Abonentlarga
Tariflar
Tariflari arhivi
“Kayfiyat” tarif rejalari tizimi

Qulay narxda maksimum muloqot!

Yaxshi kayfiyat


  Qo‘ng‘iroqlar:

750 daqiqa Tarmoq ichida

75 daqiqa Tarmoqdan tashqari

  Internet:

300 MB internet-trafik

1 000 MB uchun


Oylik abonent to‘lovi: 13 000 so‘m

Zo‘r kayfiyat


  Qo‘ng‘iroqlar:

1 000 daqiqa Tarmoq ichida

150 daqiqa Tarmoqdan tashqari

  Internet:

500 MB internet-trafik

1 500 MB  uchun


Oylik abonent to‘lovi: 20 000 so‘m

A’lo kayfiyat


  Qo‘ng‘iroqlar:

1 200 daqiqa Tarmoq ichida

200 daqiqa Tarmoqdan tashqari

  Internet:

1 200 MB internet-trafik

2 000 MB uchun


Oylik abonent to‘lovi: 25 000 so‘m


Diqqat!


!Abonent to‘lovi faqat hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lsagina yechiladi. Agar abonentning hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda kunlik abonent to‘lovi opsiyasi ulanadi hamda abonentga daqiqalar va MBlarning kunlik limiti belgilanadi.

Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif reja shartlarining doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Telegram uchun taqdim etiluvchi bonus limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.

 

Limitlar qoldig‘ini tekshirish:
*102# - daqiqalar limiti qoldig‘ini tekshirish
*103# - tarif rejasi bo‘yicha MBlarni tekshirish


«Kayfiyat» tizimi tarif rejalari yangi ulanish va o‘tish uchun yopiq.

«Kayfiyat»  tizimidagi tarif rejalaridan «Sof» tizimi tariflariga, shuningdek «Start 10», «Ovoz 15» va «Internet 60» tarif rejalariga o‘tish narxi – 0 UZS (*120# USSD).

“Kayfiyat” tizimidagi tarif rejalaridan ‘Sof” tariflar tizimiga, yoki “Start 10”, “Ovoz 15” va “Internet 60” tarif rejalariga o‘tilsa, oldingi tarif rejasiga ko‘ra avval belgilangan limitlar bekor qilinadi
  • Narxlash
    Tarif rejasining nomi Yaxshi kayfiyat Zo‘r kayfiyat A’lo kayfiyat
    Oylik abonent to‘lovi*
    (oylik abonent to‘lovi yechilganida, kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi)
    13 000 so‘m 20 000 so‘m 25 000 so‘m
    Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 500 daqiqa
    750 daqiqa
    750 daqiqa
    1 000 daqiqa
    1 000 daqiqa
    1 200 daqiqa
    Tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 50 daqiqa
    75 daqiqa
    100 daqiqa
    150 daqiqa
    150 daqiqa
    200 daqiqa
    Oylik internet-trafik limiti 100 MB
    300 MB
    300 MB
    500 MB
    800 MB
    1 200 MB
    Facebook, Telegram, WhatsApp uchun oylik internet-trafik limiti 500 MB
    1 000 MB
    1 000 MB
    1 500 MB
    1 500 MB
    2 000 MB
    Kunlik abonent to‘lovi** 
    (Kunlik abonent to‘lovi faqatgina abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarlicha mablag‘ bolmaganida yechiladi)
    650 so‘m 1 000 so‘m 1 250 so‘m
    Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning kunlik limiti 15 daqiqa
    20 daqiqa
    25 daqiqa
    30 daqiqa
    33 daqiqa
    40 daqiqa
    Kunlik internet-trafik limiti 0 MB
    10 MB
    10 MB
    15 MB
    15 MB
    20 MB
    Facebook, Telegram, WhatsApp uchun kunlik internet-trafik limiti 15 MB
    20 MB
    30 MB
    40 MB
    50 MB
    60 MB
    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
    Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar  0 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so‘m
    1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari / Telegram uchun berilgan limitdan tashqari) 450 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi 80 so‘m
    Xalqaro SMSlar 1 000 so‘m

    Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif reja shartlarining doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram, WhatsApp va Tas-IX uchun taqdim etiluvchi bonus limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.

    E’tibor bering!
    Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
    Eslatma
    Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
  • Qo‘shimcha shartlar

    E’tibor qiling:
    Joriy oylik davr uchun taqdim etilgan limitlardan tarif rejasi shartlariga muvofiq keyingi oylik davrning belgilangan sanasida abonent to'lovi yechilguniga qadar foydalanish mumkin. Belgilangan sanada abonent to'lovi yechilib, yangi davr uchun limitlar belgilanganidan so'ng, avvalgi limitlar amal qilmaydi. Agar belgilangan sanada, abonent raqami ijobiy holatda bo'lib, yangi davr uchun oylik abonent to'lovi yechilmay qolgan bo'lsa, oxirgi oylik abonent to'lovi yechilganidan keyin belgilangan limitlar 05:59:59 gacha foydalanish uchun amal qiladi.

