Fashizmga qarshi qonli janglarda oʻsha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan.
Shundan 540 mingga yaqini halok boʻlgan, 158 ming nafari bedarak yoʻqolgan, 50 mingdan ortigʻi konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok boʻlgan, 60 mingdan ziyodi nogiron boʻlib qaytgan.
Gʻoyat ogʻir sharoitga qaramay, xalqimiz urush hududlaridan koʻchirib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo boʻlgan 250 ming nafar yetim bolani oʻz bagʻriga olib, mehr koʻrsatgan.
