Ma’lumotlar
«APEX INSURANCE» AJ jismoniy shaxslar uchun

Ucell abonentlari uchun «APEX INSURANCE» AJ

Endi sug‘urta polisini UCELLning o‘z ofislarida rasmiylashtirish mumkin

UCELL abonentlarini “APEX INSURANCE” AJ bilan sug‘urtalash – bu Kompaniyaning o‘z ofislarida abonentlarimiz uchun taqdim etiladigan yangi qo‘shma xizmat turi hisoblanadi.

“APEX INSURANCE” bilan Siz o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan barcha narsalarni sug‘urta qilishingiz mumkin.

Ucell abonentlari uchun sug‘urtaning afzalliklari:

  Tezkor: sug‘urta xizmatini ro‘yxatdan o‘tkazish Ucell ofisining do‘stona muhitida 1 daqiqa ichida amalga oshiriladi;

  Oddiy va tushunarli mahsulotlar;

  Polisga ega bo‘lish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

  Sug‘urta obyektini tekshirish yoki sug‘urtalangan shaxsga so‘rovnoma to‘ldirish talab etilmaydi;

  Sug‘urtani oila a’zolari va do‘stlar uchun sovg‘a sifatida ham olish mumkin;

  Aniq belgilangan sug‘urta miqdori va sug‘urta mukofoti.


Sug‘urta xizmatlarining turlari

JSh mol-mulkini sug‘urtalash – Jismoniy shaxslarning mol-mulklarini sug‘urtalash.
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash – shaxsiy sug‘urta turi. Sug‘urtalanuvchining o‘z sog‘lig‘ini yo‘qotishi yoki o‘limi tufayli kelib chiquvchi ziyonni qoplashga mo‘ljallangan.
Qurilmani sug'urtalash - keng ko'lamli xavflarni, shu jumladan suyuqlikning tushishi bilan bog'liq mexanik shikastlanishlarni sug'urtalash. O'g'irlik yoki talonchilikdan sug'urta o'z ichiga oladi.
Sug‘urtalashning boshqa turlari.

To‘lov usullari

• Payme ilovasi
• UzumBank ilovasi
• PayNet terminallari
• Kapital Bank terminallari.

*Ro‘yxatdan o‘tish uchun abonentning yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi lozim.

Sug‘urta mahsulotlari

Sug‘urta mahsulotlari / sug‘urtalash turlari:

  • 1. Baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish. “Kattalarga g‘amxo‘rlik” dasturi.

    Yoshi ulug‘ qarindoshlaringiz, ota-onangiz, qarindoshlaringiz bormi? Demak, bu dastur Siz uchun. An’anaga ko‘ra, mamlakatimizda keksa avlod vakillariga juda hurmat bilan munosabatda bo‘linadi. Shuning uchun ham ko‘pgina mijozlarimiz ushbu dasturni sotib olishadi.
    Abonent qarindoshlarini sug‘urtalash dasturi – bu Ucell abonentlarining qarindoshlari (ota-onalari/farzandlari) uchun kutilmagan jarohatlar va sog‘liq uchun xavfli oqibatlarga olib keladigan hodisalarga yechim. “APEX INSURANCE” vaqtinchalik ishga yaroqsizlik, nogironlik, yuqumli kasalliklar, davolanish va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xavflarni qoplap beradi.

  • 2. Baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish. “Mening farzandlarim” dasturi

    Farzandlaringiz bormi? – Unda biz Sizga ushbu mahsulotni xarid qilishni tavsiya etamiz. Barcha mehribon ota-onalar o‘z farzandlarini qayg‘uradilar. Hamma narsani nazorat qilishning esa hamisha ham imkoni bo‘lavermaydi. Ushbu dastur barcha bolalaringizni bir vaqtning o‘zida baxtsiz hodisadan himoya qiladi. Aksariyat mijozlarimiz o‘z farzandlari foydasiga sug‘urta polisini olishadi.

  • 3. Mol-mulkni sug‘urtalash. “Mening uyim” dasturi

    Nosoz quvurlar yoki simlar suv toshqini yoki yong‘inga olib kelishi mumkin. “APEX INSURANCE”ning “Mening uyim” polisi bilan zararni qoplash oson bo‘ladi.
    Sug‘urta kompaniyasi yong‘in, o‘g‘irlik, uyda suv toshishi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi yoki Sizning o‘rningizga qo‘shnilaringizga yetgan zararni qoplab beradi.

