Mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, “Bor” va “TV Bor” tizimlaridagi tarif rejalarining abonentlari uchun roumingdagi internet-trafikdan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.
“Bor 70”, “Bor 80”, “Bor 90”, shuningdek “TV Bor”, “TV Bor Plus”, “TV Bor Max” tarif rejalarida MDH mamlakatlari bo‘ylab rouming uchun taqdim etilgan trafik qo‘shimcha tarzda quyidagi operatorlar tarmoqlarida ham amal qiladi: China Mobile (Xitoy), T-Mobile (AQSh).
“Bor 110”, “Bor 160” hamda “TV Bor Ultra” tarif rejalarida MDH mamlakatlari bo‘ylab rouming uchun taqdim etilgan trafik qo‘shimcha tarzda quyidagi operatorlar tarmoqlarida ham amal qiladi: China Mobile (Xitoy), T-Mobile (AQSh), Turkcell (Turkiya), STC (Saudiya Arabistoni).
Eslatib o‘tamiz, “Bor 110”, “Bor 160” hamda “TV Bor Ultra” tariflarida butun dunyo bo‘ylab rouming uchun internet-trafik ham ko‘zda tutilgan.
MDH mamlakatlari bo‘ylab rouming uchun taqdim etilgan trafik standart tarzda quyidagi operatorlar tarmoqlarida amal qiladi:
— Rossiya Federatsiyasi hududida MegaFon va t2;
— Tojikiston Respublikasida MegaFon;
— Qozog‘iston Respublikasida Tele2;
— Qirg‘iziston Respublikasida MegaCom.
