Aksiya bo‘yicha cheksiz 5G internet

 

 

Aksiya shartlari

 

1. “Bor 70”, “Bor 80”, “Bor 110” hamda “Bor 160” tariflariga yangi ulanishlarda, 31.12.2026-y.gacha bo‘lgan muddatda aksiya bo‘yicha “5G tarmog‘ida cheksiz internet” taqdim etiladi.

2. Aksiyadan Prepaid abonentlari foydalana oladilar.

3. Aksiya 05.02.2026-y.dan 15.03.2026-y.gacha Toshkent shahridagi ofislarda va rasmiy dilerlarda faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.

4. Cheksiz internet faqat 5G tarmog‘ida amal qiladi. 5G qamrov hududidan tashqarida esa internet-trafik faol tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.

5. Xizmatning amal qilish muddati – 31.12.2026-y.gacha.

6. Xizmat bepul taqdim etiladi.

7. Xizmat 5G tarmog‘ida eng yuqori ustuvorlik bilan faollashadi.

8. Cheksiz internet doirasida internetni ulashish (Hotspot) imkonsiz.

9. Internetni ulashish (Hotspot) holatida trafik tarif rejasi bo‘yicha asosiy trafikdan sarflanadi.

10. Hajm bo‘yicha cheklov — har oyda 2 TB. Ko‘rsatilgan hajmga yetilgach, joriy oylik davrning (ulanish sanasidan boshlab 30 kun) oxirigacha internet-bog‘lanish tezligi 5 Mbit/soniyagacha tushiriladi.

11. Xizmatning amal qilish muddati va holatini USSD-buyrug‘i orqali tekshirish mumkin.

12. Xizmatni raqami Bloklangan holatdagi abonentlarga belgilab bo‘lmaydi.

13. Xizmatdan faqat 5G standartidagi baza stansiyalarining amal qilish hududida foydalanish mumkin.