«Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi
«Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi faqat «Sof» tizimi tarif rejalariga yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
Yangi ulanishda «Sof» tizimi tarif rejalari abonentlari quyidagilarga ega bo‘ladilar:
*Texnik cheklanma – 1 TB (keyin tezlik 64 kbit/soniyagacha qilib belgilanadi);
Xizmat holatini tekshirish – (*100#);
-
Cheksiz to‘plamlarning amal qilish muddati – ulangan vaqtidan boshlab 30 kun;
-
Aksiyaning o‘tkazilish davri – 01.12.2022-y.dan 31.01.2023-y.gacha;
-
Barcha yangi abonentlarga:
- «Sof 18», «Sof 30» va «Sof 40» tarif rejalariga yangi ulanishda Telegram va Instagram uchun cheksiz internet taqdim etiladi;
- «Sof 50», «Sof 70», «Sof 100» va «Sof 150» tarif rejalariga yangi ulanishda Telegram, Instagram va YouTube uchun cheksiz internet taqdim etiladi;
-
«Sof» tariflar tizimi ichida biridan boshqasiga o‘tishda, aksiya doirasida belgilangan cheksiz to‘plamlar «kuyib ketmaydi» va shartlarga muvofiq amal qilish muddati tugagunicha ulardan foydalanish mumkin bo‘ladi;
-
«Sof» tariflar tizimidan «Start 10», «Ovoz 15», «Internet 60» tariflariga o‘tishda, aksiya doirasida belgilangan cheksiz to‘plamlar o‘chiriladi;
-
Mazkur aksiya shartlari «Sof tariflar uchun Istalgan raqam» hamda «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmatlari bo‘yicha raqam ulatgan abonentlarga, shuningdek, raqamni «UzEx» birjasi orqali xarid qilgan/ulatgan hollarda tatbiq etiladi;
-
Mazkur aksiya shartlari Kompaniya ofislarida smartfon xarid qilishda raqam ulatgan abonentlarga ham tatbiq etiladi;
-
«Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi doirasida, «Trafik+» xizmati bo‘yicha quyidagi to‘plamlar amal qilmaydi: «Instagram», «Instagram+YouTube+Telegram», «Instagram+YouTube+Telegram+PUBG Mobile», «Messenjerlar», «Ijtimoiy tarmoqlar», «YouTube+Telegram+PUBG Mobile», «YouTube+Telegram»;
-
«Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi doirasida Telegram, Instagram va YouTube uchun cheksiz internet opsiyasiga ulangan abonentlar uchun «Trafik+» xizmati bo‘yicha «YouTube» to‘plamini ulash imkoni mavjud emas;
-
Aksiya shartlari roumingdagi abonentlarga tatbiq etilmaydi;
-
Aksiya shartlari Postpaid tizimi abonentlariga tatbiq etilmaydi;
-
Aksiya doirasida ajratilgan trafik «Instagram», «Telegram» va «YouTube» mobil ilovalarining yuklab olinishiga va yangilanishiga tatbiq etilmaydi;
-
Agar abonentda «Tungi internet-to‘plamlar», «Internet Mega BOOM», «Ucell metroda», «Al Chiroq», «Sof uchun oylik internet-to‘plamlar» xizmatlari yoqilgan bo‘lsa, Instagram, Telegram, YouTube resurslari ichida birinchi navbatda «Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi doirasidagi opsiya bo‘yicha yoqilgan internet-trafik sarflanadi, qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha esa ulangan to‘plamlar doirasidagi internet-trafik sarflanadi.
-
Telegram ilovasi orqali videoqo‘ng‘iroq qilganda «Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit yoki internet-to‘plamlar doirasidagi internet-trafik sarflanadi.
Muhim!
-
Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
Eslatma
-
Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
9989XXXXXXXX formatida to‘g‘ri Ucell raqamini kiriting
Bir martalik kodni XXXXXX shaklida kiriting
SMS orqali bir martalik parol yuborishda xatolik yuz berdi!
Xizmatni faollashtirish bo‘yicha so‘rovingiz muvaffaqiyatli ishlovga olinmadi. Iltimos, qayta urinib ko‘ring yoki abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qiling.
Diqqat
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Hato
Yopmoq
Sessiya vaqti tugadi. Sahifani yangilang va qayta to’ldiring
Ichki hato ro’y berdi. Keyinroq xabar qoldirishga urinib ko’ring. Rahmat!
Mobil telefon raqamini +xxx xx xxxxxxx formatida kiriting!
To’ldirilmadi
Noto’g’ri adres
Noto’g’ri parol
Xabar sarlavhasini kiriting
512 simvoldan oshmaydigan xabar kiriting!
Xabar uzunligi - 512 simvol.
%n simvol qoldi
Savol turini kiriting
Shikoyat toifasini tanlang