Xizmatlarni qulay boshqarish uchun Ucell mobil ilovasini yuklab oling. Batafsil:
Xizmat faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun taqdim etiladi.
Xizmatdan foydalanishni boshlash uchun, *328#call tering va xizmatni bepul faollashtiring. Xizmatni faollashtirganingzdan keyin, do‘stingiz telefon raqamiga
“*(probel)kun/oy/yil(probel)soat:minut(probel)xabar matni” formatida (qo‘shtirnoqsiz) xizmat doirasida SMS xabar jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Masalan, do‘stingizning +99893xxxxxxx raqamiga “* 31/12/2011 22:50 Yangi Yil bilan tabriklayman!” matnli SMS xabar jo‘nating va do‘stingiz ushbu xabarni siz o‘rnatgan vaqtda qabul qilib oladilar.
SMS xabarlarni O‘zbekiston mobil operatorlari raqamlariga, hamda xalqaro mobil operatorlari raqamlariga yuborishingiz mumkin.
Rejalashtirilgan SMS ni yuborishdan oldin, xizmatni yoqishni, hamda yuborilayotgan xabar matni formatining to‘g‘ri yozilganligini tekshirishni unutmang.