Abonentlarga
Tariflar
“Kayfiyat” tarif rejalari tizimi

Qulay narxda maksimum muloqot!

Superkayfiyat


  Qo‘ng‘iroqlar:

1 500 daqiqa Tarmoq ichida

300 daqiqa 500 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi

  Internet:

1 250 MB 1 500 MB internet-trafik

500 MB tungi vaqt (01:00-09:00) uchun internet-trafik

1 250 MB 1 500 MB  uchun

  SMS:

200 SMS O‘zbekiston bo‘yicha


Oylik abonent to‘lovi: 35 000 so‘m

Tarif rejasi doirasidagi o‘zgarishlar 22.04.2019-yil kuni 16:00 dan keyin kuchga kiradi.

Limitlar qoldig‘ini tekshirish 
*102# - daqiqa va SMSlar
*103# - internet-trafik

Yaxshi kayfiyat


  Qo‘ng‘iroqlar:

500 daqiqa Tarmoq ichida

0 daqiqa 50 daqiqa Tarmoqdan tashqari

  Internet:

100 MB internet-trafik

500 MB uchun


Oylik abonent to‘lovi: 11 500 so‘m

Tarif rejasi doirasidagi o‘zgarishlar 22.04.2019-yil kuni 16:00 dan keyin kuchga kiradi.

Zo‘r kayfiyat


  Qo‘ng‘iroqlar:

750 daqiqa Tarmoq ichida

50 daqiqa 100 daqiqa Tarmoqdan tashqari

  Internet:

300 MB internet-trafik

750 MB 1 000 MB  uchun


Oylik abonent to‘lovi: 17 500 so‘m

Tarif rejasi doirasidagi o‘zgarishlar 22.04.2019-yil kuni 16:00 dan keyin kuchga kiradi.

A’lo kayfiyat


  Qo‘ng‘iroqlar:

1 000 daqiqa Tarmoq ichida

100 daqiqa 150 daqiqa Tarmoqdan tashqari

  Internet:

700 МБ 800 MB internet-trafik

1250 MB 1 500 MB uchun


Oylik abonent to‘lovi: 23 000 so‘m

Tarif rejasi doirasidagi o‘zgarishlar 22.04.2019-yil kuni 16:00 dan keyin kuchga kiradi.


Diqqat!


!Abonent to‘lovi faqat hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lsagina yechiladi. Agar abonentning hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda kunlik abonent to‘lovi opsiyasi ulanadi hamda abonentga daqiqalar va MBlarning kunlik limiti belgilanadi.

Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif reja shartlarining doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Telegram uchun taqdim etiluvchi bonus limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.

 

Tarifga o‘tish


Tarifga o'tish uchun:
*120#

Tarifga o‘tish narxi - 0 so‘m

Limitlar qoldig‘ini tekshirish:-*103#

"Tantana","Katta Tantana"," Super Tantana", “Zo‘r kayfiyat” va “A’lo kayfiyat” tariflaridan “Yaxshi kayfiyat” tarifiga o‘tish narxi – 2105 so'm.
"Katta Tantana"," Super Tantana", “A’lo kayfiyat” tariflaridan “Zo‘r kayfiyat” tarifiga o‘tish narxi – 2105 so'm.
"Super Tantana" tarifidan “A’lo kayfiyat” tarifiga o‘tish narxi – 2105 so'm.
"Active" tarif rejalaridan "Superkayfiyat" tarifiga o'tish narxi - 2105 so'm.
"Superkayfiyat", “Yengil hafta”, "Baxtli 25", "Baxtli 25+" va "Active" tarif rejalaridan "Yaxshi kayfiayt", "Zo'r kayfiyat" va "A'lo kayfiyat" tariflariga o‘tish narxi - 2105 so‘m.  
 
