SMS Filtr-Qora ro‘yxat
"SMS Filtr-Qora ro‘yxat" xizmati Qora ro‘yxatga kiritilgan Ucell abonentlari raqamlaridan kiruvchi SMS xabarlarni taqiqlash imkoniyatini beradi.
Xizmatni *324# qisqa raqamli USSD so‘rov yuborish orqali, hamda quyidagi USSD menu orqali boshqarish mumkin:
1-Xizmatni yoqish
2-Xizmatni o‘chirish
3-Xizmat holatni tekshirish
4-Qoshimcha ma’lumot
Xizmatga kompaniyaning faqatgina Prepaid abonentlari ulanishlari mumkin.
Raqamni xizmat Qora ro‘yxatiga qo‘shish
Xizmatni faollashtirganingizdan so‘ng, "SMS Filtr" xizmatinig Qora ro‘yxatiga siz tegishli abonentdan SMS xabarlarni qabul qilishni istamagan abonent raqamini kiritishingiz mumkin. Buning uchun, 324 qisqa raqamiga (qavslar va qo‘shtirnoqlarsiz) "(mamlakat kodi)(operator kodi)abonent raqami"matnli SMS xabar jo‘natishingiz lozim.
"SMS Filtr" xizmatinig Qora ro‘yxatiga 30 ta raqam kiritish mumkin.
Qora ro‘yxatdan raqamni o‘chirish
Avval "SMS Filtr" xizmatining Qora ro‘yxatiga kiritilgan abonent raqamini ro‘yxatdan o‘chirish uchun, 324 qisqa raqamiga (qavslar va qo‘shtirnoqlarsiz) "del(mamlakat kodi)(operator kodi)abonent raqami"matnli SMS xabar jo‘natishingiz lozim.
Qora ro‘yxatga kiritilgan raqamlar ro‘yxatini 324 raqamiga bo‘sh SMS xabar jo‘natish orqali qabul qilish mumkin.
324 qisqa raqamiga SMS xabar jo‘natish narxi - 0 so‘m .
Diqqat! Matni tarkibi ma‘lumot va xabarlardan tashkil topgan SMS xabarlarni "SMS Filtr-Qora ro‘yxat" xizmati orqali taqiqlab bo‘lmaydi.
"SMS Filtr" xizmatining Qora ro‘yxatiga faqatgina raqamlarni kiritish imkoniyati bor.
Qora ro‘yxatga faqat Ucell abonentlari raqamlarini kiritish mumkin.