Ucell yangi hududlarni o‘zlashtirish jarayonida bo‘lib, tez orada ushbu tarmoq mazkur shaharlarning qolgan tumanlarida va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham amal qila boshlaydi. Tarmoqning qamrovi haqidagi ma’lumot taxminiy xarakterga ega bo‘lib, tarmoq qamrovining aniq holati va axborot uzatish/qabul qilishning haqiqiy tezligi bir qator omillarga bog‘liq: abonent qurilmasining turi va xususiyatlari, abonent joylashgan yerdagi radioto‘lqin sharoitlari, relyef xususiyatlari va meteorologik shart-sharoitlar, ayni o‘sha hududda bir vaqtning o‘zida ishlayotgan qurilmali abonentlar soni.