Ucell SIM kartasi bilan birga smartfonlarni xarid qilish uchun abonent (jismoniy shaxs) Kompaniyaning oʻz ofislaridan biriga murojaat qilishi kerak. Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.
Shartlar:
- Aksiya doirasida SIM karta bilan birga smartfon va shikastlanishdan himoyalashning Zenar xizmatini xarid qilish imkoniyati faqat yangi Prepaid ulanishlar uchun, Kompaniyaning butun Respublikadagi oʻz ofislarida mavjud.
- Abonent toʻlovi toʻlanmaydigan 3 oy davomida “Restart” xizmati ishlamaydi.
- Tarif rejasini almashtirganda “abonent toʻlovisiz” opsiyasi oʻchiriladi.
- Abonent toʻlovi toʻlanmaydigan 3 oy davomida “Istalgan raqam” va “Muddatli toʻlovga chiroyli raqam” xizmatlari ishlamaydi.
- Abonent toʻlovi toʻlanmaydigan 3 oy davomida “Raqamni qayta rasmiylashtirish” va “Raqamni saqlash” xizmatlari ishlamaydi.
- Abonent toʻlovi toʻlanmaydigan 3 oydan soʻng abonent toʻlovi tarif rejasiga muvofiq yechiladi.
- Narxlar soliqlar hisobga olingan holda ko‘rsatilgan.