Abonentlarga
Tariflar
“Special+” tarif rejalari tizimi

“Special+” tarif rejalari tizimi

“Special 35+”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 2 000 daqiqa

  •  Internet:
  • 5 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 500 SMS

Oylik abonent to‘lovi 37 000 so‘m

“Special 55+”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 3 000 daqiqa

  •  Internet:
  • 9 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abonent to‘lovi 57 000 so‘m

“Special 80+”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 7 000 daqiqa

  •  Internet:
  • 15 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abonent to‘lovi 82 000 so‘m

 

“Special 125+”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha CHEKSIZ*

  •  Internet:
  • 28 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abonent to‘lovi: 127 000 so‘m
*- texnik cheklanma – 45000 daqiqa

O‘tish narxi:

0 so‘m*

Tarifga o‘tish:

*877#

Limitlar qoldig‘ini tekshirish:

*102# - daqiqalar va SMSlar
*103# - internet-trafik MBlari

Special 35+, Special 55+, Special 80+, Special 125+ tarif rejalariga o‘tish narxi – 0 so‘m.
 
"2 GB" internet-to‘plamini faollashtirish - *255#
Internet-to‘plam narxi – 10 000 so‘m.
 
  • Narxlash
    Tarif rejasining nomi Special 35+ Special 55+ Special 80+ Special 125+
    Oylik abonent to‘lovi 37 000 so‘m 57 000 so‘m 82 000 so‘m 127 000 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti 2 000 3 000 7 000 Cheksiz*
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 500 1 000 1 000 1 000
    Oylik internet-trafik limiti 5 GB 9 GB 15 GB 28 GB
    Limitlarni tekshirish *102# - daqiqalar va SMSlar
    *103# - internet-trafik MBlari
    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi 95 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    1 MB internet narxi 450 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
    Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
    Xalqaro MMSlar 1263 so‘m

    *Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
    Cheksiz qo‘ng‘iroqlar faqatgina 1 ta abonentga taqdim etilib, “Konferens-aloqa” xizmati doirasidagi guruh qo‘ng‘iroqlari uchun amal qilmaydi.

    Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif rejasining shartlari doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram va WhatsApp messenjerlari uchun taqdim etiluvchi limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/"begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.

    E’tibor bering!
    Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
    Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.

    Eslatma
    Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
  • Muhim!

    Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi: agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
    Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar 32 kun mobaynida amal qiladi. Bunda oldingi oylik davr uchun belgilangan limitlar o‘zining amal qilish muddatiga ko‘ra amalda bo‘ladi. Oylik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
    Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi: agar abonent tarifga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha foydalana oladi.
    Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak.
    Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
    Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan oylik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday holatda abonent raqami Faol holatga o‘tganida, oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga urinmasidan AVVAL abonent raqami Faol holatga o‘tgan bo‘lsa – navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga uringanidan SO‘NG abonent raqami Faol holatga o‘tgan bo‘lsa – undan keyingi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    Oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlari belgilanganligini *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet MBlari limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar Bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, *255# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi. Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat raqam Faol holatda bo‘lsagina foydalanish mumkin.
    Yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent balansi musbat holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
    “Special+” tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Qadrdonlar» sodiqlik dasturi amal qiladi.
    Tarif rejalarining limitlari doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    “Special+” tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet», «Qulay daqiqalar», «Raqamni saqlab qolish», «Limitlarni almashtirish», «Internet-sovg‘a» xizmatlari, shuningdek «2 GB» aksiyasi amal qiladi.
    “Special+” tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Tarmoq ichida 0», «VIP» xizmatlari hamda «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
    “Special+” tizimidagi yangi tarif rejalariga Special («Daqiqalar» va «Megabaytlar» opsiyasi), Special Mini, Special Mix, Special Super, Special X hamda Best tarif rejalari abonentlari ham o‘tishlari mumkin.
    “Special+” tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tganda Special («Daqiqalar» va «Megabaytlar» opsiyasi), Special Mini, Special Mix, Special Super, Special X tarif rejalari doirasida O‘zbekiston bo‘yicha belgilangan daqiqalar limiti qoldig‘ini *109# USSD-so‘rovi yordamida tekshirish mumkin.
    “Special+” tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tganda Special («Megabaytlar» opsiyasi) tarif rejasi doirasidagi tungi internet-trafik limitidan foydalanib bo‘lmaydi.
    “Special+” tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tganda Special («Daqiqalar» opsiyasi) tarif rejasi doirasidagi tarmoqdan tashqari yo‘nalishlarga belgilangan qo‘ng‘iroqlar limiti O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun sarflanadi.
    «Special 35+», «Special 55+» , «Special 80+» va «Special 125+» tarif rejalari abonentlari faqat mazkur tariflar tizimidagi hamda «Aktiv» va «Special» tizimlaridagi tarif rejalariga o‘tishlari mumkin bo‘ladi, boshqa tarif rejalarga o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi.
    Agar hisob to‘ldirilgandan keyin abonent to‘lovi yechilmasa Restart xizmatidan foydalanishni maslahat beramiz.
    Abonentning sug‘urta qilinishi masalasi bo‘yicha batafsil ma’lumotni “Apex Insurance” SKning 1188 qisqa raqami orqali bilib olish mumkin.

