Dinamik ovozli pochta


Xizmatdan vaqtinchalik foydalanib bo‘lmaydi.

Dinamik ovozli pochta Sizga qo‘ng‘iroq qilib tusholmagan abonentlarga, Siz uchun ovozli xabar qoldirish imkoniyatini beradi.

Xizmat (ulanish, bekor qilish, holatni tekshirish) *977# raqamiga bepul USSD-so‘rov yuborish orqali amalga oshiriladi.

Raqamingiz tarmoqda paydo bo‘lganida, xizmat Siz pochtangizga yuborilgan yangi ovozli xabarlar
haqida ma‘lumot yuboradi. Ovozli xabarlarni eshitish uchun 9977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak
bo‘ladi. Ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilganingizda eshitish rejimi orqali ularni eshitib ko‘rishingiz
mumkin.

Xizmat bepul taqdim etiladi.
 
Ovozli xabarlarning maksimal miqdori (yangi va saqlanganlar)*
20
 
Bitta ovozli xabarning maksimal davomiyligi
60 soniya
 
Ovozli xabarlarni saqlash uchun maksimal muddat davri
2 kun
 
Bitta ovozli xabarning minimal davomiyligi
2 soniya
 
Ovozli xabarlar qutisini saqlash muddati
2 kun
 



*Ovozli xabarlar qutisida bo‘sh joy qolmasa, avval eng eski xabarlar o‘chiriladi. 
**Qoldirilgan ovozli xabarlarning muddati yakunlaganidan so‘ng, agarda qutida yangi xabarlar bo‘lmasa, quti avtomatik tarzda o‘chiriladi. Agarda yangi yangi ovozli xabarlar kelib tushsa, unday holatda quti avtomatik tarzda qayta tiklanadi.



"Dinamik ovozli pochta" xizmati "Ovozli pochta", "Barcha uchun ovozli pochta" va "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmatlari bilan birga ishlamaydi. "Dinamik ovozli pochta" xizmatini faollashtirish uchun, avval yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kerak bo‘ladi.  

  • Abonent qurilma sozlamalarida qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish orqali xizmatni ulagan holda kompaniya xizmat faoliyati va sifati uchun javobgar emas.

ESLATMA: Аgar Siz O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, Ucell rouming-hamkorlaridan birining xizmatlaridan foydalansangiz, "Dinamik ovozli pochta" xizmatiga ulanish uchun qilingan qo‘ng‘iroqlar narxi (kirish va chiqish) rouming tariflari asosida baholanadi.

Rouming bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlarning oldini olish uchun, agar Siz O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Ucell SIM-kartasidan foydalanmasangiz, Kompaniya Sizga quyidagilarni tavsiya etadi:

  • Mamkalatdan chiqishdan oldin kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishning har qanday turini o‘chirib tashlang (USSD-so‘rovlar orqali: ##67# – bandligingiz sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##62# – aloqa yo‘qligi  sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##61# - javob bo’lmagan sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish);
  • Ovozli pochta va Dinamik ovozli pochta xizmatlarini (*977*3*2# va *977*4*2# USSD-so‘rovlari orqali) o‘chiring;
  • Rouming xizmati o‘chirilganligiga (*155*3# USSD-so‘rovi orqali)  ishonch hosil qiling;
  • Rouming xizmati faol bo‘lgan hollarda chet el operatori tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tmang. Rouming xizmati faol bo‘lmagan holda, roumingda hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi.


Qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentlar tarifikatsiyasi
Ovozli signaldan so‘ng qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun chiqish qo‘ng‘irog‘ining narxi – tarifda belgilangan chiqish qo‘ng‘iroqlariga asosan belgilanadi