Ma’lumotlar
Firibgarlikning oldini olish

Firibgarlikning oldini olish

Hurmatli Abonentlar! Diqqat qiling!

Agar o‘zingizga bo‘lgan qo‘ng‘iroq xorijdan ekanligini bilsangiz, lekin telefoningiz O‘zbekiston operatorlaridan birining telefon raqamini ko‘rsatsa, bunday hollarda telefoningizda ko‘rsatilgan raqam haqida ma’lumot berishingizni so‘raymiz:
Shu tariqa, siz sifatli aloqa xizmatlariga bo‘lgan o‘z huquqingizni himoya qilasiz va firibgarlar harakatlarini kamaytirishda operatorga yordam berasiz.

Ko’proq ma’lumot 

Hamkorlik uchun oldindan rahmat!

 

 

 

Mobil firibgarlar bilan bog‘liq voqealarning soni ko‘payib borayotgani sabab, Ucell – ortiqcha moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish uchun abonentlarni hushyorlikka chorlaydi.

Abonentning shaxsiy hisobidan ruxsatsiz mablag‘ yechib olinishiga sabab bo‘lgan quyidagi mobil firibgarlik turlarining chizmalari keng tarqalgan:

  • Abonent yutuq yoki ma’lum harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida SMS-xabar qabul qiladi. 
  • Abonent bank kartasi bloklangani, shundan so‘ng unga qo‘ng‘iroq qilish yoki ma‘lum bir harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida SMS-xabar qabul qiladi. 
  • Firibgar abonentga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini biror bir xizmatni amaliyotda sinayotgan aloqa operatori deb tanishtiradi. Abonentdan ma‘lum bir harakatlarni amalga oshirish yoki qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi. 
  • Abonent ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini blokdan yechish uchun SMS-xabar jo‘natishi kerakligi haqida SMS-xabarnomani qabul qiladi.
  • Abonent noma’lum raqamdan faol yo‘llanmaga ega MMS-otkritka yoki SMS-xabar qabul qiladi.
  • Abonentga noma’lum raqamdan (odatda chet el raqamidan) qo‘ng‘iroq qilinadi. Qo‘ng‘iroq qabul qilingandan so‘ng aloqa uzilib qoladi va abonentga noma’lum raqamdan qayta qo‘ng‘iroq qilishni so‘ralgan SMS-xabar keladi. Xabarda keltirilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish vaqtida abonent avtoinformatorga ulanadi. Avtoinformatorning vazifasi esa – abonentning hisobidan ko‘proq mablag‘ yechilguniga qadar uni tarmoqda iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. 

Diqqat! Agarda Siz yuqorida keltirib o‘tilgan holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Siz firibgarlikning qurboniga aylanishingiz mumkin. Mobil firibgarlik oqibatlarini oldini olish uchun, iltimos, quyida keltirilgan ehtiyotkorlik choralarini ko‘ring:

  • Yo‘riqnomalarga, begona kishining aytib turgan harakatlariga va/yoki so‘rovlarga amal qilishga shoshilmang;
  • Gumon uyg‘otuvchi manbalarga ishonmang;
  • Qabul qilingan ma’lumotga oydinlik kiritish uchun Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling
Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi
Bog‘lanish
raqamlari
Ishlash tartibi
Ucell abonentlari uchun
8123
24 soat davomida
Boshqa mobil operatorlarining abonentlari uchun
+998(93)1800000 +998(93)1810000
Shahar telefonlari uchun
0 (593) 1800000
0 (593) 1810000
  • Hech qachon noma’lum kishilarga, ular o‘zlarini bank, muhim muassasa, organ hodimi deb tanishtirgan hollarida ham, o‘z shaxsiy ma‘lumotlaringizni e’lon qilmang;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda konfidensial (maxfiy) ma’lumotlaringizni chop etmang;
  • Noma‘lum raqamlardan kelgan fayllarni ochmang, noma‘lum yo‘llanmalarga kirmang;
  • Noma‘lum raqamlardan kelgan hamda faol yo‘llanmalarni jamlagan xabarlarni o‘chirib tashlang;
  • Noma‘lum manbalardan telefoningizga dastur va o‘yinlar yuklamang;
  • Telefoningiz uchun faqatgina rasmiy ta‘minlovchilar taqdim etgan antivirus dasturlaridan foydalaning;
  • Shubhali raqamlarga SMS-xabar yo‘llamang;
  • Noma‘lum xalqaro raqamlarga qayta qo‘ng‘iroq qilmang, SMS va qo‘ng‘iroq kelib tushgan raqam qaysi davlatga tegishli ekanini Ucell Aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, aniqlang.
  • SIM-kartangizni begonalar qo‘liga bermang, xizmat ko‘rsatish va telefon ta‘mirlash markazlarida unutib qoldirmang. Doimo yodda saqlang:  zamoniy uskunalarda SIM-kartani klonlashtirish atigi bir necha soniyalarni o‘z ichiga oladi. SIM-kartani klonlashtirish jiddiy moliyaviy va boshqa qator zararlarga sabab bo‘lishi ham mumkin;
  • "Mobil o'tkazma" xizmati yordamida pul o‘tkazish jarayonida hushyor bo‘ling. Faqatgina Sizga ma’lum raqamlarga pul o‘tkazing va diqqat bilan kiritgan ma‘lumotlaringizni tekshiring;
  • Telefoningizning IMEI (noyob kodi) ni yodda saqlang! IMEI ni *#06# raqamiga so‘rov yuborib, bilishingiz mumkin. Telefoningizni o‘g‘irlash/yo‘qotish holatlarida, agarda undan bir marta bo‘lsa ham chiqish qo‘ng‘irog‘i amalga oshirilsa, uni topish imkoni mavjud. Qisqa muddat davomida Ucell Sotuvlar va Abonentlarga xizmat ko’rsatish markazlariga murajaat qilib, SIM-kartani bloklash yoki qayta tiklash kerak. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida militsiyaga murojaat etish lozim.            

Ota-onalarga tavsiyalar:

  • Farzandingizga qimmatbaho telefon xarid qilmang;
  • Farzandingiz telefonida rouming, xalqaro aloqa va GPRS-Internet xizmatlarini o‘chirib qo‘ying;
  • Keraksiz qo‘ng‘iroqlardan farzandingizni himoyalash maqsadida "Qo‘ng‘iroqlar filtri" xizmatidan foydalaning;
  • Farzandingizga shoshilinch xizmat raqamlari haqida so‘zlab bering
Xizmat turi
Yangi raqam
Yong‘in xavfsizligi
101
Militsiya
102
Tez yordam
103
Gaz xizmati
104
Ma‘lumot olish
109
Qutqaruv xizmati
1050
Boshqa xizmatlar
10ХХ
  • Farzandingiz telefonida, Siz bilan bog‘lanish raqamlarini tezkor terishga o‘rnatib, 1 ta tugma bilan qo‘ng‘iroq qilish imkonini yarating;
  • "Ota-onalar nazorati" xizmatidan foydalanib, farzandingizni zararli Internet sahifalaridan chegaralang.

Ucell o‘z mijozlarini mobil xizmatlarning vijdonsiz foydalanuvchilaridan hamda mobil firibgarlardan himoya qilishga harakat qiladi.

Biz Sizni ko‘zlanmagan salbiy vaziyatlardan asraymiz! Siz har doim "Shaxsiy kabinet" orqali "Firibgarlikda shubhalanish" bo‘limini tanlab murojaat qilishingiz yoki Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroq qilsangiz, mutaxassislar Sizga bajonidil yordam berishadi!

Mehr va etibor bilan, Sizning Ucell! 

 

 

 

 

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!