Ma’lumotlar
Ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog‘liq abonentlar huquqlari

“COSCOM” MCHJ Maxfiylik siyosati

Hurmatli abonentlar,,



“COSCOM” MChJ xizmatlaridan foydalanar ekansiz, siz bizga o‘z ma’lumotlaringizni ishonib topshirasiz. Ushbu sahifada “COSCOM” MChJda qanday shaxsiy ma’lumotlar saqlanayotgani va biz ularning himoyasini qanday ta’minlayotganimiz haqida axborot berilgan.


Abonentlar huquqlari

Ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog‘liq abonentlar huquqlari

Maxfiylik bo‘yicha COSCOM bildirishnomasi

"COSCOM" MCHJda (keyin matnda – COSCOM deb ataladi) biz maxfiylikni saqlash abonentlarimiz uchun muhim ekanini tan olamiz hamda abonentlarimizning maxfiyligini hurmat qilish va himoya qilishni o‘z burchimiz deb bilamiz. Abonentlarimiz bizga o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini ishonib topshiradilar va biz bu ishonchni har kuni oqlash uchun mas’uliyatni o‘z bo‘ynimizga olamiz.
Biz ushbu Maxfiylik bo‘yicha bildirishnomani quyidagilarni amalga oshirish uchun yaratdik:
  • COSCOM sizning maxfiyligingizni himoya va hurmat qilishga hozirligi va mas’uliyatini namoyish etish;
  • Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday yig‘ishimizni, ulardan qanday foydalanishimizni va himoyasini qanday ta’minlashimizni tushuntirib berish;
  • Sizga ma’lumotlaringiz qanday yig‘ilishi va foydalanilishini, shuningdek, bu borada qanday haq-huquqqa ega ekaningizni tushunishingizga yordam berish.
Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashda biz O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy-huquqiy aktlari hamda vakolatli davlat organlarining yo‘riqnomalari (Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” (O’RQ-547 02.07.2019), “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Aloqa to‘g‘risida”, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlari, Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3275-raqamli ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish qoidalari, Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma’lumotlar ro‘yxati (O‘zR VMning 07.11.2011dagi 296-sonli qaroriga 2-ilova)) talablariga rioya qilamiz.

