Avvalgi narxlarda yangi COSMO tariflari!
Abonentlarga
Tariflar
«COSMO» tarif rejalari tizimi

Minglab MB internet-trafik, O‘zbekiston bo‘ylab muloqot uchun minglab daqiqalar va SMSlar.

COSMO 16


1000 daqiqa
1 200 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti

2 000 MB
2 500 MB
Barcha yo‘nalishlar uchun oylik internet-trafik limiti

200 SMS
300 SMS
O‘zbekiston bo‘yicha


Oylik abonent to‘lovi
16 000 so‘m

«COSMO 16» tarif rejasiga o‘tish: *120#

COSMO 23


1500 daqiqa
1 700 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti

3 000 MB
4 000 MB
Barcha yo‘nalishlar uchun oylik internet-trafik limiti

300 SMS
400 SMS
O‘zbekiston bo‘yicha


Oylik abonent to‘lovi:
23 000 so‘m

«COSMO 23» tarif rejasiga o‘tish: *120#

COSMO 28


2000 daqiqa
2 200 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti

5 000 MB
6 000 MB
Barcha yo‘nalishlar uchun oylik internet-trafik limiti

500 SMS
600 SMS
O‘zbekiston bo‘yicha


Oylik abonent to‘lovi
28 000 so‘m

«COSMO 28» tarif rejasiga o‘tish: *120#

Limitlarni tekshirish:
*102# - daqiqalar limiti qoldig‘ini tekshirish
*103# - tarif rejasi bo‘yicha MBlarni tekshirish

«COSMO» tizimi tarif rejalariga o‘tish: *120#

Boshqa tarif rejalaridan o‘tish narxi:

«COSMO 16» tarifiga «Active» tariflar tizimidan, «Special» tariflar tizimidan, «Zo‘r kayfiyat», «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat», «Cosmo 23», «Cosmo 28», «Yengil hafta», «Katta Tantana», «Super Tantana» tariflaridan – 2105 so‘m.

«COSMO 23» tarifiga «Active» va «Special» tariflar tizimidan, «Cosmo 28», «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat», «Super Tantana» tariflaridan – 2105 so‘m.

«COSMO 28» tarifiga «Active» tariflar tizimidan va «Special» tariflar tizimidan – 2105 so‘m.

Tarif rejasini almashtirishda, bitta tarif rejasidan boshqasiga o‘tish uchun, abonent hisobidagi minimal mablag‘ 3 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim. 

  • Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash
    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi 80 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari) 450 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
    Xalqaro SMSlar 1 000 so‘m
  • Qo‘shimcha ma’lumot

    E’tibor qiling:
    Joriy oylik davr uchun taqdim etilgan limitlardan tarif rejasi shartlariga muvofiq keyingi oylik davrning belgilangan sanasida abonent to'lovi yechilguniga qadar foydalanish mumkin. Belgilangan sanada abonent to'lovi yechilib, yangi davr uchun limitlar belgilanganidan so'ng, avvalgi limitlar amal qilmaydi. Agar belgilangan sanada, abonent raqami ijobiy holatda bo'lib, yangi davr uchun oylik abonent to'lovi yechilmay qolgan bo'lsa, oxirgi oylik abonent to'lovi yechilganidan keyin belgilangan limitlar 05:59:59 gacha foydalanish uchun amal qiladi.

    01.11.2021 sanasidan boshlab COSMO 16, COSMO 23 va COSMO 28 tariflar rejalari doirasida taqdim etilgan oylik limitlarning amal qilish muddati joriy (32 kunlik) oylik davr o‘rniga 1 oyni tashkil etadi;

    09.11.2020 sanasidan boshlab, «Cosmo 16», «Cosmo 23» va «Cosmo 28» tarif rejalarida («Muddatli to'lovga chiroyli raqam» xizmati yoqilgan abonentlardan tashqari), 30 kundan oshiq nofaol holatda bo'lib turgan abonentlarning manfiy hisobi 0 UZSgacha tiklanadi.

