Kundalik SMS-to‘plamlar



Kundalik SMS-to‘plamlar – shunday xizmatki, uning doirasida Ucell abonentiga O‘zbekiston bo‘yicha bepul SMS muloqotda bo‘lish uchun ma’lum miqdorda kundalik chiqish SMSlari taqdim qilinadi.

Xizmatlarni qulay boshqarish uchun Ucell mobil ilovasini yuklab oling.  Batafsil:


Активация - *148#

 

 

 
SMS-To’plam nomi
SMS miqdori
SMS-To’plam narxi
To’liq so’rov
 
25 SMS
25
631,5 so'm
*148*1*#
 
40 SMS
40
842 so'm
*148*1*2#
 
75 SMS
75
1 263 so'm
**148*1*3#
 

To'plam

Kundalik SMS-to‘plamlar – shunday xizmatki, uning doirasida Ucell abonentiga O‘zbekiston bo‘yicha bepul SMS muloqotda bo‘lish uchun ma’lum miqdorda kundalik chiqish SMSlari taqdim qilinadi.

*148# va qo‘ng‘iroq tugmasini terib, Siz quyidagi kundalik SMS-to‘plamlardan biriga ulanishingiz mumkin:

 

Xizmatni boshqarish

*148*1# Ulanish
*148*2# O‘chirish
*148*3# Holatini tekshirish
*148*4# Xizmat haqida


Xizmatni taqdim qilish shartlari

  • Xizmatga faqat haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat abonentlari ulanishi mumkin;
  • Xizmatdan foydalanganlik uchun abonent to‘lovi har kuni yechib olinadi;
  • Kunlik SMS-to‘plamlar “Doimiy” hamda “Sof” tizimlari tarif rejalarining, shuningdek “Start 10”, “Ovoz 15” va “Internet 60” tarif rejalarining abonentlari uchun amal qilmaydi.
  • Tarif rejasini “Doimiy” tizimi tarif rejalariga yoki “Start 10”, “Ovoz 15”, “Internet 60” tarif rejalariga almashtirishda “Kunlik SMS-to‘plamlar” xizmati hamda “Qadrdonlar” sodiqlik dasturi doirasidagi “Kunlik SMS-to‘plamlar” xizmati bekor qilinadi, limitlar qoldiqlari esa nollashtiriladi.
  • To‘plamlardan biriga ulanish chog‘ida avval faollashgan to‘plam avtomatik tarzda o‘chiriladi, shunga qaramay qoldiq SMS lar yangi SMS-xabarlar soniga qo‘shiladi;
  • SMS-xabarlar miqdori ulangan to‘plamdan kelib chiqqan holda beriladi;
  • Xizmat doirasida taqdim etilayotgan SMS-xabarlar O‘zbekiston Respublikasining barcha yo‘nalishlariga sarf qilinishi mumkin;
  • Kun davomida ishlatilmay qolgan SMS-xabarlar keyingi taqdim etilgan SMS-xabarlar bonusiga qo‘shiladi;
  • Kunlik SMSlardan 30 kun foydalanish mumkin;
  • Ishlatilmay qolgan SMS-xabarlarning qo‘shib berilishi muddati – xizmatga ulangan vaqtdan boshlab 30 kun;
  • Agar "Kunlik SMS-to‘plamlar" xizmati doirasida berilgan SMS-xabarlarning kundalik miqdori to‘la sarflangan bo‘lsa, kun davomidagi keyingi chiqish SMS-xabarlari tarif rejasiga muvofiq tariflanadi;
  • Kunlik SMS-to‘plamlar avtomatik ravishda berilgan vaqtda abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, xizmat bahosi ulangan to‘plamga muvofiq tarzda yechib olinadi va SMS-to‘plamning kundalik bonusi taqdim qilinadi, abonent esa bloklangan holatga o‘tkaziladi;
  • Xizmat ulangan va abonent bloklangan holatda xizmat uchun haq to‘lanmaydi va kundalik SMS-xabarlar taqdim qilinmaydi;
  • Bir vaqtning o‘zida "Kunlik SMS-to‘plamlar" xizmati yoqilgan va oylik SMS-to‘plamlardan biriga ulangan holda, avval "Kunlik SMS-to‘plamlar" xizmati doirasidagi SMS-xabarlar sarflanadi;
  • Agar tarif rejasi doirasida bonus SMS-xabarlari berilgan bo‘lsa masalan;
  • To‘plamlardan biri o‘chirilsa, avvalgi belgilangan va ishlatilmagan bepul SMSlar o‘chib ketadi.
  • “Kunlik SMS-to‘plamlar” ochirilganida “U-to‘lov orqali hisob to‘ldirish evaziga bonuslar" aksiyasi doirasidagi bonusli SMSlar nolga teng bo‘ladi.
  • "Kunlik SMS-to‘plamlar" ochirilganida "Oson almashuv" xizmati doirasidagi bonusli SMSlar nolga teng bo‘ladi.
  • "Yaqinlar" tarifi abonentlari uchun eksklyuziv korporativ guruh ichida jo‘natilgan SMS-xabarlar SMS-to‘plamlar bilan taqdim qilingan bonusli SMSlar hisobidan hamda tarif bo‘yicha taqdim qilingan SMS-xabarlar hisobidan sarflanadi.

Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.

“Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi doirasida “Kunlik SMS-to‘plamlar” xizmati “Qadrli” maqomidagi abonentlarga xizmat doirasida 3 karra ko‘paytirilgan limitlar bilan taqdim etiladi. Mazkur xizmatdan *136# USSD-so‘rovi orqali foydalanish mumkin. Batafsil

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!

Ucell Kundalik SMS-to‘plamlari –SMSlar to‘plamini faollashtirish