Ushbu Maxfiylik bildirishnomasi siz COSCOM xizmatlaridan foydalanganingizda, shuningdek bizning veb-saytimizga kirganingizda qo‘llaniladi. Ushbu Maxfiylik bildirishnomasi siz COSCOM tarmog‘i va xizmatlari orqali boshqa kompaniyalar veb-saytlari va xizmatlaridan foydalangan taqdirda ham, ularga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Atamalar
Tafsilotlarga o‘tishdan oldin biz ushbu Bildirishnomada ishlatilgan atamalar izohini keltirishni foydali, deb hisoblaymiz.
  • Anonimlashtirilgan ma’lumotlar – bu, shaxsni aniqlovchi elementlar shaxsiy ma’lumotlar to‘plamidan o‘chirib tashlanganligi sababli ortiq muayyan bir abonentga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlardir.
  • Abonent – jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, u COSCOM bilan uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi shartnomani (keyingi o‘rinlarda Shartnoma deb yuritiladi) tuzish orqali COSCOM xizmatlarini yoqtiradi, sotib oladi va foydalanadi. COSCOM bilan Shartnoma tuzgan abonent, o‘z Shartnomasi bo‘yicha COSCOM xizmatlaridan foydalanadigan barcha foydalanuvchilar (COSCOM bilan uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi shartnomani tuzmagan, ammo COSCOM xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar, masalan oila a’zolari, do‘stlar, yuridik shaxs xodimlari va h.k.) ushbu Bildirishnomani tushunishlari va undagi ma’lumotlarga rozilik bildirishlari bo‘yicha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi.
  • Joylashgan yer haqida ma’lumotlar – COSCOM elektron aloqa tarmoqlarida qayta ishlanadigan har qanday axborotlar bo‘lib, erkin aloqa xizmati foydalanuvchisi qurilmasining geografik joylashuvini ko‘rsatadi. Masalan, qurilma muayyan mobil aloqa baza stansiyasining xizmat hududida ekanligi to‘g‘risidagi axborot joylashgan yer haqidagi ma’lumot hisoblanadi.
  • Shaxsiy ma’lumotlar – bu sizga jismoniy shaxs o‘laroq bevosita yoki bilvosita taalluqli bo‘lgan har qanday ma’lumotdir. Biz qayta ishlaydigan shaxsiy ma’lumotlar turlari ushbu Bildirishnomada quyida batafsil keltirilgan.
  • Abonent haqidagi maxfiy ma’lumotlar abonent raqamlari, to‘lovlar haqida ma’lumotlar, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar va h.k. kabi ham shaxsiy ma’lumotlarni, hamda yuridik shaxs haqidagi boshqa maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
  • Xizmatlar – COSCOM tarafidan taqdim etiladigan etiladigan barcha mahsulot va xizmatlar bo‘lib, onlayn rejimda va tarmoqdan tashqarida taqdim etiladi.
  • Trafik haqidagi ma’lumotlar deganda elektron kommunikatsiyalar tarmoqlari orqali aloqani o‘rnatish maqsadida yoki aloqa xizmatlari uchun hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan yoki qayta ishlanadigan har qanday ma’lumotlar nazarda tutiladi. Aloqa xizmatlaridan foydalanganda yaratiladigan ma’lumotlar, masalan, abonentlar va tomonlar o‘rtasida qo‘llaniladigan so‘ng nuqtadagi qurilmalar, aloqa boshlangan va tugatilgan vaqt, aloqa davomiyligi va yo‘nalishi, ma’lumotlarni uzatish protokoli, uzatilgan ma’lumotlar hajmi, abonent yoki muayyan mobil aloqa baza stansiyasining xizmat hududidagi terminal qurilma joylashgan nuqta, yoki boshqa bir qancha joylashuv parametrlari, kommunikatsiya tarmog‘idagi ma’lumotlar formati va kommunikatsiya tarmog‘ida xabarlarni jo‘natish, tarqatish yoki taqdim etish jarayonida qayta ishlanadigan shu kabi boshqa axborotlardan iborat bo‘ladi. Agar trafik haqidagi ma’lumotlar bevosita yoki bilvosita sizga jismoniy/yuridik shaxs o‘laroq taalluqli bo‘lsa, ular ham shaxsiy ma’lumotlar sifatida baholanadi.
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘playmiz?
COSCOM keng ko‘lamdagi xizmatlarni taqdim etadi. Siz haqingizda biz to‘playdigan ma’lumot siz foydalanadigan, yoqtiradigan yoki sotib oladigan xizmat turiga va siz biror xizmatimizga obuna bo‘lganda taqdim etadigan axborotlarga bog‘liq, shu bilan o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni yig‘ishga va ular bilan ishlashga rozilik bildirgan hisoblanasiz.
Biz quyidagi ko‘rinishdagi ma’lumotlarni to‘playmiz:
  • Siz ma’lumotni biz bilan bog‘langanda yoki biz bilan shartnoma tuzganda taqdim etasiz, masalan bizning xizmatga obuna bo‘lganda yoki sotib olganda, yoki bizga ma’lumot so‘rab murojaat qilganda taqdim etasiz.
  • Ma’lumotlar siz xizmatdan foydalanganda shakllanadi, masalan siz bizning tarmoqdan yoki boshqa xizmatlarimizdan foydalanganda (telefon orqali qo‘ng‘iroq qilganda, elektron pochta orqali xat jo‘natganda yoki veb-saytga kirganingizda).
  • Biz boshqa manbalardan olamiz, masalan boshqa xizmat ko‘rsatuvchilar yoki ochiq ma’lumotlar bazasidan.
Biz ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining telekommunikatsiyalar sohasidagi talablari asosida to‘playmiz va shu sabab, agar shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmasangiz, sizga xizmatlarimizni taqdim eta olmasligimiz mumkin.