    01.11.2021 sanasidan boshlab Yaxshi kayfiyat, Zo‘r kayfiyat va A’lo kayfiyat tariflar rejalari doirasida taqdim etilgan oylik limitlarning amal qilish muddati joriy (32 kunlik) oylik davr o‘rniga 1 oyni tashkil etadi;

    19.01.2021 sanasidan boshlab «A’lo kayfiyat» tarif rejada, 30 kundan oshiq nofaol holatda bo‘lib turgan («Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati yoqilganlaridan tashqari) abonentlarning manfiy hisobi 0 UZSgacha tiklanadi.

    • Tarif rejasini almashtirish faqat Faol holatda mumkin bo‘ladi.

    Qo‘shimcha shartlar

    • 26.11.2018 y. sanasidan boshlab yangi ulanishda, birinchi kuni, agar abonent hisobida oylik abonent to’lovi yechilishi uchun mablag’ yetarli bo’lmasa, kunlik abonent to’lovi yechilmaydi. Tizim ulanish kunining ertasiga tarif rejasining shartlariga muvofiq kunlik abonent to‘lovini yechishga urinadi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    *Tarif rejalarida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyning birinchi sanasida soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qayd qilinmagan) amalga oshadi. Buning uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak. Agar oyning birinchi kuni abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent uchun oyning 1-dan 15-sanasigacha (shu kunlari ham) o‘ziga qulay paytda o‘z hisobini to‘ldirish imkoni mavjud. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi bilan oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi (kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) hamda barcha daqiqalar va megabaytlar limitlari ham to‘liq hajmda belgilanib, kalendar oyining oxirigacha amalda bo‘ladi.
    • Kalendar oyining 16-kunidan oylik abonent to‘lovi yechilishi va limitlar belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urunish amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilishi va tegishli limitlar kalendar oyining shu kunida belgilanishi uchun soat 00:00 da hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi soat 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham, kalendar oyining 16-kuni soat 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanmaydi.
    • **Agar abonent hisobidan joriy davr uchun oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi har kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qayd qilinmagan) amalga oshadi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar oyning 16-kuni abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda shu kundan boshlab va oyning oxirigacha abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
    • Oylik va kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha belgilangan limitlardan abonentlar ular belgilangan oyning oxiriga qadar foydalana oladilar. Abonentlar mazkur limitlardan faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
    • Tushunmovchiliklarni oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *103# USSD-so‘rovi yordamida daqiqa va internet trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Belgilanish amalga oshishidan avval qo‘ng‘iroqlar va internet limitlari limitdan tashqari narxda narxlanadi.
    • Mazkur tarif rejalariga boshqa tarif rejalaridan o‘tishda oylik abonent to‘lovi mos holda yechiladi (oylik abonent to‘lovi qiymati va limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda yechiladi/belgilanadi), limitlarning amal qilish muddati joriy oyning oxirigacha qilib belgilanadi. Agarda tarifga o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda tarifga o‘tishdan keyin kunlik abonent to‘lovi yechiladi, ya’ni abonent oylik va kunlik abonent to‘lovi yechilish shartlarini hisobga olishi lozim.
    • Yangi o‘tishda agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa birinchi oylik abonent to‘lovi va limitlar oyning so‘ngigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va belgilanadi. Agar o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, unda tizim kunlik abonent to‘lovini yechadi. Abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi imkoni paydo bo‘lishi bilan, tizim oylik abonent to‘lovini yechib oladi va limitlarni belgilaydi (abonent to‘lovi va limitlar tarif rejasiga o‘tish kunidan boshlab oyning so‘ngigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va belgilanadi). Tizim abonent to‘lovini  o‘tishdan keyin 16 kun davomida abonent to‘lovini yechishga urinadi (agar ushbu muddat yangi oyga o‘tgan bo‘lsa, va hisobda kerakli miqdorda mablag‘ bo‘lsa, unda birinchi o‘rinda to‘lanmagan muddat uchun oylik to‘lov yechilib olinadi). 16-kuni abonent to‘lovini tizim faqatgina 08:00 gacha yechishi mumkin. Belgilangan limitlar belgilangan kalendar oyining so‘ngigacha amal qiladi.
    • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    • Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
    • 29.10.2019dan «Yaxshi kayfiyat» TRga Xorazm viloyati hududida ulanganda, oylik abonent to‘lovi to‘liq qiymati hajmida yechib olinadi. To‘lovni yechib olish paytida hisobda yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmasa, abonent hisobi qarzga kiradi.
    • Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan oylik limitlar taqdim etilgan kunidan boshlab 1 oy davomida amal qiladi. Bunda oldingi oy limitlari ularning amal qilish muddatiga muvofiq amal qiladi.
    • Yangi davrning boshida belgilangan limitlar oldingisi bilan jamlanishi mumkin, ammo oldingi belgilangan limitlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
    • Telegram ilovasi orqali videoqo'ng'iroq qilganda ijtimoiy tarmoqlar yo'nalishiga ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit doirasidagi internet-trafik sarflanadi.

