Prepaid qanday tizim?
Prepaid – bu oldindan to'lanuvchi xizmat tizimi. Ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov usuli hisoblanib, bunda abonent raqamining o’z hisobiga oldindan kiritgan mablag’i operator xizmatlari (qo’ng’iroqlar, SMS, MMS, Internet va boshqa xizmatlar) uchun sarflanadi. Haqi oldindan to'lanuvchi xizmat tizimi (Prepaid)dan foydalanganda, ko’rsatilgan xizmatlar uchun mablag’ darhol ushlab qolinadi. Abonent raqami hisobidagi mablag’ miqdori pastlab ketsa (0 so‘m), raqam hisob to’ldirilgunga qadar bloklanadi. Sizning raqam qaysi to'lov tizimida amal qilishini bilish uchun *450# raqamiga bepul so'rov yuboring.
Ovozli aloqa uchun narxlarni belgilashda, Kompaniya tarmoqning ishlashi uchun zarur bo‘lgan uskunalarning qurilishi va ekspluatatsiyasiga sarflayotgan xarajatlarini, ovozli kanallar ijarasini, tarmoqni rivojlantirish xarajatlarini, sarflanadigan elektr energiyasini, interkonnekt (operatorlar orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar) qiymati to‘lovini, shuningdek, o‘z biznesini yuritayotganligi uchun davlat budjetiga soliqlar hamda barcha zaruriy ajratmalarni to‘lash majburiyatlarini va boshqalarni hisobga oladi. Internet xizmati borasida esa, xarajatlar ro‘yxatiga yana xalqaro Internet kanali ijarasi uchun to‘lovni ham kiritish lozim.
Shuni hisobga olish kerakki, xizmatlarni taqdim etayotib, Kompaniya xizmatlarni ko‘rsatishdan nafaqat daromad oladi, balki tarmoqni rivojlantirishga (asbob-uskunalarni, dasturiy ta’minotni v.b. xarid qilish) yetarlicha yuqori xarajatlar ham qiladi, shuningdek, o‘z biznesini yuritayotganligi uchun davlat budjetiga soliqlar hamda barcha zaruriy ajratmalarni to‘lash bo‘yicha barcha majburiyatlarini ham bajaradi. Mazkur xarajatlarning mavjudligi Kompaniyaga xizmatlar taqdim etish narxlarini pasaytirishga imkon bermaydi.
Shunga qaramay, ayni paytda Kompaniyada uyali aloqa xizmatlariga turli chegirmalar va imtiyozlarni taqdim etish amaliyoti qo‘llanmoqda; bular haqdagi yangiliklar Kompaniyaning o‘z resurslarida e’lon qilib kelinmoqda.
Kompaniyaning tarif siyosati aqlga muvofiqlik tamoyillariga asoslanadi va daromad olishga yo‘naltirilgan. Bunda, o‘z biznesini yurgizayotib, Kompaniya xizmatlarni ko‘rsatishdan nafaqat daromad oladi, balki tarmoqni rivojlantirish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash uchun yetarlicha yuqori xarajatlar ham qiladi, shuningdek, o‘z biznesini yuritayotganligi uchun davlat budjetiga soliqlar hamda barcha zaruriy ajratmalarni to‘lash bo‘yicha barcha majburiyatlarini ham bajaradi.
Barcha tarif rejalarida abonent to‘lovi mavjudligi, jumladan, o‘z biznesini yuritayotganligi uchun doimiy va majburiy (elektr energiyasi, kommunal to‘lovlar, yoqilg‘i-moylash materiallari) chiqimlar va boshqa xarajatlar bilan ham izohlanadi.
Ta’kidlash kerakki, abonent aloqa xizmatlaridan foydalanish yoki foydalanmasligidan qat’i nazar yuqorida ko‘rsatilgan to‘lovlar amalga oshiriladi, Kompaniya tomonidan abonent to‘lovi esa faqat abonent hisobida mablag‘lar mavjud bo‘lganidagina yechiladi.
