Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish


Raqamni boshqa shaxs nomiga qayta ro‘yhatdan o‘tkazish uchun kerakli yozma arizani toldirishingiz lozim.

Buning uchun shahringizda joylashganUcell Sotuv va abonentlarga xizmat ko'rsatish markazlariga murojaat qilishingiz kerak. Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘zingiz bilan shahsingizni aniqlovchi pasport olishni unutmang. Shuningdek, ushbu xizmatni taqdim etish ariza varag‘ini to‘ldirishingiz lozim. Shu borada Abonent (Ishonch bildiruvchi) vakili bo‘lish uchun yoki uning nomidan ish tutish uchun Kompaniyaga murojaat qilib Ishonchnoma taqdim etganingizda, pasportingiz yoningizda bo‘lishi hamda quyidagi ma’lumot va harakatlar Ishonchnomada albatta aks ettirilgan bo‘lishi kerak:

  • Ishonchnoma berilgan joy va sana; Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • Pasprot ma’lumotlari (seriya va raqami, berilgan sana\kim tomondan berilganligi, amal qilish muddati);
  • Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning doimiy yoki vaqtinchalik propiska (ro‘yxat) bo‘yicha yashash joyi;
  • Ishonchli vakilga berilgan vakolatlar doirasi (aniq abonent raqam(lar)ini ko‘rsatgan holda);
  • shonch bildiruvchining pasport nusxasi;
  • Ishonchli vakil pasportining asl nusxasi.

Agar siz chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsangiz va ichki ID-kartangiz yoki haydovchilik guvohnomangiz bo‘lmasa, u holda siz doimiy konsullik ro‘yxati haqidagi belgi (shtamp) tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasportini taqdim etishingiz mumkin.

 

Xizmat narxi QQS bilan birga – 50 000 so‘m.

 

14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxs nomiga Shartnomani qayta rasmiylashtirish uchun quyidagilar taqdim etilishi lozim:

1. 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxsning ota-onasi, tutingan ota-onasi yoki vasiysining yozma roziligi,

2. 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxsning hamda Shartnoma qayta rasmiylashtirilishiga yozma rozilik bergan ota-onasi, tutingan ota-onasi yoki vasiysining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar,

3. 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxs hamda Shartnoma qayta rasmiylashtirilishiga yozma rozilik bergan ota-onasi, tutingan ota-onasi yoki vasiysining qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat (14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxsning Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki vasiylikni tasdiqlovchi hujjat).

Chet el fuqarosi – 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxs bilan Shartnomani qayta rasmiylashtirish uchun quyidagilar taqdim etilishi lozim:

1. Chet el fuqarosi – 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxs ota-onasining, tutingan ota-onasining yoki vasiysining yozma roziligi;

2. Yozma rozilik bergan ota-onaning, tutingan ota-onaning yoki vasiyning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

3. Chet el fuqarosi – 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxsning chet el fuqarosi pasporti (vizasiz rejimdagi mamlakatlar fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirganligi qaydi bilan, vizali rejimdagi mamlakatlar fuqarolari uchun amaldagi viza bilan);

4. Chet el fuqarosi – 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxsning hamda Shartnomani qayta rasmiylashtirishga yozma rozilik bergan ota-onasining, tutingan ota-onasining yoki vasiysining qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat (14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxsning Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki vasiylikni tasdiqlovchi hujjat).

 

Abonent vafot etgan holatlarda, raqam marhumning yaqin qarindoshlaridan (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li, qizi, akasi, ukasi, opasi, singlisi) birining nomiga qayta rasmiylashtirilganda quyidagilar talab etiladi:

 

  • o‘lim haqidagi guvohnomasi (hujjatning asli); 
  • vafot etgan shaxs bilan qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning yoki nikoh guvohnomasining asli).

 

Shartnomani Abonentning yaqin qarindoshlariga qayta rasmiylashtirish, agar quyidagilar mavjud bo‘lsa, raqam toifasi bo‘yicha o‘rnatilgan foiz stavkasi qo‘llanmagan holda amalga oshiriladi: 

 

  • qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning yoki nikoh guvohnomasining asli).

 

Eslatma: Ulanish/xizmatlar ko‘rsatishga hujjatlar to‘plamini rasmiylashtirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan, ma’lumotnomaning haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirishga imkon beruvchi QR-kodli ma’lumotnoma va guvohnomalar (propiska, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi/nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma) ham qabul qilinishi mumkin.

 

Pullik toifalardagi raqamlar uchun Shartnomani qayta rasmiylashtirish shartlari:

 

  •  Raqamlarning foiz stavkasi jadvali:

 

Raqam toifasi Raqam narxi

Qayta rasmylashtirishda

raqam narxidan to’lov %

STEEL 10 000 25%
BRONZE 50 000 25%
SILVER 100 000 25%
GOLD 250 000 25%
PLATINUM 500 000 25%
VIP 1 000 000 10%
LUX  3 000 000 10%
LUX+ 5 000 000 10%
SPECIAL+  10 000 000 5%
PRIVILEGE  20 000 000 5%
PRIVILEGE+ 30 000 000 5%
DIAMOND 50 000 000 5%
DIAMOND+ 75 000 000 5%
ELITE 100 000 000 5%
ELITE+ 150 000 000 5%
LUXURY 300 000 000 5%
EXCLUSIVE  500 000 000 5%

 

  • Kompaniyaning o'z ofislarida:

 

Raqam ulanganidan keyin shartnomani birinchi marta qayta rasmiylashtirishda, agar abonent raqamni 2 yildan oshiq ishlatayotgan bo'lsa, raqam toifasidan foiz stavkasi olinmaydi. Faqat xizmat haqi olinadi.

 

Kompaniyaning o'z ofislarida shartnomani abonentlarning yaqin qarindoshlaridan (otasi, onasi, turmush o'rtog'i, o'g'li, qizi, akasi, ukasi, opasi, singlisi) birining nomiga qayta rasmiylashtirishda, raqam toifasidan foiz stavkasi olinmaydi. Faqat xizmat haqi olinadi.

 

  • O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida / MyGOV mobil ilovasida:

 

Raqam ulanganidan keyin shartnomani birinchi marta qayta rasmiylashtirishda, agar abonent raqamni 2 yildan oshiq ishlatayotgan bo'lsa, raqam toifasidan foiz stavkasi olinmaydi. Faqat xizmat haqi olinadi.

 

Shartnomani abonentlarning yaqin qarindoshlaridan (otasi, onasi, turmush o'rtog'i, o'g'li, qizi, akasi, ukasi, opasi, singlisi) birining nomiga qayta rasmiylashtirishda, raqam toifasidan foiz stavkasi raqamlarning foiz stavkasi jadvaliga muvofiq olinadi.

 

Xizmat ko'rsatish haqi raqamning oldingi egasidan, raqamning foiz stavkasi yangi egasidan olinadi.

 

 

 

 

Ucell Raqamni qayta rasmiylashtirish – raqamni boshqa shaxs nomiga o‘tkazish