Namangandagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yanada ko‘rkam tus olmoqda. Davlatobod tumani, “Yangi Namangan” shahri hududida joylashgan bog‘da bo‘lib o‘tgan ekologik tadbir Ucell kompaniyasi va Davlatobod tumani hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Tabiatga bo‘lgan mehr va jamoaviy harakat tufayli bog‘da 50 tup shumtol, 100 tup pavloniya va 30 tup katalpa daraxti ekildi. Ushbu tadbir hududga yangicha tarovat bag‘ishlab, tabiatga bo‘lgan mehr va ezgu niyat ramziga aylandi. Ucell mamlakat bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy harakatiga o‘z hissasini qo‘shishni davom etmoqda.