    1. «COSMO» tizimi tarif rejalariga yangidan ulanish va boshqa tarifdan o‘tish mumkin.
    2. Tariflar faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.
    3. «COSMO» tizimi tarif rejalariga yangidan ulanish/o‘tish paytida oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechib olinadi. Limitlar abonent to‘lovi yechilishi paytida to‘liq belgilanadi.
    4. Boshqa tarif rejalariga o‘tish holatida:
         • Tarif bo‘yicha belgilangan limitlar qoldig‘idan yangi tanlangan tarif rejasi shartlariga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘ladi.
         • «Kayfiyat» tizimi tarif rejalariga o‘tish holatida, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun belgilangan daqiqalar limiti endi tarmoqdan tashqari yo‘nalishlarga sarflanadi.
         • «Yengil hafta» tarif rejasiga o‘tish holatida limitlar qoldig‘i nolga tenglashtiriladi.
    5. «COSMO» tizimi tarif rejalariga o‘tish holatida «Yengil hafta», «Baxtli 25», «Yangi ijobiy», «Ijobiy», «Ko‘proq!» tarif rejalari, «Kayfiyat», «Active» tizimlari doiralaridagi limitlar qoldiqlari tanlangan tarif rejasi doirasidagi limitlarga qo‘shiladi, bunda avvalgi limitlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi, ya’ni, oldin belgilangan limitlarning amal qilish muddati o‘z holicha qoladi. Limitlarni *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida tekshirishda, abonentlarga «COSMO» tarif rejasi doirasida belgilangan limitlarning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
    6. Haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) tariflaridagi abonentlar «COSMO» tariflar tizimiga *120# USSD-so‘rovi yordamida mustaqil o‘tishlari mumkin.
    7. Boshqa tarif rejalaridan o‘tish narxi:
         • «COSMO 16» tarifiga «Active» tariflar tizimidan, «Zo‘r kayfiyat», «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat», «Cosmo 23», «Cosmo 28», «Yengil hafta», «Katta Tantana», «Super Tantana» tariflaridan – 2105 so‘m.
         • «COSMO 23» tarifiga «Active» tariflar tizimidan, «Cosmo 28», «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat», «Super Tantana» tariflaridan – 2105 so‘m.
         • «COSMO 28» tarifiga «Active» tariflar tizimidan – 2105 so‘m.
    8. Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining birinchi sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda navbatdagi abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent oyning 31-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda navbatdagi abonent to‘lovi keyingi oyning 30-sanasida, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda oyning 31-sanasida yechiladi.
    9. Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Oylik limitlarning amal qilish muddati – 1 oy. Bu 1 oy tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, limitlar belgilanganligini *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va MBlar limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    10. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish/o‘tish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent Faol holatda bo‘lishi kerak.
    11. Agar oylik abonent to‘lovining yechilishi paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan oylik abonent to‘lovi DARHOL yechiladi va abonentning tarif rejasi doirasida limitlar belgilanadi. Keyin oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi, ya’ni, tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilishi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi so‘nggi marta samarali yechilgan kundan boshlab bir oylik oraliqda amalga oshadi.
    12. Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    13. «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi «Qadrli» va «Izzatli» maqomlarida amal qiladi.
    14. «Qulay daqiqalar», «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay», «Oson almashuv», «Trafik+», «Tungi internet», «Soatbay internet», «Cheksiz internet-to‘plamlar», «Internet Mega BOOM», «TAS-IX uchun internet-to‘plamlar», «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Raqamni saqlab qolish», «Zvuk» xizmatlarini, shuningdek, *255# USSD-so‘rovi orqali qo‘shimcha internet-to‘plamlarni ulatish mumkin.
    15. «Tarmoq ichida 0», VIP, «Bolalar uchun» xizmatlarini ulatib bo‘lmaydi.
    16. «COSMO» tarif rejalaridagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    17. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    18. «Restart» opsiyasidan *222# USSD-so‘rovi orqali foydalanish mumkin.
  • «COSMO» tarif rejasi uchun «Restart» xizmati shartlari

    1. «COSMO» tarif rejalari tizimi abonentlari «Restart» xizmatidan foydalana oladilar.
    2. «Restart» xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    3. «Restart» xizmatidan abonentlar raqami Faol holatda bo‘lganidagina foydalana oladilar.
    4. «Restart» xizmati abonentga mustaqil tarzda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik abonent to‘lovini faollashtirish va oylik limitlarni olish imkonini beradi. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi samarali faollashtirilgan kuniga muvofiq yangilanadi.
    5. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi. Keyinchalik abonentdan oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va oylik limitlarning belgilanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    6. Restart xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirganida abonentning tarif rejasi doirasida belgilangan limitlar (O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar, MBlar) qoldiqlari bekor qilinadi.
    7. Agar «Restart» xizmatini faollashtirish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    8. Restart xizmati samarali faollashtirilganida, oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi kun, limitlarning amal qilish muddati esa abonent tarif rejasi shartlariga muvofiq o‘rnatiladi.
    9. «Restart» xizmati samarali faollashtirilganida, abonentga «Restart» xizmatining faollashtirish kunidan boshlab 1 oy muddatli yangi oylik davr belgilanadi.
  • ««COSMO» TR uchun aksiya: 5000 so‘mga 300 MB, 8 000 so‘mga 1 GB va 15 000 so‘mga 2 GB, 20 000 so‘mga 3 GB, 30 000 so‘mga 6 GB, 50 000 so‘mga 10 GB internet-to‘plamlar
    Aksiya doirasida 5000 so‘mga 300 MB, 8 000 so‘mga 1 GB va 15 000 so‘mga 2 GB, 20 000 so‘mga 3 GB, 30 000 so‘mga 6 GB, 50 000 so‘mga 10 GB internet-to‘plamni ulash shartlari:

    • Bir abonent 5 000 so‘mga 300 MB, 8 000 so‘mga 1 GB, 15 000 so‘mga 2 GB, 20 000 so‘mga 3 GB, 30 000 so‘mga 6 GB, 50 000 so‘mga 10 GB internet-to‘plamni joriy oyda 2 marta ulash imkoniga ega;
    • Internet to‘plamni faqat oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng ulash mumkin bo‘ladi;
    • Internet-to‘plam avtomatik belgilanish funksiyasi bilan yoqiladi;
    • Internet to‘plamni faollashtirish/o‘chirish *255# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi;
    • Internet-trafik qoldig‘ini tekshirish *107# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi;
    • Ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalanishdan avval yangi internet-to‘plam belgilanganligini tekshirish zarur;
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi faol vaqtida xizmat yoqilganidan keyin 30 kun o‘tib (sotib olingan to‘plamga muvofiq), abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan hajmdagi to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to‘plamdan qolgan trafik nolga tenglashtiriladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan yoki avtomatik tarzda belgilangandan keyingi 31-kuni, yangi to‘plam uchun mablag‘ yechib olinganidan so‘ng soat 00:00 dan boshlab belgilanadi.
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilgan bo‘lsa, internet-to‘plam faollashtirilgan kundan 30 kun o‘tgach, trafik qoldig‘i nolga tenglashtiriladi;
    • Internet-to‘plamdagi trafikdan faqat raqam faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.