  • Narxlash
    Tarif rejasining nomi Yaxshi kayfiyat Zo‘r kayfiyat A’lo kayfiyat Superkayfiyat
    Oylik abonent to‘lovi*
    (oylik abonent to‘lovi yechilganida, kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi)
    11 500 so‘m 17 500 so‘m 23 000 so‘m 35 000 so‘m
    Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 500 daqiqa 750 daqiqa 1000 daqiqa 1500 daqiqa
    Tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 0 daqiqa
    50 daqiqa
    50 daqiqa
    100 daqiqa
    100 daqiqa
    150 daqiqa
    300 daqiqa
    500 daqiqa
    O‘zbekiston bo‘yicha 
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti - - - 200
    Oylik internet-trafik limiti 100 MB 300 MB 700 MB
    800 MB
    1250 MB
    1 500 MB
    Tungi vaqt (01:00-09:00) uchun oylik internet-trafik limiti - - - 500 MB
    Facebook, Telegram, WhatsApp uchun oylik internet-trafik limiti 500 MB 750 MB
    1 000 MB
    1250 MB
    1 500 MB
    1250 MB
    1 500 MB
    Kunlik abonent to‘lovi** 
    (Kunlik abonent to‘lovi faqatgina abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarlicha mablag‘ bolmaganida yechiladi)
    575 so‘m 875 so‘m 1150 so‘m -
    Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning kunlik limiti 15 daqiqa 25 daqiqa 33 daqiqa -
    Kunlik internet-trafik limiti 0 MB 10 MB 15 MB -
    Facebook, Telegram, WhatsApp uchun kunlik internet-trafik limiti 10 MB
    15 MB
    15 MB
    30 MB
    33 MB
    50 MB
    -
    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
    Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar  0 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so‘m
    1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari / Telegram uchun berilgan limitdan tashqari) 350 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi 80 so‘m
    Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
    Xalqaro MMSlar 1263 so‘m

    Tarif rejasi doirasidagi o‘zgarishlar 22.04.2019-yil kuni 16:00 dan keyin kuchga kiradi.

    Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif reja shartlarining doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram, WhatsApp va Tas-IX uchun taqdim etiluvchi bonus limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.

    E’tibor bering!
    Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
    Eslatma
    Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
  • Limitlarni almashtirish

    Daqiqalarni megabaytlarga yoki megabaytlarni daqiqalarga almashtirish

    Barcha internet-trafik yoki daqiqalaringizni sarflab bo‘ldingizmi? Daqiqa va megabaytlarni almashtirib aloqada qoling.

    Faollashtirish: *757#

    Almashtirish narxi:

    • Megabaytlarni daqiqalarga almashtirish – 2000 so‘m;
    • Daqiqalarni megabaytlarga almashtirish – 5000 so‘m.

    Ushbu xizmat faqat «Kayfiyat» tarif rejalari abonentlari uchun amal qiladi.

    Shartlar:

    Bitta samarali almashtirish narxi:

    • Megabaytlarni daqiqalarga almashtirish – 2000 so‘m;
    • Daqiqalarni megabaytlarga almashtirish – 5000 so‘m.

    • Bir oyda ko‘pi bilan 1000 daqiqa/megabayt almashtirish mumkin;
    • Trafikning amal qilish muddati belgilangan kunidan boshlab 7 kunga teng;
    • Faqatgina tarmoq ichidagi daqiqalarni, 2 ga 1 nisbatida almashtirish mumkin, ya’ni abonent almashtirishda har 2 daqiqa evaziga 1 MB internet-trafik oladi;
    • Faqatgina tarif rejasi doirasidagi oylik internet-trafik limitini 2 ga 1 nisbatida almashtirish mumkin, ya’ni abonent almashtirishda har 2 MB internet-trafik evaziga 1 daqiqa oladi;
    • Almashtirishda olingan trafikdan raqam faol holatda bo‘lsagina foydalanish mumkin;
    • Toq sonli MBlar miqdorini almashtirishda taqdim etiladigan daqiqalar yuqori tomonga butunlashtiriladi;
    • Xizmatning to‘g‘ri ishlashi uchun, agar xizmatni faollashtirayotgan paytda internet yoqiq bo‘lsa, uni uzib turish, xizmatga ulanish va shundan keyin internetni qayta ulash lozim;
    • Tarif rejasi uchun oylik abonent to‘lovining yechilishidan bir kun avvalgi soat 23:00 dan keyingi kun soat 01:00 gacha almashtirish imkoni yo‘q.
    • Ushbu xizmat faqat «Kayfiyat» tarif rejalari abonentlari uchun 15.09.2019 yil gacha amal qiladi.
  •   Qo‘shimcha shartlar

