Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan barcha uyali aloqa operatorlari ma’lumotlarni masofadan turib yangilash imkoniyatini taqdim etdi.
Ucell kompaniyasi ham 21-aprel, seshanba kuni kechqurun o‘z abonentlari uchun ushbu xizmatni joriy etdi. Endi siz shaxsiy ma’lumotlaringizni ofisga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda tez va qulay tarzda yangilashingiz mumkin. Xizmatdan quyidagi havolalar orqali foydalanish mumkin:
https://my.gov.uz/uz/service/1450

Shu bilan birga, Ucell mijozlari uchun xizmat ko‘rsatishning an’anaviy usullari hamon mavjud. Agar sizga shaxsan murojaat qilish qulayroq bo‘lsa, har doim kompaniyaning eng yaqin ofisiga tashrif buyurishingiz mumkin, u yerda mutaxassislar raqamni qayta rasmiylashtirish va ma’lumotlarni yangilashda yordam beradilar.
Har kuni yuzlab Ucell abonentlari ushbu xizmatdan foydalanadilar.
