Abonentlarga
Tariflar
Drive tarif rejasi

Drive tarif rejasi

Cheksiz internetli tarif rejasi!

Tarif rejasining nomi Drive
Oylik abonenet to‘lovi 50 000 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning kunlik limiti 100
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning kunlik limiti 100
Kunlik internet-trafik limiti Cheksiz*

*Har kuni maksimal tezlikda 200 MB taqdim etiladi, keyin internet tezligi kunning oxirigacha 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.

Limitlarni tekshirish: ,
Tarifga o'tish:

  • Limitdan tashqari narxlash
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi 80 so‘m
    Tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi 125 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMS 210,5 so‘m
    Xalqaro SMS 505,2 so‘m
    Xalqaro MMS 1263 so‘m
    1 MB internet narxi (abonent to’lovi yechilmasa) 450 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo'ng'iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so'm
  • Muhim!
    1. Tarif rejasi faqat haqi oldindan to‘lanuvchi (Prepaid) xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun.
    2. Drive tarif rejasiga “Active 70”, “Active 100”, “Special 55”, “Special 80”, “Special 125”, “Special Super”, “Special X” tarif rejalaridan o‘tish narxi – 2105 so‘m.
    3. Drive tarif rejasi abonentlari faqat Special 35, Special 55, Special 80, Special 125, Active 45, Active 70 va Active 100 tarif rejalariga o‘tishlari mumkin.
    4. Drive tarif rejasidan Special 35 va Active 45 tarif rejasiga o‘tish narxi – 2105 so‘m. (Special 55, Special 80, Special 125, Active 70 va Active 100 tariflariga o‘tish bepul)
    5. Yangi ulanishda/o‘tishda oylik abonent to‘lovi to‘liq yechilib, limitlar ham to‘liq hajmda belgilanadi.
    6. “Drive” tarif rejasida oylik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi:
    - Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi: agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
    Tarif rejasi doirasida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish sanasi bir oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
    - Kunlik internet-trafik, daqiqa va SMS limitining belgilanishi har kuni 00:01 da amalga oshiriladi.
    - Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami salbiy holatga o‘tib, tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    - Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday holatda abonent raqami faol holatga o‘tganida, oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga urinmasidan AVVAL abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga uringanidan SO‘NG abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – undan keyingi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    7. Limitlar belgilanguniga qada daqiqalar, SMS va MB limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxda narxlanadi.
    8. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng, hisobda abonent to‘lovidan kam mablag‘ bo‘lsa, *222# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi.
    9. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi. Limitlarning amal qilish muddati ham o‘zgarmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlari belgilanganligini *102#, *868# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet MBlari limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    10. “Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi “Drive” tarif rejasi abonentlari uchun amal qiladi.
    11. Tarif rejalarining limitlari doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    12. Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    13. “Drive” tarif rejasi abonentlari uchun boshqa ochiq tarif rejalariga *120# va Shaxsiy kabinet orqali o‘tishlari mumkin.
    14. “Drive” tarif rejasi abonentlari “Qulay daqiqalar” va “Raqamni saqlab qolish” xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
    15. “Drive” tarif rejasi abonentlari uchun “Internet Mega BOOM”, “Maksimal internet”, “ Soatbay internet”, “TAS-IX uchun internet-to‘plamlar”, “Tungi internet” «Tarmoq ichida 0», “VIP”, "Internet-avans", “Trafik+” xizmatlari hamda “Qulay”, «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
    16. "Drive" tarif rejasiga o‘tish holatida quyidagilar nolga teng bo‘lib qoladi:
    ∙Aksiyalar, tarif rejalari, xizmatlar doirasida yoki bonus tarzida belgilangan tarmoqdan tashqari va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar;
    ∙"Qulay" xizmatlar to‘plamlari va tarif rejalari doirasidagi SMSlar;
    17. Drive tarif rejasidan boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tishda MB qoldig‘idan foydalanib bo‘lmaydi.
    18. “Drive” tarif rejasiga o‘tishda avvalgi tarif rejasi va avval faollashtirilgan xizmatlar doirasidagi MB limitlaridan “Drive” tarif rejasida foydalanib bo‘lmaydi.
    19. Agar “Drive” tarif rejasidagi abonent qo‘shimcha internet-to‘plamlarni yoki xizmatlarni faollashtirsa, unda mazkur xizmatlar doirasidagi MB limitlaridan “Drive” tarif rejasida foydalanib bo‘lmaydi.
    20. Drive tarif rejasiga Special (“Daqiqalar” va “Megabaytlar” opsiyasi), Special Mini, Special Mix, Special Super, Special X va Best tarif rejasi abonentlari ham o‘tishlari mumkin.
    21. “Special” (“Megabaytlar” opsiyasi) tarif rejasi doirasidagi tungi internet-trafik qoldig‘idan “Drive” tarif rejasiga o‘tib foydalanib bo‘lmaydi.
    22. Maksimal tezlikda kiritilgan internet-trafik limiti 200 MB. Ajratilgan limit yakunlanganidan keyin internet tezligi kunning oxirigacha 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.
    23. “Drive” tarif rejasi abonentlari *222# USSD-so‘rovi orqali “Restart” va “Reset” xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
    24. “Reset” opsiyasi internet, SMS va O‘zbekiston bo‘yicha kunlik daqiqalar limitini yangilash imkoniyatini beradi.
    25. Mazkur tarifda "chiroyli raqam" ulatishda, hisobni to'ldirgandan keyin *102* va *868# USSD-so'rovlari yordamida abonent to'lovi yechilganligi hamda limitlar belgilanganligini tekshirish lozim.
    Agar hisob to'ldirilgandan keyin abonent to'lovi yechilmasa, Restart xizmatidan foydalanishni maslahat beramiz.
  • Reset xizmati
    Reset qo‘shimcha opsiyasi
    1. “Reset” opsiyasi *222# USSD orqali faollashtiriladi.
    2. “Reset” xizmatidan faol holatda foydalanish mumkin.
    3. “Reset” opsiyasini faollashtirish narxi - 5 000 so‘m.
    4. “Reset” opsiyasini faollashtirishda, xizmat uchun to‘lov yechilib olinganidan so‘ng, abonentga kunning oxirigacha tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi.
    5. Agar “Reset” xizmatini faollashtirishda hisobingizda opsiya uchun abonent to‘lovidan kam miqdorda mablag‘ qolgan bo‘lsa, unda xizmat uchun to‘lov to‘liq yechib olinib, bunda hisob salbiy bo‘lib, abonent to‘lovi evazi uchun limitlar to‘liq belgilanadi. Limitlardan faol holatga o‘tib foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • Restart xizmati
    “Drive” tarif rejasi uchun “Restart” xizmatining shartlari
    1. “Restart” xizmatidan Drive tarif rejasi abonentlari foydalanishlari mumkin.
    2. Xizmatdan *222# USSD-so‘rovi orqali foydalanish mumkin.
    3. “Restart” xizmatidan faol holatda foydalanish mumkin.
    4. “Restart” xizmati abonentga mustaqil tarzda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik abonent to‘lovini faollashtirish va oylik limitlarni olish imkonini beradi. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi samarali faollashtirilgan kuniga muvofiq yangilanadi.
    5. “Restart” xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi. Keyinchalik abonentdan oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va oylik limitlarning belgilanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    6. Agar “Restart” xizmatini faollashtirish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    6. “Restart” xizmati samarali faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
    7. “Restart” xizmati samarali faollashtirilganida, abonentga 1 oy muddatli yangi oylik davr belgilanadi.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.