Yagona hisob

 

Har bir xizmat bo‘yicha hisobni tekshirish uchun ko‘plab USSD-so‘rovlarni eslab yurishdan charchadingizmi?

«Yagona hisob» xizmati, tarif reja bo’yicha abonent to’lovi yechilishining keyingi sanasi, tarif rejasi va ulangan barcha xizmatlar doirasidagi limitlar qoldiqlari haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Ma’lumotni *900# so‘rovini yuborib olish mumkin

Xizmat bepul.


*900# USSD-so‘rovi orqali Siz asosiy hisobingiz holati, hamda  tarif reja va uning abonent to’lovi yechiladigan sana*, shuningdek ulangan barcha xizmatlar doirasidagi limitlar (daqiqa, SMS, MB) qoldiq’I  haqida ma’lumotlarni olishingiz mumkin.


* Abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasi joriy davr uchun abonent to’lovi muvaffaqiyatli yechilgan bo’lsagina aks etadi.

Xizmat ushbu so‘rov yuborilgan raqam bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.


*900# so‘rovini yuborishda, cheksiz internet-trafik muayyan limit tugaganidan so‘ng cheklangan tezlikda taqdim etiladigan xizmatlar doirasidagi, shuningdek, faqat ma’lum bir guruh abonentlari (faqat muayyan tariflar, hududlar abonentlari va h.k.) uchun taqdim etiluvchi xizmatlar/vaqtinchalik aksiyalar doirasidagi limitlar ko‘rsatilmaydi.


Xizmat barcha Prepaid abonentlari uchun amal qiladi.

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib! 

Ucell