Postpaid – bu haqi keyin to'lanuvchi xizmat tizimi. Ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov usuli hisoblanib, bunda operator avval abonentga o’rtada tuzilgan shartnoma doirasida o’z xizmatini taqdim etadi, so’ng tariflashtirishni amalga oshirib, to’lanadigan hisob natijasini chiqaradi. Tariflash va hisob natijasini chiqarish jarayoni reja va tartib asosida kechadi, u odatda shartnomada kelishilgan muddat (bir oy) hisobida amalga oshiriladi. Abonent shartnomada kelishilgan muddat orasida hisoblab berilgan mablag’ni to’lashi lozim, aks holda unga nisbatan shartnomada ko’rsatilgan jarimalar – raqamni bloklash va shartnomani bekor qilishgacha bo’lgan choralar ko’riladi. Raqamingiz qaysi xizmat ko‘rsatish tizimaga tegishliligini bilish uchun *450# so‘rovini jo‘nating (bloklangan holatda bepul).
O‘z qo‘ng‘iroqlaringiz haqidagi batafsil ma’lumotlarni olish uchun siz turgan joyningizdagi Ucell markaziy ofisiga murojaat etishingiz zarur. Qo‘ng‘iroqlar haqidagi batafsil ma’lumotlar faqatgina shartnoma tuzgan mijozga uning pasporti va shartnomani taqdim etgandagina beriladi.
Ha, O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlar abonentlariga *125*raqam# so‘rovini yuborish mumkin.
Ha, Prepaid tizimidagi abonentlar uchun shartnomani qayta rasmiylashtirish xizmati taqdim etiladi.
Ha. Hamma Ucell abonentlari "Mobil yordam" xizmatidan foydalanishi mumkin.
Eslatma: "Mobil yordam" xizmati o‘z hisobingizdan boshqa Ucell abonentlarning hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazish va boshqa abonentga pul mablag‘ini o‘tkazish haqida so‘rov jo‘natish imkoniyatini beradi.
Haqi oldindan to’lanadigan xizmat tizimi abonentlariga:
Agar SIM-kartangiz yo‘qolsa siz shu zahoti Ucellning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz (8123, +998 93 180 00 00) va raqamingizni 5 kunga bloklash uchun “Vaqtinchalik bloklash” xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Qo‘llab-quvvatlash xizmatining operatori bilan bog‘langaningizdan keyin, siz yo‘qolgan raqamingizni, FISh ni, tug‘ilgan sanangizni, pasportnigiz ma’lumotlarini va propiska yoki ro‘yxatga olingan joyingizni aytishingiz lozim bo‘ladi. Xizmat bepul taqdim etiladi. Qolaversa siz raqamingizdan ijozatsiz foydalanishni oldini olish uchun kompaniya shaxsiy ofisiga pasportingiz bilan kelib uni bloklashingiz mumkin.
Muqobil tarzda, SIM-kartangiz ishdan chiqqan , yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda Ucell ofislariga murojaat etmasdan turib “Zaxiradagi SIM-karta” xizmati yordamida siz o‘zingiz SIM-kartangizni istalgan payt almashtirishingiz mumkin.
Haqi keyin to’lanadigan xizmat tizimi abonentlariga:
SIM-kartangiz yo’qolgan holda, beruxsat foydalanishning oldini olish maqsadida raqamni bloklashtirish uchun, qo‘ng‘iroqlarni qabul qiluvchi Markazga qo’ng’iroq qilishingiz yoki Kompaniyaning o’z ofisiga kelishingiz kerak.
Haqi oldindan to’lanadigan xizmat tizimi abonentlarining SIM-kartalari qo‘ng‘iroqlarni qabul qiluvchi Markazga qo’ng’iroq qilish yo’li bilan bloklashtirilmaydi.
SIM kartalarni Ucell mijozlarga xizmat ko'rsatish va sotuv markazlarida qayta-tiklash mumkin. "SIM-kartani qayta tiklash" xizmati Prepaid tizimi abonentlari uchun 2105 so‘m, Postpaid tizimi abonentlari uchun 2105 so‘mni tashkil etadi. Narxlar QQS bilan ko'rsatilgan.
Xalqaro rouminga bo‘la turib qong‘iroqlarni qabul qilish Markaziga qo‘ng‘iroq qilish uchun quyidagi raqamlarni terish lozim:
+ (998 – davlat kodi) (93 – operator kodi) (180 00 00)
E’tibor bering, chet elga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun "Rouming - Online" xizmati yoqilgan bolishi zarur. Ucell qong‘iroqlarni qabul qilish Markaziga rouming xizmatidan foydalanib qo‘ng‘iroq qilinsa, to‘lov rouming-operator tarifi asosida to‘lanadi.