Biz siz haqda qanday shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz?
Biz quyidagi toifalarga mansub shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz:
  • Ism-sharif, pasport ma’lumotlari va kontaktlar haqidagi asosiy axborotlar;
  • Demografik ma’lumotlar: yosh, tug‘ilgan vaqt, jins va aloqa tili kabilar;
  • Abonent bilan o‘zaro aloqani talab etadigan ma’lumotlar: xizmatlar va buyurtmalar haqidagi ma’lumot, hisoblar, avanslar, to‘lovlar, marketing ta’qiqlari va ruxsatlari, abonentlarning kontakt ma’lumotlari va ularga tegishli yozuvlar, masalan, bizning ma’lumot berish xizmatimizga qo‘ng‘iroqlar;
  • Aloqa xizmatidan foydalanganda shakllantirilgan ma’lumotlar, masalan trafik, qo‘ng‘iroqlar va SMSlar haqidagi ma’lumotlar, aloqa seansi qatnashchilari haqida ma’lumot, ulanish davomiyligi, ma’lumot uzatish protokollari, joylashuv nuqtasi va foydalanilgan qurilmalar haqida ma’lumotlar;
  • Xizmatlardan foydalanish borasidagi boshqa ma’lumotlar: mobil qurilmalar orqali internetdan foydalanganda yoki internetda ma’lumot qidirish va ko‘rish natijasi o‘laroq cookie-fayllar va shu kabi texnologiyalar  yordamida to‘plangan axborotlar;
  • Sizning ruxsatingiz asosida to‘planadigan va ruxsat so‘ralgan vaqtda batafsil aniqlanadigan boshqa ma’lumotlar.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz?
COSCOM ish maqsadlari uchun, abonentlarga samarali xizmat ko‘rsatish uchun va tegishli savdo faoliyati uchun zarur hisoblangan shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi, qayta ishlaydi va foydalanadi, jumladan anonym ma’lumotlarni ham qayta ishlaydi.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni ruxsatingiz asosida to‘playmiz, ammo ularni qayta ishlash qonun talablariga yoki biz xizmatlarimizni taqdim eta olishimiz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash zaruriyatiga asoslangan.