    Tarif rejalariga 2018-yilning 12-noyabridan boshlab ulangan/o‘tgan abonentlar uchun.

    1. Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
    2. Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik/kunlik limitlarning amal qilish muddati – 1 oy. Bu 1 oy tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik va kunlik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
    Facebook, Telegram, WhatsApp uchun belgilangan limitlardan asosiy hisobda kamida 1750 so‘m yoki tashqi internet uchun 5 MB bo‘lganida foydalanish mumkin. 
    Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha foydalana oladi.
    Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *103# USSD-so‘rovi yordamida daqiqalar va internet-trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    Belgilangan daqiqalar va internet-trafik limitlarining amal qilish muddatini ham shu so‘rovning o‘zida tekshirish mumkin.
    3. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Mazkur tarifga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechilishi uchun abonent hisobida shunga yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak. Agar agar oylik abonent to‘lovini yechishga urinish paytida abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent uchun tarifga ulanish/o‘tish sanasidan keyingi 16 kun mobaynida o‘ziga qulay paytda o‘z hisobini to‘ldirish imkoni mavjud. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi bilan oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi (kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) hamda barcha (oylik abonent to‘lovi doirasidagi) limitlar ham to‘liq hajmda belgilanib, bir oylik davrning oxirigacha amalda bo‘ladi. 16-kuni oylik abonent to‘lovini yechishga urinishni tizim faqat soat 08:00 gacha amalga oshiradi.
    4. 16-kuni oylik abonent to‘lovi yechilishi va limitlar belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urinish amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Oylik abonent to‘lovi samarali yechilishi va tegishli limitlar belgilanishi uchun shu kuni soat 00:00 da hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi soat 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham, 16-kuni soat 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanmaydi. Agar oylik davrning boshlanishidan 16-kunigacha abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda shu kundan boshlab va oylik davrning oxirigacha abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
    5. Agar oylik abonent to‘lovini yechishga urinish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
    6. Agar abonent hisobidan joriy davr uchun oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi har kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Tarif bo‘yicha kunlik limitlar faqat joriy kun uchun tarif bo‘yicha kunlik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi.
    7. Tarif rejasi bo‘yicha (oylik va kunlik) limitlardan abonentlar bir oyga teng davr mobaynida foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Bir oyga teng davr tarif rejasiga ulanish/o‘tish sanasidan boshlab belgilanadi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 24-sanasigacha (bu kuni emas) foydalana oladi. Agar abonent oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 30-sanasigacha (bu kuni emas), fevral oyining 27/28-sanasigacha (bu kuni emas), agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasigacha (bu kuni emas) foydalana oladi.
    8. Yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (QOLGAN KUNLAR UCHUNGINA EMAS) yechiladi va belgilanadi. Agar o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda tizim kunlik abonent to‘lovini yechadi. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi va to‘ldirishdan so‘ng abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishi bilan, tizim oylik abonent to‘lovini to‘liq hajmda (shu jumladan, kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) yechib oladi va limitlarni ham to‘liq hajmda belgilaydi, ular oylik davrning oxiriga qadar amalda bo‘ladi. Tizim ulanishdan/o‘tishdan keyingi 16 kun davomida oylik abonent to‘lovini yechishga urinadi. 16-kuni oylik abonent to‘lovini yechishga urinishni tizim faqat soat 08:00 gacha bir martagina amalga oshiradi.

