Superkayfiyat
Qo‘ng‘iroqlar:
1 500 daqiqa Tarmoq ichida
500 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi
Internet:
1 500 MB internet-trafik
500 MB tungi vaqt (01:00-09:00) uchun internet-trafik
1 500 MB
uchun
SMS:
200 SMS O‘zbekiston bo‘yicha
Oylik abonent to‘lovi: 35 000 so‘m
2019-yil 30-sentyabrdan Superkayfiyat tarifi yangi ulanishlar va o‘tish uchun mavjud emas.
!Abonent to‘lovi faqat hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lsagina yechiladi. Agar abonentning hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda kunlik abonent to‘lovi opsiyasi ulanadi hamda abonentga daqiqalar va MBlarning kunlik limiti belgilanadi.
Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif reja shartlarining doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Telegram uchun taqdim etiluvchi bonus limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.
Tarif rejasining nomi | Superkayfiyat |
---|---|
Oylik abonent to‘lovi* | 35 000 so‘m |
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti | 1500 daqiqa |
Tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti |
500 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha |
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti | 200 |
Oylik internet-trafik limiti | 1 500 MB |
Tungi vaqt (01:00-09:00) uchun oylik internet-trafik limiti | 500 MB |
Facebook, Telegram, WhatsApp uchun oylik internet-trafik limiti | 1 500 MB |
Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
|
|
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar | 0 so‘m |
Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) | 95 so‘m |
1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari) | 450 so‘m |
Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) | 125 so‘m |
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi | 80 so‘m |
Xalqaro SMSlar | 505,2 so‘m |
O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar | 210,5 so‘m |
Xalqaro MMSlar | 1263 so‘m |
Oson almashuv
«Oson almashuv» - abonentlar foydalanilmagan daqiqalar va SMSlarni megabaytlarga va aksincha yo‘nalishda almashtirishlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar uchun megabaytlarni umumiy megabaytlarga almashtirishlari mumkin, qolaversa “Superkayfiyat” tarif rejasidagi “tungi MB”larni umumiy MBlarga almashtirish mumkin.
• * Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
• Tarif rejasiga yangidan ulanish yoki boshqa tarifdan o‘tish mumkin.
• Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan oylik limitlar belgilangan vaqtidan boshlab 32 kun davomida amal qiladi. Bunda oldingi oy limitlari ularning amal qilish muddatiga muvofiq amal qiladi. Oylik limitlardan abonentlar faqat faol holatda foydalanishlari mumkin.
• Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Mazkur tarifga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday holatda abonent raqami faol holatga o‘tganida, oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
- Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga urinmasidan AVVAL abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – navbatdagi tunda, soat 00:00 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
- Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga uringanidan SO‘NG abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – undan keyingi tunda, soat 00:00 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
• Oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
• Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlari belgilanganligini *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet MBlari limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
• Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, *222# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi.
• Tungi internet-trafik limitidan faqat soat 01:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida foydalanish mumkin. Berilgan limitning to‘g‘ri narxlanishi uchun, tungi hamda kunduzgi trafiklarning amal qilish vaqtlari almashinish paytlarida (soat 09:00 da va 01:00 da) internetni uzib turishni, shu vaqtlardan sal o‘tgach internetga qayta ulanib foydalana boshlashni tavsiya etamiz.
• Boshqa («Active» tariflaridan tashqari) ochiq tarif rejalariga «Superkayfiyat» tarif rejasidan o‘tishda tungi limitlardagi MBlar qoldig‘i amal qilmaydi.
• «Superkayfiyat» tarif rejasidan «Kayfiyat» tariflar tizimidagi boshqa tarif rejalariga o‘tishda O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun berilgan daqiqalar limiti qoldig‘i “tarmoqdan tashqari” yo‘nalish bo‘yicha amal qiladi.
• Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
• Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
• «Superkayfiyat» tarif rejasi abonentlari uchun «Qadrdonlar» sodiqlik dasturi shartlari amal qiladi.
• «Superkayfiyat» tarif rejasi abonentlari «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet» va «Qulay daqiqalar» xizmatlaridan foydalana oladilar.
• «Student» tarif rejasi abonentlari uchun «Tarmoq ichida 0», «VIP» xizmatlari, shuningdek, «Tarmoq ichida qulay» va «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
• Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
• Shuni ma’lum qilamizki, 2019-yil 30-sentyabrdan “Superkayfiyat” tarifi yangi ulanishlar va o‘tish uchun mavjud bo‘lmaydi.
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!