    • 26.11.2018 y. sanasidan boshlab yangi ulanishda, birinchi kuni, agar abonent hisobida oylik abonent to’lovi yechilishi uchun mablag’ yetarli bo’lmasa, kunlik abonent to’lovi yechilmaydi. Tizim ulanish kunining ertasiga tarif rejasining shartlariga muvofiq kunlik abonent to‘lovini yechishga urinadi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    *Tarif rejalarida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyning birinchi sanasida soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qayd qilinmagan) amalga oshadi. Buning uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak. Agar oyning birinchi kuni abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent uchun oyning 1-dan 15-sanasigacha (shu kunlari ham) o‘ziga qulay paytda o‘z hisobini to‘ldirish imkoni mavjud. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi bilan oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi (kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) hamda barcha daqiqalar va megabaytlar limitlari ham to‘liq hajmda belgilanib, kalendar oyining oxirigacha amalda bo‘ladi.
    • Kalendar oyining 16-kunidan oylik abonent to‘lovi yechilishi va limitlar belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urunish amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilishi va tegishli limitlar kalendar oyining shu kunida belgilanishi uchun soat 00:00 da hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi soat 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham, kalendar oyining 16-kuni soat 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanmaydi.
    • **Agar abonent hisobidan joriy davr uchun oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi har kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qayd qilinmagan) amalga oshadi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar oyning 16-kuni abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda shu kundan boshlab va oyning oxirigacha abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
    • Oylik va kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha belgilangan limitlardan abonentlar ular belgilangan oyning oxiriga qadar foydalana oladilar. Abonentlar mazkur limitlardan faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
    • Tushunmovchiliklarni oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *103# USSD-so‘rovi yordamida daqiqa va internet trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Belgilanish amalga oshishidan avval qo‘ng‘iroqlar va internet limitlari limitdan tashqari narxda narxlanadi.
    • "Yaxshi kayfiyat", "Zo‘r kayfiyat" va "A’lo kayfiyat" tarif rejalaridan Prepaid tizimi abonentlari foydalana oladilar. "Yaxshi kayfiyat", "Zo‘r kayfiyat" va "A’lo kayfiyat" tarif rejalariga yangidan ulanish ham, boshqa tarifdan o‘tish ham mumkin.
    • "Kayfiyat" tarif rejalariga yangi ulanishda birinchi o‘rinda kunlik abonent to‘lovi yechiladi, oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun abonent oylik abonent to‘lovi yechilishi shartlarini bajarishi lozim.