COSCOM sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagi maqsadlar uchun qayta ishlaydi:
  • Xizmatlarni taqdim etish: Biz shaxsiy ma’lumotlarni sizga xizmat ko‘rsatish uchun qayta ishlaymiz. Masalan, sizning axborotlaringiz sizga aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun, ya’ni qabul qilib oluvchiga qo‘ng‘iroqlaringiz, xabarlaringiz yoki elektron xatlaringizni yetkazish uchun qayta ishlanadi. Undan tashqari, xizmat ko‘rsatish bizdan abonentlarni shaxsini aniqlash, buyurtmalarni qayta ishlash va yetkazish, xizmat haqlarini talab qilish, debitorlik qarzdorligini nazorat qilish, qarzlarni undirish, xatolarni tuzatish yoki shikoyatlar bilan ishlash uchun shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni talab etadi. Biz xizmatlarimizga taalluqli bildirishnomalarni jo‘natganda va abonentlar bilan xizmatlarimiz bo‘yicha savollar tug‘ilib, ular bilan bog‘lanish zarur bo‘lganda aloqa xizmatlari tarixida qayd etilgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanamiz.
  • Rivojlanish va tahlil: Biz shaxsiy ma’lumotlarni COSCOMning rivojlanish va biznesni boshqarish, xizmatlarimiz bilan bog‘liq ichki maqsadlari uchun qayta ishlaymiz. Biz, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni sizning abonent sifatidagi talablaringizni yaxshiroq tushunish uchun qayta ishlaymiz. Biz trafik haqidagi ma’lumotlarni aloqa sifatini yaxshilash uchun qayta ishlashimiz mumkin, masalan aloqa tarmoqlari ishini optimizatsiya qilish uchun. Biz yangi xizmatlarni joriy qilish yoki tahlil bilan bog‘liq boshqa maqsadlarda statistik ma’lumotlarni yig‘ishimiz mumkin. Biz o‘z abonentlarimizni taqdim etilgan hisoblarga ko‘ra, ishlatilgan trafik hajmi va o‘zaro aloqalarimiz tarixiga yoki turli xil abonentlar guruhlari qanday xizmatlardan foydalanishi yoki abonent yoshi bilan yashash joyi xizmatlardan foydalanishga qanday ta’sir o‘tkazishi borasidagi tashqi klassifikatorlarga asoslanib guruhlarga ajratishimiz mumkin.
  • Sotuvlar va marketing: Biz O‘zbekison Respublikasi qonunchiligiga asoslanib marketing maqsadlarida ham anonim, ham shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaymiz va foydalanamiz. Biz shaxsiy ma’lumotlarni alohida yondashuvli xizmatlarni taqdim etish uchun qayta ishlashimiz mumkin, masalan tavsiyalar berganda hamda o‘z xizmatlarimiz va xizmat ko‘rsatish kanallarimizdagi maqsadli kontentni taqdim etganda. Biz shaxsiy ma’lumotlardan marketing sohasiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida foydalanamiz, jumladan, ham o‘z xizmat va mahsulotlarimiz, hamda sheriklarimizning xizmat va mahsulotlarida, bevosita marketing maqsadlarida, marketing tadqiqotlarida va abonentlarning qoniqish darajasini aniqlash uchun so‘rovnomalar uchun foydalanamiz.
  • Axborot xavfsizligi va xizmatlardan noqonuniy foydalanish: Biz shaxsiy ma’lumotlarni va trafik haqidagi axborotlarni barcha xizmatlarimiz va aloqa tarmoqlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun qayta ishlashimiz mumkin. Biz, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni xizmatlardan noto‘g‘ri foydalanish yoki firibgarlik holatlarining oldini olish uchun qayta ishlashimiz mumkin, ya’ni bu holatda pulli aloqa xizmatlaridan bepul foydalanilishi mumkin.
  • Qonun talablariga amal qilish: Biz shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi oldidagi majburiyatlarimizni bajarish uchun qayta ishlaymiz, ya’ni moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish va tegishli ma’lumotlarni davlat organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talab etgan holatlarda taqdim etish uchun qayta ishlaymiz.
  • Sizning ruxsatingizni olishdagi boshqa maqsadlar: Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni siz ruxsat bergan taqdirda, boshqa har qanday maqsadlarda qayta ishlashimiz mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha holatlarda biz shaxsiy ma’lumotlar va trafik haqidagi axborotlarni faqat xizmat ko‘rsatish doirasida, sizning maxfiyligingizni ta’minlashni hisobga olgan holda qayta ishlaymiz. Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz COSCOM tomonidan faqatgina to‘plashga sabab bo‘lgan maqsadlarga erishish uchun zarur doiradan chiqmagan holda foydalaniladi. Biz to‘plangan ma’lumotlarni turli xizmatlar ma’lumotlari bilan birlashtirishimiz mumkin, agar ushbu barcha ma’lumotlar mushtarak maqsadlar uchun to‘plangan bo‘lsa. Biz hech qachon shaxsiy ma’lumotlarni dastlabki maqsadga zid uslublarda va boshqa maqsadlarga erishish uchun qayta ishlamaymiz.

