Sizga kim qo‘ng‘iroq qilganidan boxabar bo‘ling!
*977# raqamiga USSD-so‘rov yuborib, o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida qay tartibda xabar topishni o‘zingiz tanlang!
Quyida keltirilgan xizmatlardan birini tanlab, telefoningiz o‘chirilgan yoki xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lganida, o‘z vaqtida Sizga kim qo‘ng‘iroq qilganidan xabar toping!
Ovozli pochta Sizga mobil kotib sifatida xizmat ko‘rsatadi. Ovozli pochta Sizga qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentlarga ovozli xabar qoldirishni taklif etadi, uni saqlaydi va xabar qabul qilingan sana va vaqt to‘g‘risida Sizga SMS-xabarnoma yuboradi. Shuningdek, xizmat doirasida telefoningiz o‘chirilgan yoki xizmat doirasidan tashqarida bo‘lganida o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida SMS-xabarnoma yuboradi.
9977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bosh menyuning aytib turishiga rioya qilib, Siz uchun qoldirilgan ovozli xabarlarni o‘zingizga qulay vaqtda eshitishingiz, ularni saqlab qo‘yishingiz yoki ushbu xizmatni ulagan boshqa Ucell abonentlariga yuborishingiz mumkin. Shuningdek, standart salomlashish o‘rniga yaqinlar, do‘stlar, hamkasblar yoki tanishlaringiz uchun foydali ma‘lumotlarni qo‘llagan holda, shaxsiy salomlashuvingizni yozib olishingiz mumkin.
https://vms.ucell.uz/ manzili bo‘yicha shaxsiy kabinetdan foydalanib, Siz ovozli xabarlarni (eshitish, saqlash, o‘chirish, yuklash) va o‘z ovozli poshtangiz sozlamalarini (aytib turish tilini tanlash, parol, salomlashuv) boshqarishingiz mumkin. Ovozli pochtani shaxsiy kabinet – https://vms.ucell.uz orqali boshqarish imkoniyati vaqtincha mavjud emas.
Muhim qo‘ng‘iroq kutyapsizmi, biroq telefoningiz yoningizda emasmi? Boshqa raqamlardan foydalangan holda, ovozli xabarlar xizmatiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiriting, shuningdek "Ovozli pochta" xizmatining barcha imkoniyatlaridan 1719977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib biling.
1719977 raqamiga chiqish qo‘ng‘irog‘ining narxi abonent foydalanayotgan tarif asosida belgilanadi.
1719977 raqamiga qo‘ng‘iroq yordamida shaxsiy kabinet va ovozli qutiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun 9977 raqamiga bo‘sh SMS yuboring.
Yodda saqlang! "Ovozli pochta" xizmati "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" va "Dinamik ovozli pochta" xizmatlari bilan birga amal qilmaydi. Shuning uchun "Ovozli pochta" xizmatini faollashtirishdan oldin, yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kerak bo‘ladi.
Xizmatga ulanish - 42.1 so‘m
Kunlik abonent to‘lovi - 42.1 so‘m
Eslatma: Agar Siz O‘zbekistondan tashqarida bo‘lsangiz va Ucellning rouming-hamkorlaridan birining tarmog‘idan foydalanayotgan bo‘lsangiz, VMS xizmatlarining amal qilishi uchun amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar (chiqish va kirish) VMS tizimi orqali qabul qilinadi va roumingdagi tariflar asosida baholanadi.
Rouming bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlarning oldini olish uchun, agar Siz O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Ucell SIM-kartasidan foydalanmasangiz, Kompaniya Sizga quyidagilarni tavsiya etadi:
"Dinamik ovozli pochta" xizmati yordamida, Sizga qo‘ng‘iroq qilib tusholmagan abonentlarga Siz uchun ovozli xabar qoldirish imkoniyatini beradi. Raqamingiz tarmoqda paydo bo‘lganida, xizmat Siz pochtangizga yuborilgan yangi ovozli xabarlar haqida ma‘lumot yuboradi. Ovozli xabarlarni eshitish uchun 9977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘ladi. Ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilganingizda eshitish rejimi orqali ularni eshitib ko‘rishingiz mumkin.
Ovozli xabarlarni saqlash muddati – 2 kunni tashkil etadi. Ovozli quti to‘lsa, eski xabarlar o‘chib ketadi. Eski xabarlarni saqlash muddati tugagandan so‘ng va yangi xabarlar bo‘lmasa, ovozli quti avtomatik tarzda o‘chadi. Yangi xabar kelish holatida ovozli quti qayta tiklanadi.
Yodda saqlang!
Xizmatga ulanish - 0 so‘m
Kunlik abonent to‘lovi - 0 so‘m