15–16-may kunlari bo'lib o'tadigan o‘yin industriyasi va animatsiya yo‘nalishidagi eng yirik xalqaro festival 40 dan ortiq davlatlardan 10 mingdan ziyod o‘yin ishlab chiquvchilar, investorlar, nashriyotlar hamda soha mutaxassislarini bir maydonda jamlaydi.
Ikki kunlik festival doirasida quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:
1. Game Forum (https://gamefest.uz/) — xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘yin industriyasidagi trendlar va imkoniyatlar muhokamasi;
2. Animation Forum (https://gamefest.uz/) — animatsiya va raqamli kontent bo‘yicha master-klasslar;
3. International Game Jam (https://gamefest.uz/#game-jam) — 48 soatlik xakaton va yangi o‘yin prototiplarini yaratish;
4. ScaleUp & Fund: Pitch Session (https://gamefest.uz/) — startaplar uchun investitsiya taqdimotlari;
5. B2B Growth Exchange (https://gamefest.uz/#b2b-matching) — ishlab chiquvchilar, investorlar va nashriyotlar o‘rtasida biznes uchrashuvlar;
6. Games & Animations Expo (https://gamefest.uz/#expo-exhibitor) — mahalliy va xalqaro loyihalar ko‘rgazmasi;
7. Cosplay Show (https://gamefest.uz/#cosplayer) — eng yaxshi obrazlar tanlovi;
8. Music Fest (https://gamefest.uz/) — mashhur DJ va ijrochilar ishtirokidagi shou dastur.
Festival o‘yin industriyasi, animatsiya va kreativ iqtisodiyot sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh iste’dodlarni aniqlash uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.
Manzil: “Renessans Hall” majmuasi
Ro‘yxatdan o‘tish: https://gamefest.uz/