1. Tarif rejasi faqat haqi oldindan to‘lanuvchi (Prepaid) xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun.
2. «Special» tarif rejalar tizimi, A’lo kayfiyat, Active 45, Active 70, Active 100, Super Tantana, Drive tarifidan o‘tish narxi – 2105 so‘m.
3. “Uchar internet” tarifidan A’lo kayfiyat, Super Tantana, Drive, Special 35, Special 45, Special 55, Special 70, Special 80, Special 100, Special 125 tariflariga o‘tish narxi – 0 so‘m.
* "Uchar internet" tarif rejasidan "COSMO" tariflariga va aksincha o'tish vaqtincha mumkin emas.
4. «Uchar internet» tarif rejasidan quyidagi tarif rejalariga o'tish mumkin: «Yaxshi kayfiyat», «Zo'r kayfiyat», «A'lo kayfiyat», «Tantana», «Katta Tantana», «Super Tantana», «Drive», «Special 35», «Special 45», «Special 55», «Special 70», «Special 80», «Special 100», «Special 125».
5. «Uchar internet» tarif rejasidan quyidagi tarif rejalariga o‘tish imkoni yo‘q: «Oddiy», «Marhamat», «Yengil hafta», «Student», shuningdek «Special+» hamda «COSMO» tariflar tizimlari.
6. “Uchar internet” tarifi aboneentlari *222# so‘rovi orqali Restart va Reset xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Hisob to‘ldirilgandan keyin abonent to‘lovi yechilmasa, Restart ximzatidan foydalanishni maslahat beramiz.
7. Yangi ulanishda/o‘tishda oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq yechiladi/belgilanadi.
8. “Uchar internet” tarifida limitlarning belgilanishi va abonent to‘lovining yechilishi:
• Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi: agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
• Tarif rejasi doirasida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish sanasi bir oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami salbiy holatga o‘tib, tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday holatda abonent raqami faol holatga o‘tganida, oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
• Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga urinmasidan AVVAL abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
• Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga uringanidan SO‘NG abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – undan keyingi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
9. Limitlar belgilanguniga qadar, MBlar limitdan tashqari narxda narxlanadi.
10. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng, hisobda abonent to‘lovidan kam mablag‘ bo‘lsa, *222# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi.
11. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi. Limitlarning amal qilish muddati ham o‘zgarmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlari belgilanganligini *868# USSD-so‘rovi yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet MBlari limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
12. “Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi “Uchar internet” tarif rejasi abonentlari uchun amal qiladi.
13. “Reset” opsiyasi abonentlarga alohida oylik limitlarni yangilash imkoniyatini beradi: umumiy internet-trafik limitini va YouTube, Telegram, Facebook va Whatsapp uchun internet-trafikni.
14. Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
15. “Uchar internet” tarif rejasi abonentlari boshqa ochiq tarif rejalarga *120# va Shaxsiy kabinet orqali o‘tishlari mumkin.
16. “Qulay daqiqalar” va “Raqamni saqlab qolish” xizmatlaridan foydalanish mumkin.
17. "Internet Mega BOOM", "Maksimal internet", " Soatbay internet", "TAS-IX uchun internet-to'plamlar", "Tungi internet", “Tungi internet-to‘plamlar”, "Tarmoq ichida 0", "VIP", "Trafik+", "4Gni sinab ko'ring", "Tunda 4Gni sinab ko'ring", "Tarmoq ichida qulay", "O'zbekiston bo'yicha qulay", “Cheksiz internet-to‘plamlar”, iTV onlayn-kinoteatri, Mediabay onlayn kinoteatri xizmatlar to'plamlari amal qilmaydi.
18. “Uchar internet” tarif rejasiga o‘tish holatida quyidagilar nolga teng bo‘lib qoladi:
• Aksiyalar, tarif rejalari, xizmatlar doirasida yoki bonus tarzida belgilangan tarmoqdan tashqari va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar;
• "Qulay" xizmatlar to‘plamlari va tarif rejalari doirasidagi SMSlar;
19. “Uchar internet” tarifidan boshqa ochiq tarifga o‘tishda MBlar qoldig‘i foydalanish uchun mavjud bo‘lmaydi.
20. “Uchar internet” tarif rejasiga o‘tishda avvalgi tarif rejasi va avval faollashtirilgan xizmatlar doirasidagi MB limitlaridan foydalanib bo‘lmaydi.
21. “Uchar internet” tarif rejasidagi abonent qo‘shimcha internet-to‘plamlarni yoki xizmatlarni faollashtirsa, unda mazkur xizmatlar doirasidagi MB limitlaridan “Uchar internet” tarif rejasida foydalanib bo‘lmaydi.
22. Mazkur tarifda "chiroyli raqam" ulatishda, hisobni to'ldirgandan keyin *868# USSD-so'rovi yordamida abonent to'lovi yechilganligi hamda limitlar belgilanganligini tekshirish lozim.
23. *Abonentga YouTube, Telegram, Facebook va Whatsapp uchun 3 GB maksimal tezlikda taqdim etiladi, keyin internet tezligi keyingi abonent to‘lovi yechilgunicha 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.
24. **Abonentga 2 GB maksimal tezlikda barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi, keyin internet keyingi abonent to‘lovi yechilgunicha 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.
25. 21.09.2020-y. dan abonent “Uchar internet” tarifiga yangi ulanishda yoki o‘tishda, shuningdek “Restart” opsiyasi faollashtirilsa abonent to‘lovi har 30 kun yechilaldi.
26. iTV va Mediabay xizmatlar «Drive», «Special Unlim», «Uchar internet» tarif rejalarida va «COSMO» tarif rejalar tizimida amal qilmaydi.
27. Telegram ilovasi orqali videoqo'ng'iroq qilganda ijtimoiy tarmoqlar yo'nalishiga ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit doirasidagi internet-trafik sarflanadi.