Abonentlarga
Xizmatlar
Abonent xizmatlari
SIM-kartani blokdan chiqarish

"SIM-kartani blokdan chiqarish"

Agar SIM-kartangiz biror bir sababga ko‘ra bloklanib qolgan bo‘lsa, Ucell vakili sizga SIM-kartangizni blokdan chiqarishda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, SIM-kartalar maxsus PIN va PUK kodlari bilan himoyalangan. Bu kodlar sizning mobil telefoningizni begona shaxslar noqonuniy tarzda ishlatishlarini oldini oladi.

Agar ketma-ket PUK kod raqamini 10 marta noto‘g‘ri tersangiz, SIM-karta tamoman bloklanadi va qayta uni ishlatib bo‘lmaydi. Bunday SIM-kartani almashtirish lozim.

Postpaid abonentlari uchun xizmat narxi - 2 105 so‘m (QQS bilan).

Agar PIN kod raqamini ketma-ket 3 marta noto‘g‘ri kiritsangiz, SIM-kartangiz bloklanadi. Biroq, uni blokdan chiqarish uchun PUK kod raqamini terishingiz lozim. Ucell GSM telefoni – PUK kod raqamini Kompaniya xizmatlariga ulanayotganingizda berilgan SIM-kartangiz konverti ustida ko‘rishingiz mumkin. Bu konvertni saqlab qolmagan bo‘lsangiz unda PUK kod raqamini Ucell Ofislaridan biriga murojaat qilib bilib olishingiz mumkin.

Kompaniya ofislariga murojaat qilganida, quyidagi hujjatlardan birining aslini taqdim etishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • Shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tayotgan shaxs guvohnomasi yoki O‘zR Qurolli kuchlari ofitseri guvohnomasi + №33 shakl (davlat xizmatchilari safidagi yoki mutaxassiligi harbiy bo‘lgan shaxslar uchun);
  • Akkredetiv karta (diplomatik vakolatxonalar va missiyalarning xodimlari uchun, hamda xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari uchun);
  • Xorijiy fuqaro pasporti;
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash uchun ruxsatnoma yoki yo‘l yurish hujjati;
  • Haydovchilik guvohnomasi (qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish/o‘chirish va xarajatlarni tekshirish uchun, faqat qo‘ng‘iroqlar tafsiloti va shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlaridan tashqari);
  • Ma’lumotnoma*;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet elga chiqish uchun biometrik pasporti;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi ID-kartasi;
  • Pensiya guvohnomasi (qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish/o‘chirish va xarajatlarni tekshirish uchun, faqat qo‘ng‘iroqlar tafsiloti va shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlaridan tashqari);
  • Davlat korxonalari, tashkilot va muassasalari xodimlari guvohnomasi (qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish/o‘chirish va xarajatlarni tekshirish uchun, faqat qo‘ng‘iroqlar tafsiloti va shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlaridan tashqari).

*Ma’lumotnoma/ №9 shakl – pasport yo‘qotilganda ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan fotosuratli ma’lumotnoma, ort tarafida vaqtinchalik yoki doimiy propiska shtampi qo‘yilgan bo‘lsihi kerak. Ma’lumotnoma 6 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Kompaniya tomonidan “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti”, “Yangi Shartnoma tuzish”, “Shartnomani qaytadan tuzish” va “Shartnomani bekor qilish” kabi xizmatlar Abonentning ma’lumotnomasi/№9 shakli asosida taqdim etilmaydi..

Tavsiya etilgan xizmatlar

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.