O‘zbekiston Mustaqilligi kuni muborak!

 

Aziz do‘stlar!

 

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston o‘z tarixiy ildizlariga hurmatni saqlagan holda, kelajak sari yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun O‘zbekiston o‘zgarmoqda, yangi ufqlarni zabt etmoqda va mamlakatning har bir yutug‘i zamirida iste’dodli, mehnatsevar va fidoyi insonlar turibdi.

 

Ucell uchun ham bu yil o‘ziga xosdir: kompaniya o‘zining 30 yilligini nishonladi. Mana o‘ttiz yildirki, Ucell O‘zbekistonda aloqa sohasini rivojlantirib, insonlarning bir-biriga yaqin bo‘lishiga, ishlashi, o‘qishi, muloqot qilishi va yangi imkoniyatlarni kashf etishiga ko‘maklashib kelmoqda. Ucell jamoasi uchun mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lish va millionlab abonentlar bilan birga olg‘a intilish g‘oyat muhimdir.

 

Ushbu bayram kunida har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, farovonlik va ertangi kunga mustahkam ishonch tilaymiz. O‘zbekiston rivojlanishda va gullab-yashnashda davom etsin, oldinda esa yanada ko‘p yorqin voqealar, yangi yutuqlar va umumiy g‘alabalar kutsin!

 

Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin, aziz do‘stlar!

 

Hurmat bilan,

Ucell jamoasi

2026-08-28