Aprel oyida Ucell o‘zining 30-yilligini nishonlamoqda – bu muhim marra ortida millionlab ulanishlar, minglab amalga oshirilgan loyihalar va butun mamlakat bo‘ylab abonentlarning doimiy ishonchi mujassam.
Ucell bugun:
11 milliondan ortiq mobil abonentlar. Mamlakat bo‘ylab 200 dan ortiq shaxsiy va 6000 dan ortiq hamkor savdo nuqtalari mavjud bo‘lib, ularda qulay tariflarning keng tanlovi va zamonaviy qurilmalarning boy assortimenti mavjud. Surxondaryoning tog‘li qishloqlaridan Orol dengizi sohiligacha barqaror aloqani ta’minlayotgan 25 mingdan ortiq mantiqiy stansiya.

Kompaniya Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Toshkent metropolitenida mobil aloqaning 100% qamrovini ta’minlab, haqiqiy uzluksiz aloqa muhitini yaratdi. Metro bekatlarida yuqori tezlikdagi 5G tarmog‘i, tonnellarda esa barqaror 4,5G qamrovi mavjud.
Ucell sohaning texnologik rivojlanish sur’atini dadil belgilab bermoqda. Kompaniya 2019-yildayoq O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib 5G tarmog‘idan tijoriy foydalanishni yo‘lga qo‘ygan va o‘shandan beri beshinchi avlod tarmog‘i qamrovini izchil kengaytirib kelmoqda.

Ucell’ning 5G yo‘li poytaxt — Toshkentdan boshlanib, keyin Samarqandga yoyildi. Bugungi kunda Farg‘ona vodiysida katta natijalarga erishildi: Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi barcha aholi punktlari 5G aloqa bilan ta’minlangan. Navoiy viloyatidagi Zarafshon shahri alohida faxr manbaidir — u mamlakatda Ucell’ning 5G tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olingan ilk shahar bo‘ldi. Bu kompaniya strategiyasining yorqin ifodasidir: ilg‘or texnologiyalar faqat megapolislar, balki barcha hududlar uchun ham ochiq bo‘lishi kerak.
Ucell uchun rivoj — bu nafaqat texnologiya, balki mamlakat kelajagiga hissa qo‘shishdir. Kompaniya “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda. 2021–2025-yillar davomida Ucell ko‘magida minglab daraxtlar ekilib, Nukusdan tortib Andijongacha bo‘lgan hududlarda yanada yashil va qulay muhit shakllantirildi.

Ucell raqamli imkoniyatlarni kengaytirib, yangi sifat darajasidagi xizmatlarni yaratib, ishonch bilan oldinga intilmoqda. Biz texnologiyalar insonlar hayotini osonroq, qulayroq va yorqinroq qilishiga intilamiz. Oldinda yanada ko‘proq innovatsiyalar, yangi yechimlar va har bir abonent bilan yanada yaqinroq aloqa kutmoqda.
