09.11.2020 sanasidan boshlab, «Cosmo 16», «Cosmo 23» va «Cosmo 28» tarif rejalarida (tarif rejalariga «Kuzgi syurpriz» aksiyasi doirasida ulangan abonentlardan va «Muddatli to'lovga chiroyli raqam» xizmati yoqilgan abonentlardan tashqari), 30 kundan oshiq nofaol holatda bo'lib turgan abonentlarning manfiy hisobi 0 UZSgacha tiklanadi.
1. «COSMO» tizimi tarif rejalariga yangidan ulanish va boshqa tarifdan o‘tish mumkin.
2. Tariflar faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.
3. «COSMO» tizimi tarif rejalariga yangidan ulanish/o‘tish paytida oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechib olinadi. Limitlar abonent to‘lovi yechilishi paytida to‘liq belgilanadi.
4. Boshqa tariflarga «COSMO» tizimi tarif rejalaridan o‘tish holatida, «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Raqamni yashirish» xizmatlari avtomatik tarzda bekor qilinadi.
5. Boshqa tarif rejalariga o‘tish holatida:
• Tarif bo‘yicha belgilangan limitlar qoldig‘idan yangi tanlangan tarif rejasi shartlariga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘ladi.
• «Kayfiyat» tizimi tarif rejalariga o‘tish holatida, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun belgilangan daqiqalar limiti endi tarmoqdan tashqari yo‘nalishlarga sarflanadi.
• «Yengil hafta» tarif rejasiga o‘tish holatida limitlar qoldig‘i nolga tenglashtiriladi.
6. «COSMO» tizimi tarif rejalariga o‘tish holatida «Yengil hafta», «Baxtli 25», «Baxtli 25+», «Yangi ijobiy», «Ijobiy», «Ko‘proq!» tarif rejalari, «Kayfiyat», «Active» tizimlari doiralaridagi limitlar qoldiqlari tanlangan tarif rejasi doirasidagi limitlarga qo‘shiladi, bunda avvalgi limitlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi, ya’ni, oldin belgilangan limitlarning amal qilish muddati o‘z holicha qoladi. Limitlarni *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida tekshirishda, abonentlarga «COSMO» tarif rejasi doirasida belgilangan limitlarning amal qilish muddati ko‘rsatiladi
7. Haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) tariflaridagi abonentlar «COSMO» tariflar tizimiga *120# USSD-so‘rovi yordamida mustaqil o‘tishlari mumkin.
8. Boshqa tarif rejalaridan o‘tish narxi:
• «COSMO 16» tarifiga «Active» tariflar tizimidan, «Zo‘r kayfiyat», «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat», «Cosmo 23», «Cosmo 28», «Yengil hafta», «Katta Tantana», «Super Tantana» tariflaridan – 2105 so‘m.
• «COSMO 23» tarifiga «Active» tariflar tizimidan, «Cosmo 28», «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat», «Super Tantana» tariflaridan – 2105 so‘m.
• «COSMO 28» tarifiga «Active» tariflar tizimidan – 2105 so‘m.
9. Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining birinchi sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda navbatdagi abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent oyning 31-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda navbatdagi abonent to‘lovi keyingi oyning 30-sanasida, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda oyning 31-sanasida yechiladi.
10. Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Oylik limitlarning amal qilish muddati – 32 kun. Bu 32 kun tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi.
11. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish/o‘tish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent Faol holatda bo‘lishi kerak.
12. Agar oylik abonent to‘lovining yechilishi paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi va to‘ldirishdan so‘ng abonent balansida oylik abonent to‘lovining yechilishiga yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi bilan, tizim oylik abonent to‘lovini to‘liq hajmda yechib oladi va limitlarni ham to‘liq hajmda belgilaydi, bunda yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, tarif bo‘yicha limitlar belgilanganligini *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida oldindan tekshirib olish lozim. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet tarif rejasi shartlariga ko‘ra tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
13. Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
14. «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi «Qadrli» va «Izzatli» maqomlarida amal qiladi.
15. «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Qulay daqiqalar», «Raqamni saqlab qolish», "Oson almashuv" xizmatlarini ulatish mumkin.
16. «Tarmoq ichida 0», VIP, «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay», «Oylik 4G Internet-to‘plamlar», «Cheksiz Internet-to‘plamlar», «TAS-IX uchun internet-to‘plamlar», «Trafik+», «Tungi internet-to‘plamlar», «Tungi 4Gni sinab ko‘r», «Maksimal internet», «Bolalar uchun», «Internet Mega BOOM», «Tungi internet», «Soatbay internet», «Zvuk» xizmatlarini ulatib bo‘lmaydi.
17. «COSMO» tarif rejalaridagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
18. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
19. «Restart» opsiyasidan *222# USSD-so‘rovi orqali foydalanish mumkin.
20. iTV va Mediabay xizmatlar «Drive», «Special Unlim», «Uchar internet» tarif rejalarida va «COSMO» tarif rejalar tizimida amal qilmaydi.
21. Telegram ilovasi orqali videoqo'ng'iroq qilganda ijtimoiy tarmoqlar yo'nalishiga ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit doirasidagi internet-trafik sarflanadi.