  • 4. Avtosug‘urta. OSAGO E-polisni rasmiylashtirish

    Siz avtomobil egasimisiz? Unda Sizga OSAGO sug‘urta polisi kerak bo‘ladi. OSAGO polisini sotib olish ancha osonlashdi. Bizning ofislarimizda siz OSAGO sug‘urta polisini elektron shaklda rasmiylashtirishingiz mumkin.

  • 5. Avtosug‘urta. KASKO

    KASKO polisi – bu butun yil davomida o‘z avtomobili uchun klassik to‘liq sug‘urta qoplamasini sotib olishni va cheklovlarsiz boshqarishni xohlaydigan haydovchilar uchun himoyadir. Avtomobilni YTH, yong‘in, tabiiy ofat, avtomobilga begona narsalar tushishi va boshqa xavf-xatarlardan sug‘urtalash.

  • 6. Gadjetingiz xatarlardan himoyalangan bo‘lishini istaysizmi?

    - U holda Sizning telefoningizga biz g‘amxo‘rlik qilamiz!

    Mexanik ta’sirlar

    (Gadjetni tushib ketishdan, tashqi shikastlanishdan himoyalash)

    Elektr toki ta’siri

    (Kuchlanishning keskin o‘zgarishlaridan himoya)

    Suyuqlik ta’siri

    (Gadjetni turli suyuqliklar kirishidan himoyalash)

    Uchinchi shaxslarning g‘ayrihuquqiy ta’sirlari

    (Gadjetingiz o‘g‘irlanishi)

    Yong‘in/o‘z-o‘zidan yonib ketish/portlash

    (Olov va yuqori harorat ta’siri, qizib o‘z-o‘zidan yonib ketishi)
    Elektron qurilma (smartfon, telefon yoki planshet) yoxud maishiy texnika xarid qilayotib, Siz o‘z mulkingizni turli noxush hodisalardan himoyalashingiz mumkin. «Xarid himoyasi» sug‘urta dasturi Sizni oldindan ko‘rilmagan xarajatlardan ishonchli himoyalaydi va pullaringizni tejaydi.
    Agar Siz qurilmangizni shikastlab yoki o‘g‘irlatib qo‘ysangiz, biz gadjetni ta’mirlab yoki qiymatini to‘lab beramiz.
    Polisning asosiy shartlari:

    Sug‘urta puli: 1.000.000 so‘mdan 20.000.000 so‘mgacha
    Sug‘urta mukofoti: 68.000 so‘mdan boshlab (polis miqdori)
    Shartsiz franshiza: 20% (ziyonni qoplash holatida bu miqdorni hamisha Sug‘urtalovchining o‘zi to‘laydi)
    Polisning amal qilish muddati: butun O‘zbekiston Respublikasi hududida 1 yil
    Polisning tuzilish sanasi sug‘urta mukofotining to‘lov sanasi hisoblanadi. Polis faollashtirilgan sanadan keyingi kun 00 soat-u 00 daqiqada u kuchga kiradi.

    Sug‘urtalashga quyidagilar qabul qilinadi:
    - elektron va maishiy texnikaga oid yangi buyumlar (qurilmaning xarid sanasi = sug‘urtaning xarid sanasi);
    - Polisning tuzilishi vaqtida kafolat bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda, ishga yaroqli hamda tashqi shikastlarsiz holatda bo‘lgan;
    - O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan;
    - identifikatsion ma’lumotlarga – IMEI/seriya raqamiga ega;
    - shaxsiy ehtiyojlar uchun qo‘llangan.
    Sug‘urta himoyasi faqat Kompaniyaning o‘z ofislarida xarid qilingan bittagina elektron texnika buyumiga tatbiq etiladi. Mazkur buyum kassa chekida ko‘rsatiladi; shu chekning o‘zi to‘lovni hamda uning xarid sanasini tasdiqlaydi; bu sana sug‘urta mukofoti (polisi) to‘langan sana hisoblanadi.
     

     


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.