"Kirish qo‘ng‘iroqlarini boshqa raqamga yo‘naltirish"

 

 

Kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish sizga kirish qo‘ng‘iroqlarini siz tomondan ko‘rsatilgan telefon raqamiga o‘tkazilishi imkonini beradi. Siz kirish qo‘ng‘iroqlarini o‘zingiz istagan O’zbekiston miqyosidagi boshqa raqamga, shu qatorda shaharlararo raqamlarga yo‘naltirishni o‘rnatishingiz mumkin.

 

Yo’naltirilgan qo’ng’iroqning bir daqiqasi narxi shu raqamga chiqish qo’ng’irog’ining bir daqiqasiga teng.

 

USSD buyruqlar balansni tekshirish, xizmatlarni ulash va raqam bo‘yicha ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Bunday buyruqlar to‘g‘ri ishlashi uchun telefon 3G tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.

 

LTE tarmog‘ida USSD-buyruqlar jo‘natilmaydi.

 


Qo’ng’iroqni boshqa raqamga yo’naltirish xizmati xalqaro raqamlar yo’nalishida amal qilmaydi.

Qo’ng’iroqlar ushbu korporativ guruh ichida  boshqa telefon raqamiga yo’naltirilganida, qo’ng’iroq bir daqiqasining narxlanishi abonent tarifida  tarmoq ichidagi bir daqiqa narxiga asosan amalga oshiriladi. Shuningdek, boshqa raqamga yo’naltirilgan qo’ng’iroqlar tarif ichida taqdim qilinadigan bepul daqiqalar miqdorini sarflaydi.

Kirish qo‘ng‘iroqlari yo‘naltiriladigan telefon raqami xalqaro formatda ko‘rsatilishi kerak. Masalan, Toshkent shahri raqami uchun +99871ХХХХХХХ, bunda XXXXXXX – ettita belgili shahar raqami.

Ucellda kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirishning bir nechta turlari bor:

  • barcha kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish (All Calls) – Barcha kirish q‘ong‘iroqlari siz ko‘rsatgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi;
  • agar telefon band bo‘lsa (If Busy) – telefoningiz band bo‘lgan holatda barcha kirish q‘ong‘iroqlari siz ko‘rsatgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi;
  • agar telefoningiz xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa (If Not Reachable) – telefoningiz xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida yoki o‘chirilgan bo‘lsa, barcha kirish q‘ong‘iroqlari siz ko‘rsatgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi;
  • agar javob bo‘lmasa (If No Reply) – qo‘ng‘iroqqa 5-30 soniyaga qadar javob bermasangiz, barcha kirish q‘ong‘iroqlari siz ko‘rsatgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi.

Kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirishni o‘rnatish va bekor qilish.

Telefon menyusidan q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish (Call Divert) yordamida, masalan barcha kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish:

"Мenyu" > "q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish" (Call Divert) > "barch qo‘ng‘iroqlar" (All Calls) > "o‘rnatish" (Set yoki Activate) > telefon raqami > "ОК" (Set/Activate)

Quyidagi buyruqlar kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirishning barcha turlarida qo‘llanadi, faqat uchinchi harakat "All Calls" o‘rniga menyudan telefoningizga o‘rnatmoqchi bo‘lgan "If Busy", yoki "If Not Reachable", yoki "If No Reply" buyrugini tanlaysiz.

**21*telefon raqami  # yonaltirish. Barcha kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish
**67* telefon raqami  # yonaltirish. Agar telefon band bo‘lsa 
**62* telefon raqami  # yonaltirish. Agar telefoningiz xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa
**61*telefon raqami  # yonaltirish. Agar javob bo‘lmasa
Raqam +998YYxxxxxxx formatida bo’lishi kerak.

Kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirishni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz quyidagi harakatni tanlang:

##002#- Barcha q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirishni bekor qilish;
##004#- Barcha shartli q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish turlarini bekor qilish.

Xizmat haqida batafsil shartlarini yuklab olish
Ucell Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirish – kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirish qanday faollashtiriladi