Haj va Umraga yo`l olgan Ucell foydalanuvchilari uchun
09AVG2019

Haj va Umraga yo`l olgan Ucell foydalanuvchilari uchun



«COSCOM» MCHJ (Ucell savdo markasi) asosiy maqsadlaridan biri – rouming xizmatlarini foydalanuvchilar uchun qulay qilish. Turkiya, Xitoy, Malayziya, Singapur, Qatar, Makao, Indoneziya, Janubiy Koreya, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston kabi mamlakatlarga sayohat qiluvchilar uchun ishlab chiqilgan bir qator noyob va foydali dasturlar ana shu maqsadga xizmat qiladi.

Haj va Umra ziyoratini amalga oshiradigan  Ucell foydalanuvchilari uchun alohida xizmatlar to`plami ishlab chiqilgan.

Foydalanuvchilarga Saudiya Arabistonidagi rouming haqida axborot berish maqsadida ziyoratchilarni Haj safariga jo`natish arafasida,  muborak Qurbon hayiti oldidan Toshkent (ikkita yig`ilish) va Namangan shaharlarida o`tkazilgan  ziyoratchilar guruhlari rahbarlarining an’anaviy  yig`ilishlarida Kompaniya xodimlari ishtirok etdilar.

Ucell kompaniyasi mutaxassislari  uchta yig`ilishda qatnashib, aksiya to`g`risida batafsil ma’lumot berdilar va mehmonlarga esdalik sovg`larini  topshirdilar.

Ucell-dan “Umra va Haj” aksiyasi:

Ucell Kompaniyasi  Saudiya Arabistoni hududida Mobily (Etihad Etisalat Company) operatori tarmog`ida qo`ng`iroqlar, internet va SMS roumingida chegirmalar taqdim etadi:
O`zbekistonga chiqish qo`ng`irog`ining 1 daqiqasi  3000 so`mni tashkil qiladi.
Kirish  qo`ng`irog`ining 1 daqiqasi – 3000 so`m.
Saudiya Arabistoni ichidagi qo`ng`iroqning 1 daqiqasi – 1500 so`m.
Boshqa mamlakatlarga qo`ng`iroqning 1 daqiqasi – 15000 so`m.
1 Mb internet narxi – 700 so`m, 1 ta SMS narxi ham – 700 so`m.


Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.