Ucell sotuv markazlarining manzillari haqida ma’lumotlarni "Qanday qilib bizni topish mumkin" bo‘limida olish mumkin.
Ha. Siz boshqa shaharda joylashgan Ucell sotuv markazlariga murojaat etgan holda, "Rouming - Online" xizmatini yoqtirishingiz mumkin. Shuningdek, "Rouming - Online" xizmatini faollashtirish, tekshirish va boshqarish uchun *155# raqamiga bepul so‘rov jo‘natib menyudagi yo‘riqnomalardan foydalanish mumkin.
Ucell sotuv markazlarida horijiy pasport yoki haydovchilik guvohnoma asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Shu yerda e’tibor bering, yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan hujjatlar asosida ba’zi xizmatlar ko‘rsatilmaydi (masalan, egasini almashtirish). Horijiy passport yoki haydovchilik guvohnomasi asosida taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yhati haqida to‘liq ma’lumotni qong‘iroqlarni qabul qilish Markazida aniqlab olish mumkin.
O‘z raqamingizni tiklash uchun Ucell xizmat ko‘rsatish Markaziga kelish va "SIM-kartani almashtirish" xizmatidan foydalanish lozim. Shu o‘rinda raqam saqlanib qolinadi. Mijoz o‘zi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib kelishi kerak. Ushbu xizmat pullik.
Vaqtinchalik raqamni blok holatiga tushirish uchun Siz tun va kun davomida ishlaydigan Ucell ma’lumotnoma xizmatiga quyidagi raqamlar orqali murojaat etishingiz mumkin (+99893) 180 00 00, 181 0000.
Siz SIM-kartani tiklay olmaysiz, chunki siz ushbu SIM-karta egasi hisoblanmaysiz. Xizmatlar shartnoma tuzgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan shaxsga ko‘rsatiladi.
Ha. PIN-kodni tiklash uchun xizmat ko‘rsatuvchi Markazga yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, pasport (Postpaid va Prepaid tizimidagi abonentlar uchun) yoki haydovchilik guvohnomasi (faqatgina Postpaid abonentlar uchun) bilan murojaat etishi lozim. Ma’lumotlar faqatgina telefon raqam egasiga taqdim etiladi.
Ha. Har qanday ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilganda Kompaniyani xabardor qilish lozim.
Shartnomani tiklash uchun Siz yoningizda o‘z pasportingizga ega bo‘lgan holda xizmat ko‘rsatish Markaziga murojaat etishingiz lozim.
Boshqa shaxsga telefon raqamimdan foydalish huquqini berish uchun, ya‘ni raqamni boshqa abonentga qayta rasmiylashtirish uchun shartnoma egasi va qabul qiluvchi tomon yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan (O‘zR fuqorosining pasporti) hamda boshqa shaxsga rasmiylashtirilayotgan hamma hisob raqamlarida hech qanday qarzsiz Ucell sotuv markaziga kelishi lozim. Xizmat bahosi – 12630 so‘m.
Quyida keltirilgan usullardan foydalangan holda, siz o‘zingiz hohlagan vaqt mobayni uchun hisobingiz haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
• Siz albatta Kompaniyaning Xizmat – Markaziga o‘zingiz kelishingiz lozim. O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatga (masalan, pasport yoki haydovchilik guvohnoma) ega bo‘lishingiz lozim. O‘z qo‘ng‘iroqlaringiz haqidagi batafsil ma’lumotlarni olish uchun yoki "Elektron manzil orqali qo‘ng‘iroqlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etish" xizmatini (ushbu xizmat faqatgina Postpaid abonentlari uchungina taqdim etiladi) yoqtirish.Yo‘q. Ushbu xizmat faqatgina shartnoma tuzgan shaxsga shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilgandagina tadqim etiladi.
Uyali telefon apparatingizdan 112 raqamini terishingiz lozim. Radio to‘lqin tarmog‘ida siz qutqaruv Xizmati operatori bilan bog‘lanasiz. Qo‘ng‘iroq bepul bo‘lib, SIM-karta blok holatida ham va telefon appratida SIM-karta mavjud bo‘lmagan taqdirda ham, qo‘ng‘iroqni amalga oshirish mumkin.
