Endi abonent Ucell ofisiga emas, ofisning o‘zi abonent oldiga boradi.
BYD Yuan UP avtomobillari bazasida tashkil etilgan uchta yangi mobil savdo ofisi Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlariga yo‘l oldi. Ular doimiy savdo ofislaridan uzoqda joylashgan aholi punktlarida faoliyat yuritib, kompaniya xizmatlarini hudud aholisi uchun yanada qulay va yaqin qiladi.

Mobil ofislarda abonentlar Ucell’ning zarur xizmatlaridan foydalanish uchun eng yaqin doimiy ofisgacha borishiga hojat qolmaydi. Bu, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish shoxobchalarigacha bo‘lgan masofa uzoq bo‘lgan kichik va olis aholi punktlari aholisi uchun muhim.
Bugungi kunda Ucell O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari orasida BYD avtomobillaridan mobil savdo ofisi sifatida foydalanayotgan yagona kompaniya hisoblanadi.
Jamoamiz uchun bu xizmat ko‘rsatish geografiyasini kengaytirish va abonentlar bilan ishlashning yangi formatini yo‘lga qo‘yishdagi navbatdagi qadamdir. Uchta avtomobil allaqachon hududlarga yo‘l oldi. Demak, Ucell xizmatlari yanada ko‘proq abonentlarga yaqinlashmoqda.