Abonentlarga
Tariflar
Tariflari arhivi
Drive tarif rejasi

Drive tarif rejasi

Cheksiz internetli tarif rejasi!

Tarif rejasining nomi Drive
Oylik abonenet to‘lovi 50 000 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning kunlik limiti 100
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning kunlik limiti 100
Kunlik internet-trafik limiti Cheksiz*

*Har kuni maksimal tezlikda 200 MB taqdim etiladi, internet tezligi pasayadi va kunning oxirigacha 64 kbit/soniyagacha qilib belgilanadi.

Limitlarni tekshirish: , *103#, 
Tarifga o'tish:

11.03.2021-y.dan "Drive" tarifi yangi ulanishlar va o‘tish uchun mavjud emas.

  • Limitdan tashqari narxlash
    Tarmoq ichidagi qo'ng'iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so'm
    Tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
    1 MB internet narxi (abonent to’lovi yechilmasa) 450 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMS 210,5 so‘m
    Xalqaro SMS 1 000 so‘m
    Xalqaro MMS 1263 so‘m
  • Muhim!

    1. «Drive» tarif rejasi abonentlari *120# USSD-so‘rov hamda Shaxsiy Kabinet orqali «Special 35», «Special 45», «Special 55», «Special 70», «Special 80», «Special 100», «Special 125», «Special Unlim» va «Special Unlim Turbo» tarif rejalariga o‘tishlari mumkin.
    2. «Drive» tarif rejasidan «Special 35» va «Special 45» tarif rejasiga o‘tish narxi – 2105 so‘m. «Special 55», «Special 70», «Special 80», «Special 100», «Special 125», «Special Unlim» va «Special Unlim Turbo» tariflariga o‘tish – bepul.
    Tarif rejasini almashtirishda, bitta tarif rejasidan boshqasiga o‘tish uchun, abonent hisobidagi minimal mablag‘ 3 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim.
    3. «Drive» tarif rejasida oylik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi:
    - Oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilgan kundan boshlab oyiga bir martalik oraliqda yechiladi. Oylik abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasi tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining so‘nggi marta samarali yechilgan kuni hisoblanadi. Masalan, agar oylik abonent to‘lovining yechilishi 24-sanada amalga oshgan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar oylik abonent to‘lovining yechilishi 31-sanada amalga oshgan bo‘lsa, keyingi oy esa 30 kunlik bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida yechiladi.
    - Tarif rejasi doirasida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda kunlik limitlarning belgilanishi soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak.
    - Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami manfiy holatga o‘tib, tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
    - Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan oylik abonent to‘lovi DARHOL yechiladi va abonentning tarif rejasi doirasida limitlar belgilanadi. Keyin oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi, ya’ni, tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilishi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi so‘nggi marta samarali yechilgan kundan boshlab bir martalik oraliqda amalga oshadi.
    - Tarif rejasi shartlariga ko‘ra limitlar har kuni joriy sutkaning oxirigacha taqdim etiladi, yangi kunlik limitlar keyingi sutkalarda, soat 00:00 da taqdim etiladi.
    Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlar belgilanganligini *103#, *102# va *868# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz.
     E’tibor qiling:
    Joriy oylik davr uchun taqdim etilgan limitlardan tarif rejasi shartlariga muvofiq keyingi oylik davrning belgilangan sanasida abonent to'lovi yechilguniga qadar foydalanish mumkin. Belgilangan sanada abonent to'lovi yechilib, yangi davr uchun limitlar belgilanganidan so'ng, avvalgi limitlar amal qilmaydi. Agar belgilangan sanada, abonent raqami ijobiy holatda bo'lib, yangi davr uchun oylik abonent to'lovi yechilmay qolgan bo'lsa, oxirgi oylik abonent to'lovi yechilganidan keyin belgilangan limitlar 05:59:59 gacha foydalanish uchun amal qiladi.
    Tarif rejasiga ko‘ra limitlar belgilanguniga qadar daqiqalar, SMSlar va MBlar limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    4. «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi «Drive» tarif rejasi abonentlari uchun amal qiladi.
    5. Tarif rejasi limitlari doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    6. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    7. «Drive» tarif rejasi abonentlari «Qulay daqiqalar» va «Raqamni saqlab qolish» xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
    8. «Drive» tarif rejasi abonentlari uchun «Internet Mega BOOM», «Maksimal internet», « Soatbay internet», «TAS-IX uchun internet-to‘plamlar», «Tungi internet» «Tarmoq ichida 0», «VIP», «Internet-avans», «Trafik+» xizmatlari hamda «Qulay», «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay», «iTV» va «Mediabay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
    9. «Drive» tarif rejasidan boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tishda MB qoldig‘idan foydalanib bo‘lmaydi.
    10. Agar «Drive» tarif rejasidagi abonent qo‘shimcha internet-to‘plamlarni yoki xizmatlarni faollashtirsa, unda mazkur xizmatlar doirasidagi MB limitlaridan «Drive» tarif rejasida foydalanib bo‘lmaydi.
    11. Tarif rejasi doirasida maksimal tezlikda taqdim etilgan internet-trafik limiti – 200 MB. Ajratilgan limit yakunlanganidan keyin internet tezligi kunning oxirigacha 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.
    12. «Drive» tarif rejasi abonentlari *222# USSD-so‘rovi orqali «Restart», «Reset» va «Drive Turbo» xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
    13. «Reset» opsiyasi abonentga internet, SMS va O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalarning kunlik limitlarini yangilash imkoniyatini beradi.
  • Reset xizmati
    Reset qo‘shimcha opsiyasi