    • "Baxtli 25", ""Baxtli 25+", "Active 45", "Active 70" "Active 100" tarif rejalari doirasida O‘zbekiston ichidagi qong‘iroqlar uchun limitlar qoldig‘i "Kayfiyat" ("Superkayfiyat"dan tashqari) tarif rejalaridan biriga o‘tganda faqatgina tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun mavjud bo'ladi.
    • "Baxtli 25", "Baxtli 25+", tarif rejalari doirasida MBlar limiti qoldig‘i "Kayfiyat" tarif rejalaridan biriga o‘tganda Telegram, WhatsApp va Facebook uchun mavjud bo'ladi.
    • "O‘zbekiston ichida qulay" to‘plamlari doirasidagi O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar qoldig‘i "Kayfiyat" ("Superkayfiyat"dan tashqari) tarif rejasiga o‘tganda faqatgina tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun mavjud bo‘ladi.
    • Mazkur tarif rejalariga boshqa tarif rejalaridan o‘tishda oylik abonent to‘lovi mos holda yechiladi (oylik abonent to‘lovi qiymati va limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda yechiladi/belgilanadi), limitlarning amal qilish muddati joriy oyning oxirigacha qilib belgilanadi. Agarda tarifga o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda tarifga o‘tishdan keyin kunlik abonent to‘lovi yechiladi, ya’ni abonent oylik va kunlik abonent to‘lovi yechilish shartlarini hisobga olishi lozim.
    • Yangi ulanishda/o‘tishda agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa birinchi oylik abonent to‘lovi va limitlar oyning so‘ngigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va belgilanadi. Agar ulanish/o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, unda tizim kunlik abonent to‘lovini yechadi. Abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi imkoni paydo bo‘lishi bilan, tizim oylik abonent to‘lovini yechib oladi va limitlarni belgilaydi (abonent to‘lovi va limitlar tarif rejasiga ulanish/o‘tish kunidan boshlab oyning so‘ngigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va belgilanadi). Tizim abonent to‘lovini ulanishdan/o‘tishdan keyin 16 kun davomida abonent to‘lovini yechishga urinadi (agar ushbu muddat yangi oyga o‘tgan bo‘lsa, va hisobda kerakli miqdorda mablag‘ bo‘lsa, unda birinchi o‘rinda to‘lanmagan muddat uchun oylik to‘lov yechilib olinadi). 16-kuni abonent to‘lovini tizim faqatgina 08:00 gacha yechishi mumkin. Belgilangan limitlar belgilangan kalendar oyining so‘ngigacha amal qiladi.
    • “Kayfiyat” tarif rejalaridan “Oddiy” tarif rejasiga o‘tishda oldingi Telegram ilovasi uchun belgilangan internet-trafik TAS-IX yo‘nalishi uchun sarflanadi. Umumiy hisobdagi internet-trafik tarif rejasi almashgan sutkaning oxirigacha amal qiladi. Keyingi sutkadan boshlab oldingi trafik bekor qilinadi, yangisi esa tarif rejasi shartlariga muvofiq kunlik asosda taqdim etiladi. Internet-trafikni sarflashdan oldin belgilangan bonuslarni *102# USSD-so‘rovi yordamida tekshirib olishingizni so‘raymiz..
    • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    • Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
    • "Tarmoq ichida 0" va "VIP" xizmatlari ushbu tarif rejalar abonentlari uchun mavjud emas.



