"Xabar" gazetasi biz haqimizda
01NOY2019

"Xabar" gazetasi biz haqimizda



"COSCOM" MChJ (Ucell savdo markasi) Kompaniyasining telefon aloqasi bo'limi boshlig'i Munira Nabieva ko'p yillik faoliyati va sohaning rivojlanishiga qo'shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi. 2019 yil 1-noyabr, juma kuni vazirlikning rasmiy bosma nashri bo'lgan "Xabar" gazetasining to'rtinchi sahifasida hamkasbimiz haqida o'cherk nashr etildi.

O'cherkda korxonaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan uning boshchiligida turgan insonlarga bog'liq ekanligi haqida yozilgan. Munira Nabieva kompaniyada 1997 yildan beri ishlaydi. Mehnatsevarligi va chidamligi tufayli u katta g'alabalarga erishdi. U o'z mehnat faoliyatini savdo bo'limida mutaxassis sifatida boshlagan. Bugungi kunda Munira Nabieva telefon aloqasi bo'limining boshlig'i. U Toshkent va Farg'ona Call-markazlari xodimlari ishini boshqaradi.

Har kuni Call-markazlar minglab va minglab abonentlarga xizmat ko'rsatadi. Bu yuqori professionallik va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Bunday bo'limni boshqarish unchalik oson emas. Ko'p yillik tajriba va o'z ishiga bo'lgan muhabbatti tufayli Munira Maratovna kompaniyaning eng katta bo'linmalaridan birini muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda. O'z ishchilarini ham ish, ham shaxsiy hayot nuqtai nazaridan qo'llab-quvvatlaydigan Munira opani Hamkasblari ham juda hurmat qiladi va qadrlaydi.

Kompaniya bunday sodiq, maqsadli va g'ayratli shaxslar ishchilari qatorida ekanligidan faxrlanishi mumkin. Yana bir bor Munira Nabiyevani mukofot bilan tabriklaymiz va unga yanada professional va shaxsiy g'alabalarni tilab qolamiz.



O'cherkning to'liq matni bilan shu yerda tanishishingiz mumkin:

Ucell CALL-markazi MALIKASI

Maktabni a'lo baholarga bitirib, etuklik attestatini olib kelgan Muniraga, garchi yoshligidan ota kasbiga qiziqib, aloqachi bo’lishga qaror qilgan bo’lsa-da, o’sha paytda O’zbekiston aloqa vazirining o’rinbosari bo’lib ishlayotgan otasi Marat Zohidov hamda onasi — taniqli shifokor Ra'no opalar (Alloh ularni o’z rahmatiga olsin!) o’zaro kelishgan holda shunday deyishdi:

— Ona qizim, inson qaysi muhitda o’ssa, albatta, o'sha joyning ta'siri bo'lishini  yaxshi bilamiz. Sen yuqori sinflarga o’tganingdan beri aniq fanlarni  yaxshi o’zlashtirib, hatto qo’shimcha sifatida turli jurnallardagi ilmiy maqolalarni o’rganib ham boryapsan. Biz ishonamizki, sen shu biliming bilan Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga ham, Toshkent tibbiyot institutiga ham kira olasan. Lekin shifokorlik uchun senda jur'at etishmaydi, juda rahmli, ko’ngli bo’sh insonsan. Vaholanki, shifokordan har qanday holatda ham sovuqqonlik talab qiladi. Sen o’zingdagi fe'l-atvor bilan bu kasbda ishlashing qiyin. Aloqachilik esa ayol kishiga unchalik ham mos emas. Xabaring bor, auditorlik kasbi endigina haqtimizga kirib kelyapti. Kelgusida bu kasb egalariga  ehtiyoj katta bo’ladi. Bizning tavsiyamizni yaxshilab o’ylab ko’r, keyin o’z fikringni aytarsan.