    1. “Reset” opsiyasi *222# USSD orqali faollashtiriladi.
    2. “Reset” xizmatidan faol holatda foydalanish mumkin.
    3. “Reset” opsiyasini faollashtirish narxi - 5 000 so‘m.
    4. Xizmat faollashtirilganidan va haqi samarali yechilganidan keyin yangi internet-trafik limiti (200 Mb) belgilanadi, oldingisi esa bekor qilinadi. Daqiqalar va SMSlarning kunlik limitlari qoldig‘i esa yangi kunlik limitlarga qo‘shiladi.
    5. Agar «Reset» xizmati faollashtirilishi paytida hisobda xizmatni faollashtirish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, unda hisob manfiy holatga kelib, limitlar to‘liq belgilanadi. Abonent faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • Restart xizmati
    “Drive” tarif rejasi uchun “Restart” xizmatining shartlari

    1. “Restart” xizmatidan Drive tarif rejasi abonentlari foydalanishlari mumkin.
    2. Xizmatdan *222# USSD-so‘rovi orqali foydalanish mumkin.
    3. “Restart” xizmatidan faol holatda foydalanish mumkin.
    4. “Restart” xizmati abonentga mustaqil tarzda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik abonent to‘lovini faollashtirish va oylik limitlarni olish imkonini beradi. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi samarali faollashtirilgan kuniga muvofiq yangilanadi.
    5. “Restart” xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi. Keyinchalik abonentdan oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va oylik limitlarning belgilanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    6. Agar “Restart” xizmatini faollashtirish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    7. “Restart” xizmati samarali faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
    8. “Tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilish kunida «Restart» xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi.
  • «Drive Turbo» xizmati
    7000 so‘mga 2 GB internet-trafik

    1. «Drive Turbo» xizmati *222# USSD orqali faollashtiriladi.
    2. «Drive Turbo» xizmatidan faol holatda foydalanish mumkin.
    3. «Drive Turbo» xizmatini faollashtirish narxi - 7 000 so‘m.
    4. «Drive Turbo» xizmatini faollashtirishda, xizmat uchun to‘lov yechilib olinganidan so‘ng, abonentga kunning oxirigacha tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi.
    5. Xizmatni kuniga bir marta faollashtirish mumkin.
    6. «Drive Turbo» xizmatini faollashtirishda, xizmat uchun to‘lov yechilib olinganidan so‘ng, abonentga kunning oxirigacha maksimal tezlikda 2 GB internet taqdim etiladi.
    7. Maksimal tezlikda 2 GB internet-trafik taqdim etilib, keyin internet tezligi kunning oxirigacha 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.
    8. Xizmat to‘g‘ri ishlashi uchun, to‘plamni xarid qilish paytida internet-sessiya faol bo‘lsa, uni to‘xtatib qayta faollashtirish lozim.
    9. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, «Drive Turbo» xizmati doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, limitlar belgilanganligini *868# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar MBlar abonent tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
    10. Maksimal tezlikdagi internet-trafik qoldig‘ini tekshirish: *868# va *103#
    11. Agar «Drive Turbo» xizmati faollashtirilishi paytida hisobda xizmatni faollashtirish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, unda hisob manfiy holatga kelib, limitlar to‘liq belgilanadi. Abonent faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.