4G от Ucell, 3G Internet


Bugun Ucell o‘z abonentlari oldida UMTS standarti imkoniyatlarini ochadi. Bundan tashqari UMTS standardi bilan HSDPA tehnologiyasini qo‘llash yo‘li bilan Ucell abonentlarga 3,5G – mobil aloqaning uchinchi avlodidan so‘ng ishlab chiqilgan xizmatlarni taqdim etadi.

HSDPA (High Speed Downlink Packet Access) – bu juda kuchli texnologiya bo‘lib UMTS tizimining davomidir.HSDPA texnologiyasining ishlatilishi bilan UMTS termog‘ida tezlik sezilarli darajada o‘shdi.

Ucelldan 4G bilan endi hammasi oson, tez va qulay!

Ucell mobil aloqaning to‘rtinchi avlodi bo‘lmish – 4G yangi texnologiyasini taqdim etadi!

Endi Ucelldan 4G Internet har bir abonent uchun amal qiladi!

4G – bu:

 Yuqori 150 Mb/soniya tezlikdagi mobil Internet;

 Media-xizmatlar, mobil televidenie, turli hil onlayn-dasturlardan qulay narxda foydalanish;

 Biznes, ko‘ngilochar o‘yinlar, muloqot va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan mobil Internetdan tushunarli va qulay tarzda foydalanish;

 Har bir abonent uchun ma’qul va hamyonbop narxlar.

Internet xizmatidan foydalanishda narxlanadigan ma’lumot kvotasi – 16 KB.

  • Keltirilgan manzil bo‘yicha Ucell 4G tarmog‘i amal qilishiga ishonch hosil qilish;
  • Mobil qurilmangiz 4G Band 7 (2600 Mgs chastotasida) diapazonida amal qilishini tekshirish;
  • Ucell o‘z ofisda sotuv uchun taqdim etilgan 4G qurilmalardan (Modem yoki Router) eng ma‘qul turini tanlash;
  • Amaldagi tarif va raqamni saqlab qolgan holda, mavjud raqamingizga (agar USIM-karta 4G ni qo‘llab-quvvatlasa) bepul 4G xizmatini ulash;
  • SIM-kartani 4G amal qiladigan SIM-kartaga almashtirish (agar SIM-karta eski namunada bo‘lsa)
  • Aloqa (4G/3G/2G) amal qiluvchi hududni aniqlash va qidiruv uchun tarmoqning"Avto" rejimini tanlash. Qurilma avval 4G so‘ng 2G tarmog‘iga ulanadi. 4G funksiyali qurilmalar 3G va 2G tarmoqlarida ham faoliyat ko‘rsatadi;
  • Ovozli xizmat va USSD-so'rovlar 4G tarmog'ida amal qilmaydi.

Ucelldan yuqori tezlikdagi 4G bilan yangi imkoniyatlar eshigini oching!

Hurmatli abonent,
4G (LTE) tarmog‘i rejimi faqat ma’lumot uzatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u ovozli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklashi hamda abonent raqamini zaxiralashi mumkin, bu esa pulli xizmatlardan foydalanishga, shu jumladan abonent to‘lovining yechilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
4G tarmog‘i ishlashining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, agarda internetdan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, mobil qurilmangiz sozlamalari yordamida tarmoq rejimini 2G yoki 3G ga o‘tkazib qo‘yishni tavsiya etamiz.

  • 3G tarmog‘i bazasidagi “3G Internet” xizmatidan foydalanish uchun ham “Ucell Internet” xizmatiga mo‘ljallangan sozlamalar ishlatiladi. Sozlamalarni so‘rab olish uchun “2” raqamini SMS orqali 5555 raqamiga jo‘nating va olingan sozlamalarni telefonda saqlang.
  • “Video-qo‘ng‘iroq” – videtasvirlar uzatish evaziga telefon qo‘ng‘irog‘i vaqtida suhbatdoshni ko‘rish imkoni. Mobil muloqot vizualga aylanadi!
  •   “3G Internet” – GPRS/EDGE texnologiyalariga nisbatan yuqoriroq tezlikdagi internetni ta’minlaydi.

  • Uchinchi avlod tarmoqlarida ma’lumot almashish tezligini bosqichma-bosqich tarzda 7 Mbit/soniyagacha oshirish ko‘zda tutilgan. 
  • В сетях третьего поколения, предусмотрено поэтапное наращивание скорости передачи данных вплоть до 7 Мбит/с.
  •  Agar telefoningiz MMS, WAP, GPRS-Internet avtomatik sozlamasini qo‘llab-quvvatlamasa, yoki telefon yoxud smartfoningizni o‘zingiz sozlashda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, yordam uchun yaqin oradagi Ucell ofisiga yoki xizmat ko‘rsatish nuqtasiga murojaat eting – u yerda kerakli sozlamalarni qilib berishadi.
  •  Agar mobil telefoningiz 3G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlasa, telefonda bir vaqtning o‘zida 3G / GSM tarmoqlaridan foydalanish rejimini tanlash kifoya, shunda u qamrov hududida bo‘lganda avtomatik tarzda 3G tarmog‘ini tanlaydi. Agar qandaydir sababga ko‘ra bu amalga oshmasa, mustaqil tarzda mobil telefon menyusida 3G / GSM rejimini tanlash lozim. 2G tarmog‘iga qaytish ham qo‘lda sozlashlar orqali amalga oshirilishi mumkin.