Biz sizning ma’lumotlaringizni qanday himoya qilamiz?
Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish – bizning muhimligi bo‘yicha birlamchi vazifamizdir.
COSCOM o‘z abonentlari manfaatlarini himoya qilish ustida muntazam ishlaydi. Bizning xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarimiz xodimlar, ma’lumotlar, IT-infratuzilmasi, ichki va tashqi tarmoqlar, shuningdek ofis binolari va texnik qurilmalar xavfsizligini o‘z ichiga oladi.
Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha bizning harakatlarimiz ma’lumotlarni oshkor qilish, biznes qiymati, ochiq texnologiyalar, nuqsonlar va tahdidlar xatarlarining muvozanatini ta’minlash va shu tariqa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va shartnomaviy majburiyatlarga amal qilishga qaratilgan.
Axborot xavfsizligi va abonentlar ma’lumotlarini himoya qilish biz uchun ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. Biz kerakli axborot himoyasini ta’minlashga, shaxsiy ma’lumotlarni vakolati bo‘lmagan shaxslarga oshkor etilishi holatlarining oldini olish va aniqlashga imkon beradigan xavfsizlik choralarini joriy etish ustida ishlamoqdamiz.

Sizning ma’lumotlaringizni kim bilan o‘rtoqlashamiz?
Biz sizning ma’lumotlarni quyidagilar bilan o‘rtoqlashamiz:
  • Pudratchilar (“Ma’lumotlarni qayta ishlovchilar”)1 – COSCOM uchun ishlaydigan va Ma’lumotlar nazoratchisi2 bo‘lgan COSCOM nomidan sizning ma’lumotlaringizni qayta ishlaydigan tashkilotlar. Ma’lumotlarni qayta ishlovchilar shaxsiy ma’lumotlarni COSCOM bilan kelishilgan va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlardan tashqari hech qanday maqsadda foydalana olmaydilar. Pudratchilar bilan ishlashda biz pudratchilarimiz ham o‘z faoliyatlarini berilgan litsenziya, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu bildirishnoma asosida amalga oshirishlarini ta’minlash uchun kerakli choralarni ko‘ramiz.
    O‘z xizmatlarini taqdim etuvchi ma’lumotlarni qayta ishlovchilar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Biz agar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni shu kabi Ma’lumotlarni qayta ishlovchilarga taqdim qilsak, biz sizning maxfiyligingiz himoya qilinishiga bo‘lgan haqqingizni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan barcha kerakli choralarni ko‘ramiz.
  • Boshqa telekommunikatsiya operatorlari yoki xizmat ko‘rsatuvchilar – sizga xizmat ko‘rsatuvchi va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tomonlar bo‘lib, ular tarifikatsiya qilish yoki xato va buzilishlarni aniqlashda qatnashadilar.
    Siz bizning tarmoqni tark etib, boshqa aloqa operatorlari tomonidan taqdim etiladigan mobil roumingdan foydalanganda (ya’ni chet elda yurganda), bu kabi operatorlar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlab ulardan foydalanishlari mumkin va COSCOMdan shu kabi ma’lumotlarni olishlari mumkin. Biz sizga shu kabi operatorlarning maxfiylik qonun-qoidalari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.
  • Sizning roziligingiz mavjud holatdagi boshqa tomonlar, masalan ma’lum bir xizmatdan foydalanish uchun olish kerak bo‘lgan rozilik.
Biz, shuningdek, sizning ma’lumotlaringizni quyidagilarga taqdim etishimiz mumkin:
  • Sud ishi bo‘yicha so‘rovga javoban yoki vakolatli davlat organlari talabiga asosan, bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish yoki sud hukmini bajarish uchun yoxud sud jarayoni yoki boshqa yuridik amaliyotlarni bajarishda talab etiladi.
  • Abonent talabiga ko‘ra – masalan, abonentlarga batafsil hisoblarni taqdim etishda.
  • Qayta tashkil etilish sababli, masalan, birlashish, sotib olish, COSCOM aktivlarini sotish yoki xizmatni boshqa kompaniyaga o‘tkazish.
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qancha vaqt saqlaymiz?
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu Maxfiylik bildirishnomasida ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun talab etilgan muddat davomida saqlaymiz, lekin uzoqroq muddat davomida saqlash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan talab yoki ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno. Anonimlashtirilgan ma’lumotlarni saqlash muddati shu kabi cheklov yoki talablar tomonidan idora etilmaydi.
Biz keraksiz yoki ahamiyatsiz bo‘lgan ma’lumotlarni saqlashni va abonentlar haqidagi shaxsiy va boshqa ma’lumotlarning ahamiyatli va aniq ekanini ta’minlashni maqsad qilmaganmiz.

