«Yagona hisob» xizmati, tarif reja bo’yicha abonent to’lovi yechilishining keyingi sanasi, tarif rejasi va ulangan barcha xizmatlar doirasidagi limitlar qoldiqlari haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Ma’lumotni *900# so‘rovini yuborib olish mumkin
Xizmat bepul.
*900# USSD-so‘rovi orqali Siz asosiy hisobingiz holati, hamda tarif reja va uning abonent to’lovi yechiladigan sana*, shuningdek ulangan barcha xizmatlar doirasidagi limitlar (daqiqa, SMS, MB) qoldiq’I haqida ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
* Abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasi joriy davr uchun abonent to’lovi muvaffaqiyatli yechilgan bo’lsagina aks etadi.
Xizmat ushbu so‘rov yuborilgan raqam bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.
*900# so‘rovini yuborishda, cheksiz internet-trafik muayyan limit tugaganidan so‘ng cheklangan tezlikda taqdim etiladigan xizmatlar doirasidagi, shuningdek, faqat ma’lum bir guruh abonentlari (faqat muayyan tariflar, hududlar abonentlari va h.k.) uchun taqdim etiluvchi xizmatlar/vaqtinchalik aksiyalar doirasidagi limitlar ko‘rsatilmaydi.
Xizmat barcha Prepaid abonentlari uchun amal qiladi.
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!