Ucell “Rouming” xizmatining ikki turini taklif etadi:
“Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” – O‘zbekistonga chegaradosh mamlakatlardan tashqari (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Turkmaniston) Ucellning barcha Camel rouming-hamkorlari hududida aloqadan foydalanish imkonini beradi. O‘zbekiston chegarasiga yaqin bo‘lgan hududlarida roumingning rejalashtirilmagan faollashuvining oldini olish uchun, “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” xizmatini faollashtirishni maslahat beramiz. Prepaid tizimining barcha abonentlariga "Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming" xizmati avtomatik ravishda o‘rnatiladi ("Turist" tariflar tizimidan tashqari).
"Dunyo bo‘ylab rouming" - xizmati Ucellning barcha Camel rouming-hamkorlari tarmog‘ida roumingdan foydalanish imkonini beribgina qolmay, O‘zbekistonga chegaradosh hududlarda ham xizmatdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu rouming turini Ucell mobil ilovasida yoki *155# raqamiga bepul so‘rov jo‘natish orqali faollashtirishingiz mumkin.
Muhim: *155# orqali “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” xizmati faollashtirilganda, agar sizda "Dunyo bo‘ylab rouming" xizmati faol boʻlsa, “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming”ni faollashtirish uchun "Dunyo bo‘ylab rouming" xizmati oʻchiriladi va aksincha. Xizmatni Ucell mobil ilovasida, shuningdek, *155# USSD orqali boshqarishingiz mumkin.
Xizmatni faollashtirish - 0 so'm.
Rouming tariflari uchun qo'shimcha to'lovlarni oldini olish uchun mamlakatdan chiqishdan oldin Kompaniya quyidagilarni tavsiya qiladi: