"Navbatsiz" xizmatidan foydalanish uchun Siz raqamiga USSD so‘rov jo‘natishingiz kerak. USSD-so‘rov yuborilgandan so‘ng sizga sorovingiz qabul qilinganligi haqidagi javob keladi. Shundan so‘ng Sizga qo‘ng‘iroqlarni qabul qiluvchi markazning mutaxassisi ish kuni davomida qo‘ng‘iroq qiladi va Siz Kompaniya xizmatlari, aksiyalar, yangiliklar haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Yana Siz mobil raqamingiz, yoqtirilgan xizmatlar haqida savollar berishingiz va tarif rejangiz borasidagi tavsiyalarga ega bo‘lishingiz mumkin.
1 tasdiqlangan USSD so‘rov bahosi – 631.5 so‘m
Xizmatdan soat 08:00 dan 18:00 gacha Dushanbadan Yakshanbagacha foydalanish mumkin.
Xizmat faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun taqdim etiladi.
Eslatma!
Hurmatli abonent!
Sizning so‘rovingiz qabul qilingandan so‘ng +998931800000 raqamidan qo‘ng‘iroq kuting. Agar siz mutaxassis qo‘ng‘irog‘iga javob bermasangiz, yoki raqamda kirish qo‘ng‘iroqlari taqiqlangan bo‘lsa, yoki telefon xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa, unda ish kuni davomida 30 daqiqa ichida qo‘ng‘iroq qilish uchun 3 ta urinish amalga oshiriladi, so‘rov 17:30 dan keyin qabul qilingan hollarda urinishlar ish kunining so‘nggi daqiqalarigacha amalga oshiriladi.
Agar xizmat shartlarida ko‘rsatilgan muddat ichida sizdan javob qabul qilimasa, unda “Navbatsiz” xizmati doirasidagi so‘rov yopiladi, sarflangan mablag‘ingiz esa qaytarib berilmaydi.
Yoqtirilgan xizmatlar, xisob-kitoblar va amalga oshirilgan amaliyotlar (qo‘ng‘iroqlar, SMS, MMS, GPRS-sessiyalar va shu kabi) haqidagi abonent ma‘lumotlari faqatgina abonent to‘liq identifikatsiya qilingandan so‘ng taqdim etiladi. Aks holda yuqorida ko‘rsatilgan ma‘lumotlar taqdim etilmaydi. Shuningdek ma‘lumotlar faqatgina so‘rov jo‘natuvchi raqam haqida taqdim etiladi.
“Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi doirasida “Navbatsiz” xizmatidan quyidagi abonentlar chegirma bilan foydalanishlari mumkin:
Mazkur xizmatdan *136# USSD-so‘rovi orqali foydalanish mumkin. Batafsil
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!