  • «Restart» xizmati

    1. Restart xizmati «Kayfiyat», Active va «Tantana» tariflar tizimlaridagi abonentlar uchun amal qiladi.
    2. Restart xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    3. Restart xizmatidan raqami faol holatda bo‘lgan barcha abonentlar foydalana oladilar.
    4. Restart xizmati tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik limitlarni faollashtirish imkonini taqdim etadi. Abonent ushbu xizmatni muvaffaqiyatli faollashtirganidan so‘ng, hatto joriy davr uchun oylik abonent to‘lovini to‘lamagan bo‘lsa ham, undan kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi.
    5. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi.
    6. Restart xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirganida abonentning tarif rejasi doirasida belgilangan limitlar (daqiqalar, SMS va internet-trafik) qoldiqlari bekor qilinadi.
    7. Restart xizmati samarali faollashtirilganida, limitlar mazkur xizmat faollashtirilgan kunidan boshlab 1 oy davomida amal qiladi.
    8. Restart xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, «Kayfiyat» va «Active» tarif rejalari abonentlaridan endi kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi, keyinchalik ushbu abonentlardan faqat oylik abonent to‘lovi yechiladi.
    9. Restart xizmatini faollashtirishda yangi 1 oyga teng bo‘lgan oylik davr amalda bo‘ladi, ya’ni xizmat samarali faollashtirilgan sana abonent to‘lovining yangi yechilish sanasi bo‘ladi.
    10. Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    11. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Restart xizmatining oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi lozim.
    12. Agar abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Abonent raqami faol holatga o‘tganida oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    1. Darhol – agar hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent balansi tarif bo‘yicha oylik abonent to‘loviga teng yoki undan oshiq bo‘lib qolsa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgaradi, limitlarning amal qilish muddati suriladi.
    2. Navbatdagi tun, soat 00:00 dan 08:00 gacha (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) – agarda hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent raqami Faol holatga o‘tgan, ammo mablag‘ tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli bo‘lmasa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin darhol abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar Bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng hisobdagi mablag‘ tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi hajmidan kam bo‘lsa, *222# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan oylik limitlar esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan boshlab 1 oyga davomida amal qiladi.
    Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat faol holatdagina foydalanish mumkin.
    13. Restart xizmatini o‘z tarif rejasini haqi oldindan to‘lanuvchi boshqa bir tarif rejasiga almashtirgan holda o‘chirish mumkin.
    14. Tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, daqiqalar, SMSlar va internet-trafik limitlari belgilanganligini tarif rejalarning shartlariga muvofiq *102#; *103# USSD-so‘rovlari yordamida oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet tarif rejalarida limitdan tashqari narxlanishi shartlariga muvofiq narxlanadi.
    15. "Restart" xizmatidan sutkasiga faqat 1 marta foydalanish mumkin (joriy sutkaning boshidan, 00:00 dan 23:59 gacha)
    16. Restart xizmati abonent oylik davrining birinchi kuni amal qilmaydi. Tarif rejasi doirasida oylik abonent to'lovining samarali yechilishi va limitlarning belgilanishi uchun hisobda oylik abonent to'lovining to'liq yechilishiga yetarli mablag' bo'lishi tavsiya etiladi.
  • Aksiya: 5000 so‘mga 300 MB, 8 000 so‘mga 1 GB va 15 000 so‘mga 2 GB, 20 000 so‘mga 3 GB, 30 000 so‘mga 6 GB, 50 000 so‘mga 10 GB internet-to‘plamlar
    Aksiya doirasida 5000 so‘mga 300 MB, 8 000 so‘mga 1 GB va 15 000 so‘mga 2 GB, 20 000 so‘mga 3 GB, 30 000 so‘mga 6 GB, 50 000 so‘mga 10 GB internet-to‘plamni ulash shartlari:

    • Internet to‘plamni faqat oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng ulash mumkin bo‘ladi;
    • Bir abonent 5 000 so‘mga 300 MB, 8 000 so‘mga 1 GB, 15 000 so‘mga 2 GB, 20 000 so‘mga 3 GB, 30 000 so‘mga 6 GB, 50 000 so‘mga 10 GB internet-to‘plamni joriy oyda 2 marta ulash imkoniga ega;;
    • Internet-to‘plam avtomatik belgilanish funksiyasi bilan yoqiladi;
    • Internet to‘plamni faollashtirish/o‘chirish *255# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi;
    • Internet-trafik qoldig‘ini tekshirish *107# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi;
    • Ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalanishdan avval yangi internet-to‘plam belgilanganligini tekshirish zarur;
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi faol vaqtida xizmat yoqilganidan keyin 30 kun o‘tib (sotib olingan to‘plamga muvofiq), abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan hajmdagi to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to‘plamdan qolgan trafik nolga tenglashtiriladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan yoki avtomatik tarzda belgilangandan keyingi 31-kuni, yangi to‘plam uchun mablag‘ yechib olinganidan so‘ng soat 00:00 dan boshlab belgilanadi.
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilgan bo‘lsa, internet-to‘plam faollashtirilgan kundan 30 kun o‘tgach, trafik qoldig‘i nolga tenglashtiriladi;
    • Internet-to‘plamdagi trafikdan faqat raqam faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin.

"Raqam tanlash"

Onlayn tartibda o‘zingizga yoqqan raqamni tanlang!

Sahifaga o‘tish

Ofislar va dilerlar manzillari

Ucell barcha ofislari sizga muntazir!

Ofislar manzillari
Tavsiya etilgan xizmatlar

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.