Ucell yubileyi munosabati bilan biz maxsus aksiyani boshlayapmiz. Unda har bir ishtirokchi o'z hikoyasi bilan o'rtoqlashib, iPhone 17 Pro yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi
Men Fargʻonadanman, Qoraqalpog’iston tibbiyot instuti pediatriya yo'nalishida 3-kurs talabasiman. Bundan 2 yil oldin bir voqea boʻlgandi, oʻqishga kirdim va dadam oʻzlari meni oʻqishga mashinasida tashlab keladigan boldilar. biz yoʻlda edik Xorazm choʻllarini oʻrtasi havo 45°Cdan yuqori issiq, shu payt bir onani korib qoldik u yigʻlab qizchasini koʻtargan holatda yoʻlni u yogʻidan bu yogʻiga yugurib yordam soʻrar edi, afsuski hech kim tibbiy bilimga ega emas edik qizcha nafas ololmayotgan va tili ketib qolayotgan edi hech kim yordam beraolmasdi, tez yordamga ham qoʻngʻiroq qilib bolmas hech kimdan antena yoʻq shu payt qarasam meni telefonimda antena bor ekan Ucellni shu xususiyatlarini yaxshi koʻramanda hech kimda aloqa boʻlmasa ham senda aloqa boʻladi va darhol terapeft amakimga video qoʻngʻiroq qildim va doktor aytgan koʻrsatmalar orqali qizchani hayotini saqlab qoldik va bir oilaning qalbiga hotirjamlik ato etdik. Ucell kompaniyasiga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman✨️😇
2-bosqich g'olibi
Men bu aloqa xizmatidan hali Coscom davridan beri foydalanib kelaman. Shu yillar davomida telefon raqamlarim bir necha bor o‘zgargan bo‘lsa-da, hayotimdagi eng muhim va eng quvonchli xabarlarni doimo aynan Ucell orqali olganman. Mening ishim O‘zbekiston bo‘ylab doimiy xizmat safarlari bilan bog‘liq. 2009-yilda birinchi farzandim dunyoga kelayotganida, men ish yuzasidan Farg‘onada edim. Aynan telefon orqali ilk bor otalik baxtini his qilishimga sabab bo‘lgan, uzoq kutilgan xushxabarni eshitdim. 2012-yilda ikkinchi farzandim tug‘ilganida taqdir meni Qoraqalpog‘istonga olib borgan edi. 2017-yilda esa uchinchi farzandim dunyoga kelganida Buxoroda edim. Har safar uyimdan yuzlab kilometr uzoqda bo‘lganimda, Ucell meni oilam bilan uzluksiz bog‘lab turdi. Mamlakatimizning turli hududlarida bo‘lsam ham, eng quvonchli xabarlarni hech qanday uzilish va kechikishlarsiz birinchilardan bo‘lib eshitish imkoniga ega bo‘ldim. Men uchun Ucell shunchaki aloqa vositasi emas, balki hayotimning eng muhim lahzalarida meni eng aziz insonlarim bilan bog‘lab turadigan haqiqiy hayot rishtasidir!
3-bosqich g'olibi
Tez orada
Bu qanday aksiya?
Ucell mobil aloqasi yoki interneti hayotingizdagi muhim voqeaning bir qismiga qanday aylangani haqida aytib bering. Har bir bosqich yakunida eng yaxshi hikoya muallifi uchta iPhone 17 Pro smartfonidan birini qo'lga kiritadi! (Aksiya Ucell mobil ilovasining 2.19 versiyasidan boshlab amal qiladi)
Agar sizda hali ilova bo'lmasa, uni yuklab oling — yil yakunlari siz uchun mavjud bo'lmaydi, ammo siz baribir hikoya yozib, iPhone yutib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz
2
Ucell bilan bog'liq hikoyangizni yozing
Yil yakunlarini ko'rgandan so'ng, hikoyangizni qoldirishingiz mumkin bo'lgan sahifaga o'tishingiz mumkin
3
Uchta iPhone 17 Pro smartfonidan birini yutib oling
Tanlov 3 oy davom etadi va har oy oxirida eng yaxshi hikoya muallifi aniqlanadi