
Shu hafta Ucell kompaniyasining Qarshi shahridagi xodimlari “Men Donorman” xayriya aksiyasi doirasida donorlik qonini topshirdilar. Tadbirda kompaniyaning 13 nafar xodimi ishtirok etdi. Aksiyaning asosiy maqsadi qon kasalliklari, jumladan, leykoz bilan og‘rigan bolalarga yordam berishdan iborat bo‘ldi.
Ucell kompaniyasi insonlar hayoti va salomatligini asrash, shuningdek, muhtojlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik tashabbuslarni qo‘llab[1]quvvatlashda davom etadi. Aksiyada ishtirok etib, mehr-oqibat, ezgulik va yuksak fuqarolik mas’uliyatini namoyon etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.