  • Special 35+, Special 55+, Special 80+ va Special 125+ tarif rejalari uchun «Restart» xizmati shartlari
    1. Restart xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    2. Restart xizmatidan abonentlar raqami Faol holatda bo‘lganida foydalana oladilar.
    3. Restart xizmati abonentga mustaqil tarzda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik abonent to‘lovini faollashtirish va oylik limitlarni olish imkonini beradi. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi samarali faollashtirilgan kuniga muvofiq yangilanadi.
    4. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi. Keyinchalik abonentdan oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va oylik limitlarning belgilanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    5. Agar Restart xizmatini faollashtirish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    6. Restart xizmati samarali faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
    7. Restart xizmati samarali faollashtirilganida, abonentga 1 oy muddatli yangi oylik davr belgilanadi.
  • «2 GB» aksiyasi
    «2 GB» aksiyasi doirasida 10 000 so‘mga 2 GB hajmidagi internet-to‘plamni ulatish shartlari:

    • Internet-to‘plamni faqat joriy oy uchun oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng yechilganidan so‘ng ulatish mumkin;
    • Bir abonent uchun internet-to‘plamni bir abonentga joriy oyda 2 marta ulash mumkin;
    • Internet-to‘plam avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi bilan yoqiladi;
    • Internet to'plamni *255# USSD-so'rovi orqali ulash/o'chirish mumkin;
    • Internet-trafik qoldig‘ini tekshirish *107# USSD-so'rovi orqali amalga oshiriladi;
    • Yangi ulatganda, ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalanishdan avval yangi internet-to‘plam belgilanganligini tekshirish zarur;
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi faol vaqtida xizmat yoqilganidan keyin 30 kun o‘tib (sotib olingan to‘plamga muvofiq), abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan hajmdagi to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to‘plamdan qolgan trafik nolga tenglashtiriladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan yoki avtomatik tarzda belgilanganidan keyingi 31-kuni, yangi to‘plam uchun mablag‘ yechib olinganidan so‘ng soat 00:00 dan boshlab belgilanadi;
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilgan bo‘lsa, internet-to‘plam faollashtirilgan kundan 30 kun o‘tgach, trafik qoldig‘i nolga tenglashtiriladi;
    • Internet-to‘plamdagi trafikdan faqat raqam Faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin.
  • Sug‘urta shartlari