    Tarif rejalariga 2018-yilning 12-noyabridan boshlab ulangan/o‘tgan abonentlar uchun.


    1. Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
    2. Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik/kunlik limitlarning amal qilish muddati – 1 oy. Bu 1 oy tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik va kunlik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
    Facebook, Telegram, WhatsApp uchun belgilangan limitlardan asosiy hisobda kamida 1750 so‘m yoki tashqi internet uchun 5 MB bo‘lganida foydalanish mumkin. 
    Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha foydalana oladi.
    Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *103# USSD-so‘rovi yordamida daqiqalar va internet-trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    Belgilangan daqiqalar va internet-trafik limitlarining amal qilish muddatini ham shu so‘rovning o‘zida tekshirish mumkin.
    3. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Mazkur tarifga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechilishi uchun abonent hisobida shunga yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak. Agar agar oylik abonent to‘lovini yechishga urinish paytida abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent uchun tarifga ulanish/o‘tish sanasidan keyingi 16 kun mobaynida o‘ziga qulay paytda o‘z hisobini to‘ldirish imkoni mavjud. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi bilan oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi (kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) hamda barcha (oylik abonent to‘lovi doirasidagi) limitlar ham to‘liq hajmda belgilanib, bir oylik davrning oxirigacha amalda bo‘ladi. 16-kuni oylik abonent to‘lovini yechishga urinishni tizim faqat soat 08:00 gacha amalga oshiradi.
    4. 16-kuni oylik abonent to‘lovi yechilishi va limitlar belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urinish amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Oylik abonent to‘lovi samarali yechilishi va tegishli limitlar belgilanishi uchun shu kuni soat 00:00 da hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi soat 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham, 16-kuni soat 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanmaydi. Agar oylik davrning boshlanishidan 16-kunigacha abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda shu kundan boshlab va oylik davrning oxirigacha abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
    5. Agar oylik abonent to‘lovini yechishga urinish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
    6. Agar abonent hisobidan joriy davr uchun oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi har kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Tarif bo‘yicha kunlik limitlar faqat joriy kun uchun tarif bo‘yicha kunlik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi.
    7. Tarif rejasi bo‘yicha (oylik va kunlik) limitlardan abonentlar bir oyga teng davr mobaynida foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Bir oyga teng davr tarif rejasiga ulanish/o‘tish sanasidan boshlab belgilanadi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 24-sanasigacha (bu kuni emas) foydalana oladi. Agar abonent oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 30-sanasigacha (bu kuni emas), fevral oyining 27/28-sanasigacha (bu kuni emas), agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasigacha (bu kuni emas) foydalana oladi.
    8. Yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (QOLGAN KUNLAR UCHUNGINA EMAS) yechiladi va belgilanadi. Agar o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda tizim kunlik abonent to‘lovini yechadi. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi va to‘ldirishdan so‘ng abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishi bilan, tizim oylik abonent to‘lovini to‘liq hajmda (shu jumladan, kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) yechib oladi va limitlarni ham to‘liq hajmda belgilaydi, ular oylik davrning oxiriga qadar amalda bo‘ladi. Tizim ulanishdan/o‘tishdan keyingi 16 kun davomida oylik abonent to‘lovini yechishga urinadi. 16-kuni oylik abonent to‘lovini yechishga urinishni tizim faqat soat 08:00 gacha bir martagina amalga oshiradi.
    9. 26.11.2018 y. sanasidan boshlab yangi ulanishda, birinchi kuni, agar abonent hisobida oylik abonent to’lovi yechilishi uchun mablag’ yetarli bo’lmasa, kunlik abonent to’lovi yechilmaydi. Tizim ulanish kunining ertasiga tarif rejasining shartlariga muvofiq kunlik abonent to‘lovini yechishga urinadi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *103# USSD-so‘rovi yordamida daqiqalar va internet-trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    10. «Yengil hafta», «Do‘stlar orasida», «Baxtli 25», «Baxtli 25+», «Yangi ijobiy», «Ijobiy», «Ko‘proq» tarif rejalari, «Kayfiyat» va «Active» tizimlari tariflari doirasidagi limitlar qoldiqlari «Kayfiyat» tizimi tarif rejalariga o‘tishda tanlangan tarif rejasi doirasidagi limitlarga qo‘shiladi, bunda avvalgi limitlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi, ya’ni oldin belgilangan limitlarning amal qilish muddati avvalgidek qoladi. Bilish muhim: *103# USSD-so‘rovi yordamida limitlarni tekshirishda abonentlarga «Kayfiyat» tarif rejasi doirasida belgilangan limitlarning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
    11. "Baxtli 25", "Baxtli 25+", "Active 45", "Active 70" "Active 100" tarif rejalari doirasida O‘zbekiston ichidagi qong‘iroqlar uchun limitlar qoldig‘i "Kayfiyat" ("Superkayfiyat"dan tashqari) tarif rejalaridan biriga o‘tganda faqatgina tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun mavjud bo'ladi.
    "Baxtli 25", "Baxtli 25+", "tarif rejalari doirasida MBlar limiti qoldig‘i "Kayfiyat" tarif rejalaridan biriga o‘tganda Telegram, WhatsApp va Facebook uchun mavjud bo'ladi.