Shu tariqa Munira Toshkent moliya  institutining auditorlik fakultetiga o’qishga kirdi va 1997 yili institutni a'lo baholar bilan tamomladi.
— Ushbu voqealarga ham ancha yillar bo’ldi, — deya eslaydi Munira Nabieva biz bilan suhbatda mahzunlanib. — Ota kasbiga mehrim o’zgacha bo’lgan shekilli, institutni bitirgach, “Coscom” MChJ ( Ucell savdo belgisi) kompani sining Call-markaziga kelib, sotuv bo’limida mutaxassis sifatida ish boshladim. Mana, 22 yildirki, shu yerdaman. Aytgancha, 2004 yildan beri ushbu markaz boshliği sifatida faoliyat yurityapman. Institutdagi bilimlarim ham zoe ketmayapti. Markaz ichki auditorlar guruhi a'zosiman. Vaqti-vaqti bilan audit tekshiruvlari o’tkazamiz. Mabodo, biror kamchilik topilsa, darhol to’ğrilash choralari ko’riladi.
Shu tariqa Munira Nabieva bilan savol-javoblarimiz boshlanib ketdi.

— Avvalo sohaning yuksak mukofoti — vazirlikning Faxriy yorliğiga sazovor bo’lganligingiz bilan samimiy tabriklaymiz. Mukofotlanganingizni eshitib, qanday his-tuyğular o’tdi qalbingizdan?
— Birinchi navbatda, ota-onamga shu kunlarimni ko’rish nasib etmaganidan o’ksidim, to’ğrisi. Axir mening hozirgi darajaga yetishimda ularning xizmatlari beqiyos. Qolaversa, ish boshlagan dastlabki paytlarimda menga yaqindan yordam bergan hurmatli ustozlarim Zafar aka Yusufxo’jaev hamda Tatyana Petrovnalarning mehnatlari, men uchun sarflagan vaqtlari xayolimdan o’tdi. Erishgan barcha  yutuqlarim uchun fransuz tiliga ixtisoslashgan poytaxtimizdagi 51-maktab, Toshkent moliya institutidagi hamda ishdagi ustozlarimdan behad minnatdorman. Baxtimizga mana shunday bağrikeng, aziz murabbiylarimiz omon bo’lishsin.

— Bugungi kunda o’zingiz ham ustozlik darajasiga etdingiz choği...
— Bo’lmasam-chi! Shogirdlarimni juda yaxshi ko’raman. Ular nafaqat ish yuzasidan, balki oilaviy masalalarda ham murojaat qilib, maslahat so’rashadi. Qo’limdan kelganicha ularga haqtiy tajribalarim, tavsiyalarim orqali yordam beraman. Shogirdlarim anchagina. Ulardagi qiziqish va ğayrat-shijoatga o’zimning ham havasim keladi. Ular bilan suhbatlashar ekanman, dil-dilimdan baxtu saodat, ulkan yutuqlar tilayman. Chunki ularning muvaffaqiyati meni behad quvontiradi. Shogirdlarimning ko’pchiligi yurtimizdagi chet mamlakatlar bilan tashkil  tilgan qo’shma korxonalarda, vazirlikda mehnat qilishyapti. Ulardan biri Akrom Najimov  esa o’zimizda sotuv bo’limi direktori.