Biz cookie-fayllar (identifikatsiyon fayllar)dan qanday foydalanamiz?
Boshqa ko‘pgina veb-saytlar kabi bizning veb-sayt ham cookie-fayllar texnologiyasidan foydalanadi. Cookie-fayllar bizning veb-saytning eng ommabop bo‘limlarini, foydalanuvchilar qaysi sahifalarga ko‘proq kirishlarini va u yerda qancha vaqt qolishlarini aniqlashga yordam beradi. Bu ma’lumotlar, masalan, xizmatlarni yaratish va tahlil qilish hamda saytda COSCOM va bizning hamkorlar tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar uchun maqsadli reklama yaratishda ishlatiladi.
COSCOM saytida uchinchi tomonlarning veb-saytlariga, mahsulotlariga va xizmatlariga, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarga (masalan, Facebook) havolalar bo‘lishi mumkin. COSCOM veb-saytidagi uchinchi tomonlarning xizmatlari yoki dasturlari uchinchi tomonlarning maxfiylik qonun-qoidalariga bo‘ysunadi. Biz sizga shu kabi uchinchi tomonlarning maxfiylik qonun-qoidalari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.

Qanday tanlovga va haq-huquqlarga egasiz?
Sizning quyidagilarga haqqingiz bor:
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida aksi nazarda tutilmagan bo‘lsa, siz haqingizda qanday ma’lumotlarni to‘plab saqlashimizni bilish.
  • O‘rinli va aniq shaxsiy ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng noaniq, noo‘rin yoki zararlangan ma’lumotlarni to‘g‘rilashni yoki o‘chirib tashlashni talab qilish.
  • Bevosita marketing yoki marketing tadqiqotlari va so‘rovnomalari maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirish yoki rad etish.
  • O‘zingiz bildirgan har qanday rozilikdan voz kechish. Agar siz oldinroq bergan rozilikdan voz kechishga qaror qilsangiz, biz sizga boshqa xizmat ko‘rsata olmasligimiz ehtimoli mavjud.
Agar siz COSCOM harakatlari ushbu Maxfiylik bildirishnomasi yoki maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelmasligidan xavotirda bo‘lsangiz, siz COSCOMga shikoyat qilishingiz yoki rasmiy shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlariga murojaat etishingiz mumkin.

Ushbu Bildirishnomada o‘zgartirishlar kiritilganini qanday bilish mumkin?
Biz ushbu Bildirishnomaga o‘zgartirish kiritishimiz talab etilishi mumkin, chunki bizning amaliyotlarimiz va xizmatlarimiz tez rivoj olmoqda, va shu sabab biz bizning veb-saytda ushbu Maxfiylik bildirishnomasining so‘nggi nusxasi bilan tanishish uchun veb-saytni doimo tekshirib turishingizni so‘raymiz.

Biz bilan qanday bog‘lanish mumkin?
Biz sizga ushbu Maxfiylik bildirishnomasi bilan bog‘liq savollar yoki sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash bilan bog‘liq har qanday savollar bilan quyidagi manzillardan foydalanib COSCOMga murojaat qilishni tavsiya qilamiz:
http://www.ucell.uz/feedback (Murojaat mavzusi – «Shaxsiy ma’lumotlar»)
https://my.ucell.uz/Account/ (Shaxsiy kabinet)

 1Ma’lumotlarni qayta ishlovchi – alohida vakolatga ega Ma’lumotlar nazoratchisi bilan bog‘liq yuridik shaxs bo‘lib, Ma’lumotlar nazoratchisi nomidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
 2Ma’lumotlar nazoratchisi – abonentning shaxsiy ma’lumotlariga “ega” bo‘lgan kompaniya bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va qurollarini belgilab beradi, hamda odatda abonent bilan shartnomaviy javobgarlik ko‘rinishida bog‘langan bo‘ladi. Ushbu hujjatda COSCOM Ma’lumotlar nazoratchisi hisoblanadi.