    Sug‘urtalovchi sifatida Apex Insurance, Sug‘urtalangan shaxs sifatida abonent, Naf oluvchi shaxs sifatida esa Sug‘urtalangan shaxs yoki uning merosxo‘rlari ishtirok etadi.
    Sug‘urta miqdori 12 000 000,00 (o‘n ikki million) so‘m miqdorida belgilanadi.
    Onlayn sug‘urtaga obuna qiymati sug‘urtalashning har bir oyi uchun 2 000,00 (ikki ming) so‘m miqdorida belgilanadi.
    Sug‘urta himoyasi «Special+» tizimidagi tarif rejasiga samarali o‘tilganidan keyingi 5-kuni boshlanadi.
    Sug‘urta mukofoti faqat nomiga «Coscom» MChJ abonent raqami tasmiylashtirilgan shaxsgagina taqdim etiladi.
    Sug‘urtalash davri abonent faol bo‘lgan har bir oy uchun 1 taqvimiy oyga teng qilib belgilanadi. Abonent tomonidan 1 oy mobaynida abonent to‘lovi to‘lanmagan holatda, sug‘urta himoyasining amal qilishi abonent faolligi tugaganidan keyingi 5-kuni to‘xtatiladi.
    Apex Insurance quyidagi hollarda to‘lashdan bosh tortishi mumkin:
    • Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchi shaxs yuz bergan Sug‘urta hodisasi haqida Apex Insurance (Apex Insurance)ga o‘z vaqtida xabar bermasa;
    • baxtsiz hodisa yuz bergan sanada Sug‘urtalangan shaxsning tarif rejasi («Special 35+», «Special 55+», «Special 80+» va «Special 125+») amalda bo‘lmagan yoki ushbu Sug‘urtalangan shaxs uchun Play Mobile sug‘urta mukofoti to‘lovi amalga oshirilmagan, ya’ni abonent to‘lovi to‘lanmagan bo‘lsa;
    • Sug‘urtalangan shaxsda oldin, baxtsiz hodisa yuz bergan sanagacha ham tegishli nogironlik toifasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa;
    • Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchi shaxs Sug‘urta hodisasining aniqlanishi uchun kerak bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etmasa, yoki bila turib yolg‘on ma’lumot taqdim etsa;
    • jabrlangan shaxsga Apex Insurance ishonchli shifokor-mutaxassisi uchrashi imkoniyati taqdim etilishiga Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchi shaxs to‘sqinlik qilsa.
    Da’volarning tartibga solinishi:
    Baxtsiz hodisa yuz berib, uning natijasida Apex Insurance Sug‘urta to‘lovini amalga oshirishi majburiyati kelib chiqishi mumkin bo‘lganida, Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchi shaxs Baxtsiz hodisa yuz berganidan keyingi 30 (o‘ttiz) taqvimiy kun mobaynida Apex Insurance kompaniyasiga yozma shaklda (yozma shakl deganda, so‘ng quyida ko‘rsatilgan manzilga yozma tasdig‘i ham yuboriladigan elektron aloqa vositalarini qo‘llash ham tushuniladi) Asosiy shartnomaga qo‘shimcha 6-Ilova shaklidagi Ariza yuborib, unda hodisa sabablari va shart-sharoitlarini bayon etishi, shuningdek, quyidagi hujjatlarni ilova qilishi lozim.
    1. Arizaga (nima yuz berganiga bog‘liq holda) quyidagi hujjatlar tirkalishi kerak:
    a) Sug‘urtalangan shaxs sog‘lig‘ining jiddiy buzilishi (nogironlik) holatida:
    • yuz bergan hodisaning shart-sharoitlari yuzasidan tekshirish ishlari o‘tkazishga vakolatli organlardan hujjatli dalil (qaror, ma’lumotnoma);
    • hodisa joyi va uning shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, baxtsiz hodisa faktini isbotlovchi hujjatning (ma’lumotnoma, tibbiy kartadagi yozuvlar nusxasi, sud-tibbiy ekspertizasi Xulosasi, TMK xulosasi yoki boshqa hujjatlarning) asli yoki tasdiqlangan nusxasi;
    • agar baxtsiz hodisa ish vaqtida, Sug‘urtalangan shaxs ishda bo‘lgan payti yuz bergan bo‘lsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma;
    • mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasi ko‘rsatilgan TMEK xulosasining asli yoki tasdiqlangan nusxasi;
    • Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchi shaxsning yoki Sug‘urta to‘lovini olishga vakolatlangan boshqa shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
    b) Sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda:
    • yuz bergan hodisaning shart-sharoitlari yuzasidan tekshirish ishlari o‘tkazishga vakolatli organlardan hujjatli dalil (qaror, ma’lumotnoma);
    • hodisa joyi va uning shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, baxtsiz hodisa faktini isbotlovchi hujjatning (ma’lumotnoma, tibbiy kartadagi yozuvlar nusxasi, sud-tibbiy ekspertizasi Xulosasi, TMK xulosasi yoki boshqa hujjatlarning) asli yoki tasdiqlangan nusxasi;
    • agar baxtsiz hodisa ish vaqtida, Sug‘urtalangan shaxs ishda bo‘lgan payti yuz bergan bo‘lsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma;
    • O‘lim haqidagi guvohnoma nusxasi;
    • Naf oluvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi yoki, Naf oluvchi shaxs yo‘qligida – Sug‘urta to‘lovini olishga vakolatli shaxsning meros huquqini belgilovchi hujjat.
    2. Apex Insurance yuqorida keltirilgan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirishga, yoki, muayyan shart-sharoitlar tufayli qo‘shimcha hujjatlarsiz Sug‘urta hodisasining yuz berganligi faktini aniqlash va ko‘rilgan ziyon miqdorini belgilash imkonsiz bo‘lsa, Naf oluvchi shaxsdan qo‘shimcha hujjatlar talab etishga haqli.

    SUG‘URTA PULINI TO‘LASh TARTIBI
    Quyidagi oqibatlarga olib keluvchi Sug‘urta hodisasi yuz berishi bilan bog‘liq holda, Sug‘urta puli miqdori:
    a) Sug‘urtalangan shaxs sog‘lig‘ining jiddiy buzilishi (nogironlik) holatida, Sug‘urta puli shaxsiy sug‘urta miqdorining ma’lum foizlarida, quyidagicha hajmda to‘lanadi:
    a) III guruh nogironligi – 40%;
    b) II guruh nogironligi – 70%;
    v) I guruh nogironligi – 100%.
    Ommaviy ofertaga muvofiq sug‘urtaning amal qilish davrida Sug‘urtalangan shaxsga nogironlikning yuqoriroq guruhi belgilangani aniqlansa, Sug‘urta puli Sug‘urtalangan shaxs bilan yuz bergan sug‘urta hodisasi bo‘yicha avval to‘langan miqdor chegirib qolingan holda to‘lanadi.
    b) Sug‘urtalangan shaxsning vafoti holatida, Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan shaxsiy sug‘urta miqdorining 100 foizi hajmida, sug‘urta to‘lovining avval to‘langan miqdori chegirib qolingan holda to‘lanadi.
    Sug‘urta muddati mobaynida bir Sug‘urtalangan shaxsning o‘zi bilan yuz bergan bir yoki bir nechta Sug‘urta hodisalari bo‘yicha Apex Insurance tomonidan to‘lanuvchi Sug‘urta pullarining umumiy miqdori shaxsiy sug‘urta miqdoridan oshib ketmasligi kerak.
 

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.