• 15.02.2021 sanasidan boshlab «Katta Tantana» va «Super Tantana» tarif rejalarida, 30 kundan oshiq nofaol holatda bo‘lib turgan («Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati yoqilganlaridan tashqari) abonentlarning manfiy hisobi 0 UZSgacha tiklanadi.
• Tarif rejalariga Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislarida va dilerlik nuqtalarida yangidan ulanish mumkin.
• «Tantana» tizimidagi tarif rejalariga o‘tish narxi:
«Tantana» tarif rejasiga - 0 so‘m («Katta Tantana», «Super Tantana» «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat» tarif rejalaridan, «Active» va «Special» tarif rejalar tizimidan - 2 105 so‘m);
«Katta Tantana» tarif rejasiga - 0 so‘m («Super Tantana», «Superkayfiyat» tarif rejalaridan, «Active» va «Special» tariflaridan - 2 105 so‘m);
«Super Tantana» tarif rejasiga - 0 so‘m («Active» va «Special» tariflaridan - 2 105 so‘m);
• «Tantana» tizimi tarif rejalarida oylik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi:
- Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi: agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
- Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlarning amal qilish muddati – 1 (bir) oy. Bu 1 oy tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi: agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha foydalana oladi.
- Tarif rejasi doirasida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish sanasi bir oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
- Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
- Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday hollarda abonent raqami Faol holatga o‘tgach, oylik abonent to‘lovi navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi; bunda abonent raqami Bloklangan holatdan chiqqanidan so‘ng yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini o‘zgartirmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *102# USSD-so‘rovi yordamida limitlar belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va SMSlar limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
• Tarifga yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent balansi musbat holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
• «Tantana» tizimidagi tarif rejalari abonentlari uchun «Qadrdonlar» sodiqlik dasturi shartlari amal qiladi.
• Tarif rejalaridagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
• Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi;
• «Tantana» tizimidagi tarif rejalari abonentlari boshqa ruxsat etilgan tarif rejalariga *120#, *877# va *717# USSD-so‘rovlari, Shaxsiy Kabinet, shuningdek 8123 IVR-xizmati orqali o‘tishlari mumkin;
• «Tantana» tizimidagi tarif rejalari abonentlari uchun «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet», «Qulay daqiqalar» va «Raqamni saqlab qolish» xizmatlari amal qiladi.
• «Tantana» tizimidagi tarif rejalari abonentlari uchun «Tarmoq ichida 0», «VIP» xizmatlari va «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
• «Tantana» tarif rejalaridan «Kayfiyat» tizimidagi («Superkayfiyat» tarif rejasidan tashqari) tarif rejalariga o‘tishda O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun berilgan daqiqalar limiti qoldig‘i «tarmoqdan tashqari» yo‘nalish bo‘yicha amal qiladi.
• «Tantana» tarif rejalari abonentlari «Yengil hafta» tarif rejasiga o‘ta olmaydilar.
• Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan oylik limitlar taqdim etilgan kunidan boshlab 32 kun davomida amal qiladi. Bunda oldingi oy limitlari ularning amal qilish muddatiga muvofiq amal qiladi.
• Yangi davrning boshida belgilangan limitlar oldingisi bilan jamlanishi mumkin, ammo oldingi belgilangan limitlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.