— O’tgan yillar mobaynida otangizning gaplari to’ğri chiqqan paytlari ham bo’ldimi?
— Albatta. Aloqa sohasida ishlashning o’zi bo’lmaydi, ayniqsa, ayol kishi uchun. Markazimizda Farğona viloyati bilan qo’shib hisoblaganda, anchagina odam ishlaydi. Ularning, ishonasizmi, bo’sh o’tirgan paytlari kam bo’ladi. Sutka davomida mijozlarning qo’nğiroqlariga javob berishadi operatorlarimiz. Ba'zan meni ham yordamga chaqirishadi. Qo’nğiroqlar  esa xilma-xil. Kompani mizga tegishli hamma savollarga javob bera olishadi ular. Chunki, markazimizda ishlovchi har bir xodim kompaniyaga va umuman sohamizga tegishli har bir  yangilik, har bir ma'lumotdan xabardor bo’lmoği lozim va ular bularni  yaxshi bilishadi ham. Shuning uchun bizning xodimlarimizni o’zlariga ishga taklif qilib keluvchilar ko’p. Mijozlarimizga  esa markazimizga qo’nğiroqni amalga oshirishlari uchun barcha sharoitlarni  yaratib berganmiz. Ya'ni, ular 81-23 qisqa raqami orqali, shuningdek, 93-180-00-00 telefon raqamiga ulanib, talab, istak va muammolari haqida aytishlari mumkinligini reklama bannerlari,  yangi flaerlarda ma'lum qilganmiz. Shuning uchun ham mijozlarimiz bemalol qo’nğiroq qilib, fikr-mulohazalarini bayon etishadi. Zero, mijoz fikri biz uchun muhim.
Lekin, kasbimni yaxshi ko’rganligim tufayli qiyinchiliklar bilinmaydi menga. Biror marta shu sohada ishlaqtganimga afsus qilmaganman ham. Aksincha, mehnat ta'tili paytida ishxonamni, hamkasblarimni soğinib qolgan vaqtlarim ko’p bo’lgan.

— "Xabar" gazetasidagi maqolalar va  yangiliklardan xabardor bo’lib borasizmi, ularga munosabatingiz qanday?
— "Xabar" gazetasi mening bolalikdan hamrohim. Aloqa sohasi otam Marat Zohidovning umr mazmuni bo’lgani kabi gazeta ham sevimli nashrlaridan biri edi. Gazetani har juma kuni o’qib, undagi  yangiliklardan hammamiz bahramand bo’lardik. Gazeta otamdan keyin mening qo’limga tushardi. Undagi har bir maqolani sinchiklab o’qib chiqardim. Ayniqsa, soha mutaxassislarining maqolalari hech qachon nazarimdan chetda qolmagan, ehtimol, sohaga qiziqishimga ham gazeta turtki bo’lgandir.
Gazetaning o’sha paytdagi holati bilan hozirgisi o’rtasida osmon bilan ercha farq bor, desam xato qilmagan bo’laman. Hozir 16 sahifaning hammasida qiziqarli materiallar chop etilyapti. Menga, ayniqsa, soha mutaxassislari bilan, shuningdek, xorij mamlakatlarida ta'lim olaqtgan yoshlarimiz bilan suhbatlar juda yoqadi. Bunday suhbatlarni o’qib, yoshlarimizda aloqa sohasiga katta qiziqish paydo bo’lishiga ishonchim komil. AKTni rivojlantirish esa zamonga mos ravishda kuchli taraqqiy etayotgan sohalardan biri, deb o’ylayman.

— Oilangiz haqida ham gapirib bersangiz.
— Turmush o’rtoğim Bekzod Nabiev tadbirkorlik bilan shuğullanadi. Ikki nafar farzandimiz bor. Kattasi Azimjon Turin politexnika universiteti talabasi, u ham aloqachi bo’lmoqchi. Kichigi Ismoiljon 84-maktabning 8-sinfida tahsil olayapti. Ismoiljon ham aniq fanlardan yaxshi o’qiydi. Oilam mening quvonchim, ular bilan quvvatli, baxtliman.

Biz Munira Nabieva bilan suhbatlashar  ekanmiz, undagi ayollarga xos nazokat sohada orttirgan tajribasi, bilimi va keng dunyoqarashi bilan uyğunlashib ketganiga guvoh bo’ldik.
Mana shunday aqlli, ziyrak va mehnatsevar ayollar ko’paya versin, shunda hayotimiz yanada go’zallashaveradi, degan fikrlar o’tdi xayolimizdan.

Muborak MIRKAMOLOVA,
“Xabar” muxbiri

Foto: I.Dushanov


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.