Tungi internet -to'plamlar

Tunda internetdan foydalanib turasizmi?

Tungi internet-to‘plamlar – bu tungi vaqtda qulay foydalanish uchun hamyonbop narxda ko‘p internet-trafik.

Xizmatlarni qulay boshqarish uchun Ucell mobil ilovasini yuklab oling. Batafsil:

 

To‘plam

5 GB
20 000 so‘m

To‘plam

20 GB
45 000 so‘m
Paket haqida ma'lumot

Xizmat shartlari

  • Ajratilgan internet-trafik limiti to‘liq sarflanib bo‘lganidan so‘ng, tarmoqqa kirish tezligi pasayadi va xizmatning amal qilish muddati tugagunicha 64 kbit/soniyadan oshmaydigan holatda ishlaydi.
  • Xizmat avtomatik uzaytirish funksiyasiga ega emas, shuning uchun xizmatdan foydalanishda davom etish uchun keyingi davrda abonent xizmatni qaytadan faollashtirishi lozim.
  • "Tungi internet-to'plamlar" quyidagi tariflarda amal qilmaydi: "Minnatdormiz!", "Special Unlim", "Special Unlim Turbo", "Sof 150".
  • Quyidagi xizmatlar faol bo‘lganida mazkur xizmatdan foydalanib bo‘lmaydi: “Tungi internet”, “Internet Mega-BOOM”, “Bolalar uchun”, “4Gni sinab ko‘r”, “Oylik 4G internet-to‘plamlar”, “Cheksiz internet-to‘plamlar”, “Maksimal internet”, iTV onlayn-kinoteatri, Mediabay onlayn kinoteatri, "Trafik+".
  • Xizmat doirasida internet-trafikni faollashtirish va undan foydalanish imkoni faqat faol holatda bo‘lgan haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari uchungina mavjud.
  • Soat 9:00 dan 1:00 gacha sarflangan internet-trafik tarif rejasiga muvofiq narxlanadi.
  • Agar xizmatni faollashtirish paytida internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, internet-sessiyani uzib, USSD-so‘rov orqali xizmatni ulab, va shundan keyin internet-sessiyani qaytadan ulashingiz lozim.
  • Xizmat to‘g‘ri ishlashi uchun soat 01:00 da va 09:00 da internet-sessiyani uzib, keyin qaytadan ulash lozim.
  • Agar abonent qurilmasining tarmoq rejimi avtomatik qilib sozlangan bo‘lsa: 2G/3G/4G yoki faqat 4G tarmog‘i rejimiga sozlangan bo‘lsa, qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirishdan avval abonent qurilmasini quyidagi rejimlardan biriga sozlash lozim: 2G/3G/Faqat 2G/Faqat 3G.
  • Qo‘shimcha xizmat muvaffaqiyatli faollashtirilganidan keyin abonent qurilmangizda tarmoq rejimini o‘zingizga ma’qul rejimga sozlashingiz mumkin.
  • USSD-so‘rov jo‘natilganidan keyin *616# USSD-so‘rovi yordamida xizmat samarali faollashtirilganligini tekshirish lozim. Agar xizmat faollashtirilgani tasdiqlanmasa Kompaniya shikoyatlarni qabul qilmaydi hamda qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.