  • «Restart» xizmati
    1.«Restart» xizmati «Kayfiyat» ("Superkayfiyat"dan tashqari) va «Active» tariflar tizimlaridagi abonentlar uchun amal qiladi.
    2.«Restart» xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    3.«Restart» xizmatidan raqami Faol holatda bo‘lgan barcha abonentlar foydalana oladilar.
    4.«Restart» xizmati tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik limitlarni faollashtirish imkonini taqdim etadi. Abonent ushbu xizmatni muvaffaqiyatli faollashtirganidan so‘ng, hatto joriy davr uchun oylik abonent to‘lovini to‘lamagan bo‘lsa ham, undan kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi.
    5.«Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi.
    6.«Restart» xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirganida abonentning tarif rejasi va xizmatlari («Qulay daqiqalar» xizmatidan tashqari) doirasida belgilangan limitlar (tarmoq ichidagi va tarmoqdan tashqari/O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar) qoldiqlari, shuningdek tarif rejalari hamda «Internet-o‘tkazma» xizmati doiralaridagi internet-trafik bekor qilinadi.
    7.«Restart» xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
    8.«Restart» xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, «Kayfiyat» va «Active» tarif rejalari abonentlaridan endi kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi, keyinchalik ushbu abonentlardan faqat oylik abonent to‘lovi yechiladi.
    9.«Restart» xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, bir oyga yangi oylik davr belgilanadi.
    10.Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    11.Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. «Restart» xizmatining oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi lozim.
    12.Agar abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Abonent raqami faol holatga o‘tganida oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    1. Darhol – agar hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent balansi tarif bo‘yicha oylik abonent to‘loviga teng yoki undan oshiq bo‘lib qolsa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    2. Navbatdagi tun, soat 00:00 dan 08:00 gacha (echilish vaqti aniq belgilanmagan) – agarda hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent raqami faol holatga o‘tgan, ammo mablag‘ tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli bo‘lmasa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin darhol abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng hisobdagi mablag‘ tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi hajmidan kam bo‘lsa, *222# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi.
    Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat faol holatdagina foydalanish mumkin.
    13.«Restart» xizmatini o‘z tarif rejasini haqi oldindan to‘lanuvchi boshqa bir tarif rejasiga almashtirgan holda o‘chirish mumkin.
    14.Tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, daqiqalar va internet-trafik limitlari belgilanganligini *103# USSD-so‘rovi yordamida oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
     
  • “Superkayfiyat” tarif rejasi shartlari

    • * Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
    • Tarif rejasiga yangidan ulanish yoki boshqa tarifdan o‘tish mumkin.
    • Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlarning amal qilish muddati – 1 (bir) oy. Bu 1 oy tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
    • Oylik va kunlik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha (shu kuni ham) foydalana oladi.
    • Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Mazkur tarifga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday hollarda abonent raqami Faol holatga o‘tgach, oylik abonent to‘lovi navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi; bunda abonent raqami Bloklangan holatdan chiqqanidan so‘ng yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini o‘zgartirmaydi.
    Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida limitlar belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    • Tarifga yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent balansi musbat holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
    • Tungi internet-trafik limitidan faqat soat 01:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida foydalanish mumkin. Berilgan limitning to‘g‘ri narxlanishi uchun, tungi hamda kunduzgi trafiklarning amal qilish vaqtlari almashinish paytlarida (soat 09:00 da va 01:00 da) internetni uzib turishni, shu vaqtlardan sal o‘tgach internetga qayta ulanib foydalana boshlashni tavsiya etamiz.
    • Boshqa («Active» tariflaridan tashqari) ochiq tarif rejalariga «Superkayfiyat» tarif rejasidan o‘tishda tungi limitlardagi MBlar qoldig‘i amal qilmaydi.
    • «Superkayfiyat» tarif rejasidan «Kayfiyat» tariflar tizimidagi boshqa tarif rejalariga o‘tishda O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun berilgan daqiqalar limiti qoldig‘i “tarmoqdan tashqari” yo‘nalish bo‘yicha amal qiladi.
    • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    • «Superkayfiyat» tarif rejasi abonentlari uchun «Qadrdonlar» sodiqlik dasturi shartlari amal qiladi.
    • «Superkayfiyat» tarif rejasi abonentlari «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet» va «Qulay daqiqalar» xizmatlaridan foydalana oladilar.
    • «Student» tarif rejasi abonentlari uchun «Tarmoq ichida 0», «VIP» xizmatlari, shuningdek, «Tarmoq ichida qulay» va «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.

    • Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

     

 

"Raqam tanlash"

Onlayn tartibda o‘zingizga yoqqan raqamni tanlang!

Sahifaga o‘tish

Ofislar va dilerlar manzillari

Ucell barcha ofislari sizga muntazir!

Ofislar manzillari

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.