Quyidagi usullardan foydalangan holda, o‘z hisob raqamingizdagi qoldig‘ni tekshirishingiz mumkin:
• O‘z uyali telefon apparatingizdan *100# buyruqni tering (faqat Prepaid abonentlari uchun) yoki *110# buyruqni (faqat Postpaid abonentlari uchun);Uyali aloqa telefonlarining ko‘p turlari ikki honali 01,02,03,04 raqamlarni terish imkoniyatini bermaydi, shuning uchun favqulodda yordam xizmatining raqamlarini quyidagi yollar bilan terish tavfsiya etiladi:
- 101 – Yong‘in havfsizligi xizmatiFavqulodda yordam xizmatlariga qo‘ng‘iroq bepul va hatto salbiy balans holatida ham amalga oshirish imkoniyati bor.
• «Kayfiyat», «COSMO» va «Tantana» tizimlari tarif rejalarida va «Ovoz 15» tarif rejasida – 120 kun;
• «Diyorim», «Student», «Ko‘proq!», «Marhamat», «Oddiy» va «Start 10» tarif rejalarida – 90 kun;
• Boshqa barcha tariff rejalarida – 150 kun.
Postpaid.
SIM-karta yoki sizning uyali telefoningiz yo‘qotilganda Siz Ucell qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish Markaziga qo‘ng‘iroq qilib, sizning telefon raqamingizdan noqonuniy foydalanishmasligi uchun blok holatiga tushirishingiz zarur. Hamda, raqamni tezkor blok holatiga tushirish uchun shartnoma egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan yaqin atrofda joylashgan Ucell sotuv markaziga murojaat etishi mumkin.
Telefon raqamning hisobida pul mablag‘i o‘zgargan vaqtdan boshlab yoki hisobida pul mablag‘i tugagan davrdan boshlab raqam:
• 120 kun davomida saqlanadi – agar «Kayfiyat», «COSMO», «Tantana» tizimlari tarif rejalarida yoki «Ovoz 15» tarif rejasida bo‘lsa;
• 90 kun davomida saqlanadi – agar «Diyorim», «Student», «Ko‘proq!», «Marhamat», «Oddiy» yoki «Start 10» tarif rejalaridan birida bo‘lsa;
• Qolgan boshqa tariff rejalarida bo‘lsa - 150 kun davomida saqlanadi.
Mavjud raqamni faqatgina Ucell xizmatlar ko‘rsatish Markazida almashtirish mumkin.
Agar telefon raqam jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, yoningizda pasport yoki haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishingiz lozim.
Yuridik shaxs nomiga rasmiylashtirilgan raqamni o‘zgartirish uchun korxona muhri bilan tasdiqlangan hat – faks jo’natish lozim. Hatda o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan telefon raqamlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Qo‘ng‘iroq chaqirilayotgan tarmog‘ avtoxabarchisi B-javob xabarini berganda (muvaffaqiyat bilan chaqiruv qo‘ng‘irog’i ulanganligini tasdiqlovchi xizmat xabari) tariflanadi. Bundan tashqari, ushbu xabar qo‘ng‘iroq yo‘naltirilgan tranzit tarmog‘larni ham yuzaga keltiradi.
Abonent to’lovi yechilayotgan vaqtda balansingizda ushbu to’lovni amalga oshirish uchun etarli bo’lmagan miqdordagi mablag’ qo’lgan bolsa, abonent to’lovi bir martda to’liq miqdorda yechiladi va balansingiz minus holatiga kiradi. Tarifda belgilangan daqiqalar esa to’la miqdorda belgilanadi va aktiv holatga o’tkaningizdan so’ng amal qiladi.
Xizmatni ulash narxi -
Agar siz Ucell abonenti bo‘lsangiz, siz tanlangan xizmatni yoqishingiz mumkin.
Buning uchun raqamingiz yoki bir martalik parol kiritib maqsadingizni tasdiqlang
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Xizmatni faollashtirish muvaffaqiyatli bo‘ldi
Bir martalik parol ko‘rsatilgan raqamga SMS orqali jo‘natildi.
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!