma tuzish”, “Shartnomani qaytadan tuzish” va “Shartnomani bekor qilish” kabi xizmatlar Abonentning ma’lumotnomasi/№9 shakli asosida taqdim etilmaydi.

Shu borada Abonent (Ishonch bildiruvchi) vakili bo‘lish uchun yoki uning nomidan ish tutish uchun Kompaniyaga murojaat qilib Ishonchnoma taqdim etganingizda, pasportingiz yoningizda bo‘lishi hamda quyidagi ma’lumot va harakatlar Ishonchnomada albatta aks ettirilgan bo‘lishi kerak:

  • Ishonchnoma berilgan joy va sana;
  • Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • Pasprot ma’lumotlari (seriya va raqami, berilgan sana\kim tomondan berilganligi, amal qilish muddati);
  • Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning doimiy yoki vaqtinchalik propiska (ro‘yxat) bo‘yicha yashash joyi;
  • Ishonchli vakilga berilgan vakolatlar doirasi (aniq abonent raqam(lar)ini ko‘rsatgan holda);
  • Abonent raqamining qo‘ng‘iroqlar tafsilotini olish uchun aniq davri;
  • Ishonch bildiruvchining imzosi;
  • Ishonch bildiruvchining pasport nusxasi;
  • Ishonchli vakil pasportining asl nusxasi.

 

Tavsiya etilgan xizmatlar

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.