Maxfiylik siyosati

MChJ “COSCOM” abonentlarining shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi Siyosati

1. Ta’rif

MChJ “COSCOM” (bundan buyon matnda “Kompaniya” deb yuritiladi) inson huquqlariga oid xalqaro huquq normalari va standartlarini qo’llab-quvvatlaydi va amal qiladi.
Kompaniyada shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi abonentlarimiz uchun muhimligini e’tirof etamiz hamda abonentlarimiz shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash va himoya qilishni o’z vazifamiz deb hisoblaymiz.

2. Maqsad va vazifalar

2.1. Ushbu Siyosatning maqsadi abonentlarimiz shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash uchun Kompaniyada yagona yuqori standartlarni yaratishdan iborat.
2.2. Ushbu Siyosatning asosiy vazifasi abonentlarga Kompaniya tomonidan ularning shaxsiy hayotini hurmat qilishi hamda himoya qilishi borasida kafolatlar berishdan iborat. Ikkinchi vazifa esa qonuniy xatarlarni kamaytirish, shuningdek ushbu xatarlar bilan bog’liq ob’ro – e’tibori va brend qiymatini yo’qotish bilan bog’liq xatarlarni yo’q qilishdan iborat. Kompaniya yirik tarmoqlar va katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqaradigan aloqa operatori hisoblanadi, shuning uchun abonentlarimiz shaxsiy hayotini himoya qilish maqsadida biz tarmoq butunligini va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga harakat qilamiz.
2.3.  Kompaniyaning maqsadi qonunchilik mazmun va mohiyatiga muvofiq o’z faoliyatini olib borishdan iborat. Shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish va ulardan keyingi o’rinlarda foydalanishga nisbatan belgilangan qat'iy qoidalar yoki qo'shimcha cheklovlar joriy etuvchi ba’zi majburiyatlar, normativ va qonuniy hujjatlar ushbu Siyosat talablariga qaraganda ustunlikka ega.
2.4.  Kompaniyada to’plangan shaxsiy ma’lumotlarning turi, shuningdek Kompaniya qachon va qanday ularni to’plashi va ulardan foydalanishi aniq xizmatlar doirasida yoki bunday xizmatlar taqdim etilishi uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinishi mumkin.
2.5.  Ushbu Siyosatning eng so’nggi tahriri bilan www.ucell.uz vebsaytida tanishib chiqishingiz mumkin.

3. Tamoyillar

3.1. Ushbu Siyosatga muvofiq Kompaniyaning kundalik faoliyatida quyidagi tamoyillar qo’llanilishi lozim:

a. Abonentlarga Kompaniya tomonidan ularning shaxsiy ma’lumotlari to’planilishi va O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo’lmagan hollarda bu ma’lumotlardan qanday foydalanish haqida ma’lumot taqdim etib, tushuntirishlar olib borish uchun mavjud ilg’or tajribadan foydalanish;

b. Faqatgina qonuniy mezonlar asosida shaxsiy ma’lumotlarni to’plash  va qayta ishlash. Shaffoflikni kafolatlaydigan va abonentlar uchun rad etish imkoniyatini beruvchi hamda abonent tomonidan ixtiyoriy, aniq va ongli ravishda berilgan rozilik asosida ma’lumotlarni to’plash va ular ustida ishlash uchun afzalikka ega usuldan foydalanish;

c. Ma’lumotlarni top’lash maqsadiga muvofiq, zarur bo’lgan hamda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan aniq maqsadlar uchungina shaxsiy ma’lumotlar to’plash;

d. Shaxsiy ma’lumotlarni Kompaniyaning barcha bo’linmalarida kerakli darajada va O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, shungdek bunday ma’lumotlar yig’ilgan mamlakatdan tashqarida qayta ishlash;

e. Doimiy ravishda abonentning shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligiga rioya etgan va maxsus foydalanuvchilar guruhining, ya’ni bolalar manfaatlarini himoya qilgan holda belgilangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish jarayonining talablari, abonentlarga samarali xizmat ko’rsatish va tegishli tijorat faoliyati asosida cheklovlar bilan, shu jumladan noma’lum foydalanuvchi ma’lumotlarini qayta ishlash;

f. Shaxsiy ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq yoki ishlab chiqarish maqsadlari uchun, abonentlarga samarali xizmat ko’rsatish va tegishli tijorat faoliyatini olib borish uchun zarur bo’lgan vaqt davomida saqlash. Agar shaxsiy ma’lumotlar dastlabki to’plash va qayta ishlash jarayoni uchun qonuniylashtirilgan maqsadlarni bajarish uchun zarur bo’lmasa, ushbu ma’lumotlar to’liq yo’q qilinishi yoki anonim holatga keltirilishi shart;

g. Saqlab olingan shaxsiy ma’lumotlar aniqligini va imkon qadar ularning muhimligini ta’minlash. Kompaniyada saqlanadigan shaxsiy ma’lumotlar haqida abonentlarga taqdim etish uchun oqilona chora-tadbirlarni amalga oshirib, noto’g’ri ma’lumotlarni yo’q qilish;

h. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hamda belgilangan va tasdiqlangan jarayonlarga ko’ra talab etilgan holatlardagina shaxsiy ma’lumotlarni vakolatli davlat organlariga taqdim etish;

i. Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va ularni saqlash bilan bog’liq bo’lgan maxfiylikka rioya etmaslik xavfini doimiy ravishda baholash hamda bunday xavflarni bartaraf etish uchun tegishli kompensatsion chora – tadbirlarni ishlab chiqish;

j. Ushbu hujjat asosida belgilangan ma’lumotlarni himoya qilish darajasiga muvofiq Kompaniyada to’plangan shaxsiy ma’lumotlarni yo’qotish, o’g’irlash, noqonuniy oshkor etish yoki noto’g’ri foydalanish kabi holatlarni oldini olish uchun zarur chora-tadbirlarni joriy etishni Kompaniyaning mahsulot yetkazuvchisidan talab etish. Mahsulot yetkazuvchidan bunday shaxsiy ma’lumotlardan, shu jumladan to’plangan va olingan mamlakatdan tashqarida ulardan foydalangan holatlarda to’g’ri va qonuniy foydalanishni talab etish;

k. Kompaniyaning tarmoqlari va aloqa xizmatlari orqali uzatilgan xabarlar va tegishli axborotni, shuningdek abonent yoki terminal qurilmani joylashuvi to’g’risidagi ma’lumotni himoya qilish maqsadida zarur texnik va tashkiliy choralarni amalga oshirish;

l. O’zgarishlar, ishlab chiqish va xarid qilish jarayonlariga ushbu Siyosatning ta’sirini aniqlash va ko’rib chiqish hamda mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz dizayniga, jarayonlarimiz va infratuzilmalarning eng boshlang’iz bosqichidan boshlab ulardan foydalanish davrida maxfiylik chora-tadbirlarini joriy etish;

m. Kompaniyaning har bir xodimidan O’zbekiston Respublikasining qonunlarida hamda maxfiy ma’lumotlarni oshkor etmaslik haqida tuzilgan yozma shartnomalarda belgilangan majburiyatlariga rioya etishini talab etish;

n. Qonun, shartnoma va biznes talablarini bajarish maqsadida Kompaniyada maxfiylik jarayonlarini boshqarish hamda ushbu Siyosat talablarini to’g’ri bajarish, shuningdek zarur bo’lgan hollarda kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur va yetarli tashkiliy manba’larni ajratish va biriktirish;

3.2. Ishbu tamoyillar O’zbekiston Respublikasining normativ – huquqiy hujjatlariga muvofiq holda qo’llaniladi.     

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.